Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 128 52 45 225
2 Yaponiya 40 67 61 168
3 Janubiy Koreya 21 26 43 90
4 O‘zbekiston 12 17 12 41
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 7 12 28
7 Eron 8 15 9 32
8 Bahrayn 8 2 3 13
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1860 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2113 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 28.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 28.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      08:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      09:30 Снукер. British Open. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Первый раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Теннис. Лондон.
      15:30 Снукер. Первый раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:30 Велоспорт. Монреаль. Мужчины.
      21:00 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      23:00 Снукер. Второй раунд.
      00:00 Трейлраннинг.
      01:00 Велоспорт. Тур Хорватии. Шестой этап. Мужчины.
      02:00 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      03:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      04:30 Снукер. Второй раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Yuventus»da Krishtianu Ronalduning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan 5 futbolchi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dagi faoliyatini yakunlagani hammaga ma’lum bo‘lib ulgurdi. 2018 yilda portugaliyalik futbolchining Turinga ko‘chib o‘tishi muxlislarni qanchalik xayratda qoldirgan bo‘lsa, ketish ham deyarli shunday bo‘ldi. Klubdagi faoliyati davomida Krishtianu Ronaldu turli turnirlarda 134 ta o‘yinda 101 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Yuventus” bir necha yil ichida o‘z ramziga aylangan futbolchini yo‘qotdi. Turinliklarda uning pozisiyada o‘ynay oladigan futbolchi yo‘q. Transfer oynasi yopilishiga esa sanoqli kunlar qoldi. “Yuventus”da chinakam muammoli vaziyat paydo bo‘ldi, chunki ular har mavsumda 20 dan ortiq gol urgan futbolchining o‘rnini to‘ldirishi kerak. Bu balki, imkonsizdir. Ushbu maqolada Krishtianu Ronalduning o‘rniga jamoaga olib kelinishi mumkin bo‘lgan beshta futbolchi bilan tanishasiz.

Dushan Vlahovich

“Yuventus” yozgi transfer oynasida Dushan Vlahovichga bir necha bor qiziqayotgani aytildi.

21 yoshli futbolchi A Seriyaning 2020/21 yilgi mavsumida eng yaxshi hujumchilardan biri bo‘lib, unchalik ham ko‘p gol urmaydigan “Fiorentina” tarkibida 2 gol urishga erishgandi. Vlahovich “binafsharanglar”ning o‘tgan mavsum Italiya chempionatidagi gollarining 44%dan ko‘prog‘ida bevosita qatnashdi va qit’aning eng umidli hujumchilaridan biriga aylandi.

“Atletiko Madrid”, “Tottenxem”, “Manchester Siti” va “Liverpul” kabi jamoalar serbiyalik futbolchini o‘z saflarida ko‘rishni xohlab qolishdi. Turli manbalarga ko‘ra, Vlahovich har qaysi klubga 50 million yevrodan kam pulga o‘tmaydi. Dushan Vlahovichning ko‘p harakatlari aynan Krishtianu Ronaldunikiga o‘xshab ketadi. Biroq, u hozircha birgina mavsumda yorqin harakatlar bilan esda qoldi. Kelgusida futbolchi o‘sishda davom etadimi yo‘qmi, bu esa so‘roq ostida.

Mauro Ikardi

PSJ transfer oynasida jahon futbolida katta nom qozongan futbolchilarni jalb qildi, ularning maoshlari ham shunga yarasha bo‘lishi tabiiy.

Bu yozgi transfer oynasining qolgan kunlarida bir nechta futbolchilarni sotishga sabab bo‘lishi ham mumkin. Chiqish eshigi ko‘rsatiladigan futbolchilardan biri Mauro Ikardi bo‘lishi mumkin. Chunki parijliklar tarkibida hujumchilar keragidan ko‘proqdek.

Shunday qilib, Maurisio Pochettino o‘z vatandoshini ortiqcha deb hisoblay boshlasa, Ikardi Italiya futboliga qaytishi mumkin. Janluka Di Marsio va boshqa manbalarga ko‘ra, “Yuventus” sermahsul to‘purarga katta qiziqish bildirmoqda. “Yuventus” Ikardini ijaraga olish variantini ham ko‘rib chiqilyotgani aytilmoqda.

Pyer-Emerik Obameyang

Pyer-Emerik Obameyang “Chelsi” va “City”ga qarshi o‘yinlarda maydonda borligi umuman sezilmadi. Bir nechta manbalarga ko‘ra, Pyer-Emerik Obameyang yozgi transfer oynasi oxirigacha “Yuventus”ga ketishi mumkin.

Gabon terma jamoasi futbolchisi so‘nggi bir necha yil mobaynida, ayniqsa, yangi shartnoma imzolangandan so‘ng, Londonda qiyinchiliklarga duch kelyapti. So‘nggi paytlarda Obameyang o‘zining to‘purarlik qobilyatini ko‘rsata olmayapti. Esingizda bo‘lsa, u 2018-19 yilgi mavsumda Premyer-liganing “Oltin butsa”sini qo‘lga kiritgandi.

32 yoshli futbolchi yangi jamoaga o‘tsa eski o‘yinini tiklab ham olar. Bu borada “Yuventus” unga o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni qaytarib berishi mumkin. Obameyang “kanonirlar” safida 151 uchrashuvda 88 gol kiritib, 20 golli uzatmani amalga oshirgan. Obameyang “Vest Bromvich”ga qarshi liga kubogi o‘yinida o‘zining hali ham yaxshi sport formasida ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. U Shimoliy London derbisida xet-trik qayd etdi.

Moyze Kin

Moyze Kin o‘tgan mavsumda ijara asosida PSJ tarkibida bo‘lgan vaqtda uning maydondagi o‘yin vaqti cheklangan edi, lekin hozir u “Everton”ga qaytgan.

2020/21 yilgi mavsumda Parij jamoasi safida 41 uchrashuvda italiyalik yosh hujumchi 17 gol urdi. Kinning “Yuventus”ga qaytishi boshqa ehtimollardan yaqin bo‘lishi mumkin. Chunki u aynan “Yuventus” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

“Yuventus”dagi 8 yillik faoliyatdan so‘ng, Kin asosiy tarkibda ko‘proq daqiqalarini o‘tkazish uchun Angliyaga jo‘nab ketdi. Ammo uning “Everton”ga o‘tishi rejalashtirilgandek bo‘lmadi, u butun mavsum davomida PSJ tarkibida harakat qildi. “Everton”jamoasi Kinga ketishiga ruxsat berishi mumkin, chunki 21 yoshli futbolchi hali boshlang‘ich tarkibda o‘z o‘rnini egallamagan.

Moyze Kin joriy mavsum “Everton” safida 59 daqiqa o‘ynadi va so‘nggi xabarlarga ko‘ra, “Yuventus” uning jamoaga qaytishiga qiziqish bildirmoqda. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ishonadigan bo‘lsak, u jamoa bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lgan.

Eden Azar

“Real Madrid”dagi omadsiz ikki mavsumdan so‘ng, Eden Azar, ayniqsa jamoaning moliyaviy ahvoli og‘irligi sabab jamoani tark etishi mumkin.

Eden Azar “Real Madrid” tarkibida biron-bir uchrashuvda o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olmayapti. Shu sababli u asosiy tarkibda o‘z o‘rnini egallash uchun kurashmoqda. Jarohatlar tufayli uzoq vaqt futboldan chetda bo‘lgani uning Madriddagi faoliyatining muhim davridagi o‘yinlarda ishtirokini cheklab qo‘ydi. Jamoada Vinisius Junior, Garet Beyl, Rodrigo va Luka Yovich singari futbolchilar ko‘pincha belgiyalik futbolchidan ustun ko‘rilyapti.

Bu Azarni transferlar oynasi yakuniga qadar asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan jamoaga o‘tish ehtimolini oshiradi. Marca'ning xabariga ko‘ra, Eden Azar “Yuventus”ning birinchi raqamli maqsadi. Krishtianu Ronaldu o‘rni uchun Azar eng zo‘r o‘rinbosar hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, Ispaniya poytaxtida futbolchi ikki mavsum davomida atigi 45 o‘yin o‘tkazdi.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 14:56, 29.08.2021. O'qildi: 8190 marta. Fikrlar: 33 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик