Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vunderkindlar: Kashfiyot bo‘lishga tayyormisiz?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Angliya chempionatining har bir mavsumi bizga yangi yulduzlarni kashf etib beradi. Yulduzlik maqomiga erishib ulgurganlardan hamma shunga munosib o‘yin kutadi. Ammo har gal e’tibor markazidan chetda qoladigan, lekin qisqa muddatda sifatli harakatlari bilan yulduz darajasiga chiqadiganlar ham topiladi. Britaniya OAV yangi mavsum arafasida shunday kashfiyotga aylanishga da’vogarlarni aniqlashga urindi.

FOLARIN BALOGUN («Arsenal»)

«Arsenal» muxlislari bir necha yillardan buyon 20 yoshli Balogundan yorqin o‘yinlarni kutishmoqda. Martinelli va Nketianing rivojlanish jarayoni biroz cho‘zilib ketganini inobatga olsak, kelgusi mavsum yana barcha nigohlar Balogunga qaratiladi - endi yoshi ham to‘purarlik salohiyatini namoyish etish imkonini berishi uchun yetarli. Ushbu forvard «Arsenal» asosiy tarkibidagi debyutini o‘tgan mavsum nishonlagan, umumiy hisobda 6ta o‘yin o‘tkazib, Yevropa Ligasining beshta o‘yinida ikkita gol urdi.

Aprelda u to‘rt yilga mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi, bu esa muvaffaqiyat yo‘lida ilhom berishi mumkin. Aytish joizki, mavsum-2019|2020da u «Arsenal» o‘rinbosarlari tarkibida to‘p surgan, chempionatda 18ta o‘yin o‘tkazib, 9ta gol urgandi. «Kanonirlar» an’anaviy tarzda yoshlarga ishonch bildirishadi, demak, Balogundan ham yorqin harakatlarni kutish mumkin.

MOYSES KAYSEDO («Brayton»)

O‘tgan qishda «Brayton» 19 yoshli ekvadorlik futbolchi uchun kurashda Yevropaning bir nechta klublarini ortda qoldirib, ushbu transferga 4 million funt sarflagandi. Ammo o‘shanda «Brayton» murabbiyi Grem Potter Kaysedodan darhol mo‘’jiza kutayotganlarni tinchlantirgandi: unga yangi muhit va iqlimga moslashish uchun vaqt kerak edi. Buning uchun bir necha oy yetarli bo‘lardi. Moyses 23 yoshlilar jamoasida bir nechta ajoyib o‘yinlarni o‘tkazishga ulgurgan. Uning asosiy jamoada qanday harakatlanishi yarim himoya markazida ishonchli to‘p suradigan Iv Bissumaning holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Lekin ushbu futbolchini, katta ehtimol bilan, boshqa jamoaga olib ketishlari kutilmoqda.

LIAM DELAP («Manchester Siti»)

«Arsenal»ning yoshlar bilan ishlashni yoqtirishi haqida gapirgandik, lekin «Manchester Siti» ham navqiron futbolchilar orasidan bo‘lajak yulduzlarni saralab olishni biladi. Fikrimizcha, shunday yulduzlardan yana biri porlashga shay. Aguero «Siti»ni tark etdi, yaqqol markaziy forvard rolida Gabi Jezus qoldi. Albatta, Ferran Torres va Rahim Sterling ham bu vazifani uddalay olishadi, ammo ularning ampluasi biroz boshqacharoq, baribir. «Siti»ning Keyn uchun kurashayotganini to‘g‘ri tushunsa bo‘ladi. Lekin kelishuv o‘xshamay qolgan taqdirda, «shaharliklar» o‘z akademiyalariga murojaat etib, u yerdan 18 yoshli Delapni olishlari mumkin.

Katta ehtimol, muayyan vaziyatlarda shunday ham bo‘ladi - o‘yinlar ko‘p bo‘lgan paytda rotasiyaga ehtiyoj tug‘iladi. Delap 2018 yili «Derbi Kaunti»dan «Siti»ga ko‘chib o‘tgandi. Uning familiyasi sizga tanish bo‘lsa, demak adashmadingiz - u «Stok Siti»dagi autlarni qoyilmaqom tarzda bajarishi orqali dovruq qozongan Rori Delapning o‘g‘li. O‘tgan mavsum Liam 23 yoshlilar jamoasida 20ta o‘yin o‘tkazib, 24ta gol urdi. Agar kichik Delap asosiy jamoadagi imkoniyatdan unumli foydalana olsa, tarkibga muqim joylashib, yorqin kashfiyotga aylanishi tayin.

AMAD DIALLO («Manchester Yunayted»)

Hozircha «MYU»ga befarq bo‘lmaganlarning e’tibori Jeydon Sancho va Rafael Varanning transferiga qaratilgan bo‘lsada, yanvarda 19 million funt evaziga «Atalanta»dan sotib olingan Diallo uchun sarflangan pullar ham behuda ketmasligi mumkin. Sulsher 19 yoshli ivuarlik shogirdi sha’niga maqtovlar yo‘llab ulgurdi, vunderkind esa bu e’tiroflarning yarmini oqlab ulgurdi, chapdastlik, tezlik, o‘yinni ko‘ra olish qobiliyatlarini namoyish etdi. Albatta, «MYU» hujum chizig‘ida raqobat yuqori, ammo jamoaning ko‘plab turnirlarda qatnashishidan kelib chiqsak, rotasiya qilinishi aniq - qolgani Dialloning o‘zi uchun yaratiladigan imkoniyatdan qanday foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi. Hattoki, uning sotib olinishini Ronalduning transferiga qiyoslaganlar ham uchradi.

XARVI ELLIOTT («Liverpul»)

Go‘yoki, Elliott anchadan buyon diqqat markazida turgandek, ammo buning sababi boshqa bo‘lishi mumkin: u «Fulxem» safida Premyer-ligada debyutini nishonlaganda 16 yoshu 30 kunlik edi. Uning rivojlanish jarayonidan hayratlangan «Liverpul» 2019 yilning yozida Elliott bilan shartnoma tuzdi. Keyingi yillar futbolchini top darajaga ko‘tarishga intilish bilan o‘tdi, nafaqat «qizillar»ning boshqa vakillari bilan raqobatlashishi, balki asosiy tarkibga astoydil kirib kelishi uchun harakat qilindi. O‘tgan mavsum Elliott ijara asosida «Blekbern»da o‘ynadi, 42ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol va 11ta assist muallifiga aylandi. Balki, u oldinga qadam tashlashga tayyordir, boz ustiga, «Liverpul» hujumiga yangi «qon» kerak.

KODI DRAME («Lids»)

«Lids» Marselo Byelsa qo‘l ostida ko‘plab yoshlarga yo‘l ochmoqda - bu klubda navqiron futbolchilarga imkoniyat berishdan cho‘chishmaydi. Byelsa «Lids»da ish boshlaganidan buyon 23 yoshdan kichik bo‘lgan o‘ndan ziyod futbolchilar jamoada debyut qilishdi. Keyingisi 2020 yili «Fulxem»dan kelgan 19 yoshli Drame bo‘lishi mumkin. Unga hujum chizig‘ida Jo Gelxardt va Sem Grinvud raqobatchi bo‘lishadi, shuningdek, yaqinda sotib olingan yarim himoyachi Lyuis Beyt ham bor. Ammo universel Drame ko‘plab pozisiyalarda yorqin o‘yin ko‘rsatish salohiyatiga ega. Uni o‘tgan mavsum klubning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olishgani bejiz emas - 23 yoshlilar jamoasida 21ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, ularning aksariyati Kodining benefisiga aylandi.

BILLI GILMOR («Norvich»)

Yaqinda bu ismni eshitgan bo‘lishingiz kerak. Bunga uning o‘tgan mavsum «Chelsi» tarkibidagi kamsonli yorqin o‘yinlari va Shotlandiya termasi safida Yevro-2020dagi ajoyib harakatlari sabab bo‘lishi mumkin. Lekin 20 yoshli xavbek oldinga qadam tashlashi kerak, buning uchun esa ko‘proq o‘yin amaliyoti zarur. Shu bois, u ijara asosida «Norvich»ga yo‘l oldi. Albatta, «Chelsi» uni sotmoqchi emas, o‘z navbatida, Jorjinyo va Kante bor ekan, Billining maydonga tushishiga kafolat ham berolmaydi. Shunday ekan, Gilmor yaqin vaqtlar ichida «Norvich»dagi o‘yinlari bilan bizni lol qoldirishiga ishonamiz.

MARK GEXI («Kristal Pelas»)

Gexi «Kristal Pelas»dagi paradigma o‘zgarayotganiga ishoradek, Roy Xojson davrida tajriba va ziyraklik ustuvor edi, Patrik Viyeyra esa yoshlik va qizg‘inlik tarafdori. 21 yoshli Gexi ligadagi kelajagi porloq markaziy himoyachilardan biri bo‘lib turibdi. «Chelsi» uni 18 million funt evaziga «Kristal Pelas»ga qo‘yib yubordi. «Suonsi»dagi ikkita ajoyib mavsumni o‘tkazganiga qaramay, «ko‘klar» unga tajriba to‘plash imkoniyatini berolmadilar, tarkibda uzoq vaqt saqlab turish ham ilojsiz edi. Shu bois, Markning ketishiga qarshilik bildirishmadi. «Kristal Pelas»da esa Gexining darhol asosiy tarkibdagi joyni kafolatlashi kutilmoqda.

OLIVER SKIPP («Tottenxem»)

Ijara muddatini munosib tarzda o‘tkazgan Skipp «shporlar» safiga qaytdi: «Norvich»da 45ta o‘yinda maydonga tushdi, bitta gol va ikkita samarali uzatmani amalga oshirdi, asosiysi - jamoaning Chempionship g‘olibi bo‘lishiga ko‘maklashib, omma e’tirofiga sazovor bo‘ldi. «Norvich» ijara shartnomasini yangilashni istadi, lekin «Tottenxem» bunday futbolchi kelgusi mavsum o‘ziga ham asqotishini tushunib, rad javobini berdi. Yangi bosh murabbiyi vaziyatni o‘zgartirib, sxemani o‘zgartirishi mumkin, shunday ekan, 20 yoshli Skipp o‘zini ko‘rsatib, «asosiy»­ga muqim joylashish uchun ajo­yib imkoniyatga ega bo‘ladi.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:30, 17.08.2021. O'qildi: 2768 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик