Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • 0:2
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 3:2
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • 2:1
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
      • 20.08.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • 0:0
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • 1:0
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Surxon 19 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1696 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 642 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.08.2025

      06:35 Новости футбола.
      06:40 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Д/ф "Лионель Месси".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор". Прямая трансляция.
      01:25 "Третий тайм". Артём Молодцов.
      01:50 Новости футбола.
      01:55 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.08.2025

      05:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      05:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      06:15 Д/ф "Жизнь - подарок!".
      07:00 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      10:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы.
      13:15 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      13:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      00:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      02:40 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:50 "География спорта". Норильск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Виктория Комова.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "География спорта". Норильск.
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Смешанные единоборства. UFC 319 в Чикаго, США. Дрикус Дю Плесси против Хамзата Чимаева.
      19:10 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:10 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Торпедо" (Москва) - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Бетис". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Матч! Парад.
      04:00 Футзал. Суперкубок России. "Ухта" - КПРФ (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.08.2025

      05:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      06:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      07:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      09:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      10:00 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      10:45 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      11:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 1.
      12:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MX2. Гонка 2.
      12:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 2.
      13:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yulduzli tarkib – muvaffaqiyat garovi...mi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / moliyaviy hisobotlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Navbatdagi transfer mavsumini «PSJ» o‘ta faol o‘tkazdi. Jamoa Ashraf Hakimi uchun «Inter»ga 60 mln. yevro to‘lagan bo‘lsa, Serxio Ramos, Janluidji Donnarumma, Jorjinyo Veynaldum va Lionel Messilar Parijga erkin agent maqomida tashrif buyurdilar. Poytaxt klubi mutasaddilari erkin tanlov asosida tekinga kelganlarni qay darajada rag‘batlantirganlaridan bexabarmiz. Lekin shunisi aniqki, mazkur darcha tarixiy transferlar qatoridan joy oldi. Shu bahonada kasbdoshlarimiz o‘z tarkibini kuchaytirish yo‘lida yirik sarmoyalardan voz kechgan 10ta top-klub xaridlari va ular qanday samara berganini eslatib o‘tishni lozim topishdi.

«Chelsi» (2017) - 204 mln. yevro

2017 yilning yozi. Antonio Kontening debyut mavsumida chempionlikka erishgan jamoa yuksak unvonni himoya qilish tadorigini ko‘ra boshladi. Buning uchun «Real»dan Alvaro Moratani 66, «Monako»dan Tyemue Bakayokoni 40, «Lester» o‘yinchisi Deniel Drinkuoterni 38, «Roma» vakillari Antonio Ryudigerni 35 va David Zappakostani 25 mln. yevroga xarid qildi. Bitta transfer darchasida 200 mln.dan ko‘proq sarflagan klub tabiiyki, jamoadan muvaffaqiyat kutadi. Biroq amalda bunday bo‘lmadi. Konte Romelu Lukakuni so‘ragandi, ammo belgiyalik hujumchi «MYU» safidan joy oldi. Murabbiy esa uning o‘rniga Morataga ega bo‘ldi. Lekin u ham naf keltirmay, tez orada g‘oyib bo‘ldi. «Monako»da mavsumni o‘ta yorqin o‘tkazgan Bakayokodan tayanch hududini mustahkamlashi kutilgandi, lekin u muhitga moslasha olmadi va «surgun»da to‘p suradigan bo‘ldi. Drinkuoterning xaridi boshdanoq shubhali tuyulgandi, aslida ham o‘z isbotini topdi. U o‘z o‘rnini asosiy tarkibdan emas, turli mojarolardan topdi. Zappakosta esa raqobatga dosh bera olmay, zaxiraga mixlanib qoldi. Xullas, yulduzlar beshligidan faqat Ryudiger ma’lum muddatdan keyin bo‘lsada, talab darajasida o‘yin ko‘rsatdi. Oqibatda, 2017|18 yillar mavsumida «ko‘klar» hatto yetakchi kvartetga ham chiqa olishmadi, YECHLda «Barselona» ularni musobaqadan barvaqt chiqarib yubordi. Konte bir amallab Angliya kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsada, iste’fodan qutula olmadi.

«Barselona» (2017) - 223 mln. yevro

Kataloniya grandining o‘sha yili amalga oshirgan ulkan xarajatlarini izohlash qiyin emas: yozda jamoa kaltabinlik oqibatida Neymarni 222 mln. yevro evaziga «PSJ»ga berib yubordi, o‘zi esa murakkab vaziyatga tushib qoldi. Chunki braziliyalik hujumchi o‘rnini to‘ldiradigan o‘rinbosar yo‘q edi. Shoshilinch izlanishlar natijasida Usmon Dembele tanlandi, lekin mavsumni o‘ta yorqin o‘tkazgan vingerni «Borussiya Dortmund» qo‘yib yuborishni istamadi. Shu bois, kataloniyaliklar uni oshirilgan bahoda - 135 mln.ga sotib olishdi. Shuningdek, Xitoydan qaytgan Paulinyoga 40, «Benfika»lik Nelson Semeduga 36 va «Everton»dagi «Barsa» tarbiyalanuvchisiga 12 mln. yevro sarflandi. Taajjubki, shu futbolchilar orasida faqat Paulinyo ishonchni oqladi. Yanada ajablanarlisi - bir yildan keyin u jamoani tark etdi.

«Manchester Siti» (2017) - 242,5 mln. yevro

Guvohi bo‘lganingizdek, 2017 yil transfer bobida juda sermahsul bo‘ldi. Debyut mavsumida chempionlikka erisha olmagan Gvardiola omadsizlik takrorlanmasligi uchun jiddiy ishga kirishdi. Rahbariyat esa ziqnalik qilmadi va Benjamen Mendi («Monako», 57,5), Kayl Uoker («Tottenxem», 53) Bernardu Silva («Monako», 50), Ederson Morayes (40), Danilo («Real», 30), Duglas Kosta («Vasko da Gama», 12)lardan millionlarni ayamadi. Shuningdek, faxriy futbolchilardan forig‘ bo‘ldi. Yuqorida zikr etilganlardan farqli o‘laroq, «Siti» maqsadiga erishdi. Mendi va Luisdan boshqa barcha debyutantlar talab darajasida to‘p surdilar, jamoa 2-o‘rindan 19 ochkoga o‘zgan holda 100 ochko bilan shohsupaga chiqdi, Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Garchi YECHLda Xosep turnirni chorak finalda tark etgan bo‘lsada, xaridlar o‘zini oqladi.

«Atletiko» (2019) - 244,5 mln. yevro

Endi «matraschilar» «Barselona»ning ikki yil avvalgi holatiga tushib qoldilar. Farqi - bu gal kataloniyaliklar xaridor edilar. Ular madridliklarning bosh yulduzi - Grizmanni xarid qilishdi. «Atletiko» esa «Benfika»dan o‘sha davrning noyob iqtidori - Joau Feliksni 127 mln.ga sotib oldi. Shuningdek, Lyorente («Real», 30), Mario Ermoso («Espanyol», 25), Trippyer («Tottenxem», 22) Lodi ( «Atletiko Paranayense», 20,5) va Felipe («Portu», 20) «matraschilar» safiga qo‘shildilar. Jamoa baxtiga, barcha debyutantlar risoladagidek to‘p surishmoqda. Pandemiya arafasida «Atletiko» «Liverpul»ni YECHLda yenggach, hamma uning yorqin davri kelganligini taxmin qilgandi. Biroq jamoa kutilmaganda «Leypsig»ga imkoniyatni boy berib, musobaqani chorak finalda tark etdi. Ichki chempionatda esa «Real» va «Barsa»dan keyin 3-pog‘onadan joy oldi. Ikki yildan keyin Simeone shogirdlari shohsupani zabt etdilar.

«Chelsi» (2020) - 247 mln. yevro

Eng so‘nggi voqea. O‘tgan yilning yozida klublar lokdaundan keyin har bir tiyinni qayta-qayta hisoblab, tejamkorlik yo‘llarini qidirayotgan pallada, «Chelsi» telbalik attraksionini tashkil etdi. Ma’lum bo‘lishicha, transferlarda qatnashishdan chetlatilgan davrda klub g‘aznasida kattagina mablag‘ yig‘ilib qolgan ekan. Mutasaddilar uni sarflashga qaror qilishdi va Kay Xavers («Bayer», 80 mln.), Timo Verner («RB Leypsig», 53), Ben Chiluell («Lester», 50), Hakim Ziyesh («Ayaks», 40) va Eduard Mendi («Renn», 24)larni sotib olishdi. Shu tariqa tarkibning 50 foizi yangilandi. Natijada o‘yin izdan chiqdi. Mavsum o‘rtasida esa bosh murabbiy o‘zgardi - Lempard o‘rnini Tuxel egalladi. Mazkur tadbir naf berib, jamoa o‘z tarixida ikkinchi marta YECHLda g‘olib chiqdi, Angliya kubogida finalga yetib bordi, APLni 4-pog‘onada yakunladi.

«Real» (2009) - 253,5 mln. yevro

Ajablanishga o‘rin yo‘q, shunchaki, Florentino Peres prezidentlik lavozimiga qaytdi va odatiga binoan «galaktikos»ni shakllantirishga kirishdi: Krishtianu Ronaldu («MYU», 94 mln.), Kaka («Milan», 67), Karim Benzema («Lion», 35), Xabi Alonso («Liverpul» 34,5), Raul Albiol («Valensiya», 15), Alvaro Negredo («Almeriya», 5), Esteban Granero («Xetafe», 4), Alvaro Arbeloa («Liverpul», 4). Ularni boshqarish Manuel Pellegrini zimmasiga yuklandi. O‘sha mavsum «Real» chempionga xos ochko (96) jamg‘argan bo‘lsada, kumush medallar bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. Boisi, Gvardiolaning «Barselona»si undan 3 ochkoga o‘zib ketgandi. YECHLda jamoa o‘sha yillar an’anasiga ko‘ra musobaqani barvaqt tark etdi - nimchorak finalda «Lion»dan yengildi.

«Yuventus» (2018) - 258,5 mln. yevro

2018 yilda «Keksa sinyora» barcha mavjud turnirlarda g‘olib chiqishga ahd qilgandi. YECHLdagi 2ta finaldan so‘ng, turinliklar ishni oxiriga yetkazish maqsadida nufuzli sovrinning asl mutaxassisi - Ronalduni xarid qilishdi. U 33ni «urib» qo‘yganiga qaramasdan, «Real» baribir 117 mln.ga ega bo‘ldi. Shuningdek, Joau Konselu («Valensiya», 40), Duglas Kosta («Bavariya», 40), Mattia Perin («Jenoa», 14) ham jamoa tarkibidan joy oldilar, «Milan»dan 35 mln. evaziga Leonardo Bonuchchi qaytarib olindi. Xo‘sh, natija nima bo‘ldi? «Yuventus» an’anaviy tarzda chempion bo‘ldi, lekin bosh maqsadiga yeta olmadi - sensasiyalar muallifi bo‘lmish «Ayaks» tufayli YECHLni chorak finalda tark etdi.

«Barselona» (2019) - 272 mln. yevro

O‘sha yilning yozida jamoa Neymar o‘rnini bosa oladigan hujumchini izlash bilan band edi. Dembele bu vazifani uddalay olmagach, mutasaddilar boshqa fransuz - Grizmanni taklif etishdi. Buning uchun 120 mln.dan voz kechishdi. Shuningdek, Frenki de Yong («Ayaks», 86), Neto («Valensiya», 26), Pedri («Las-Palmas», 20) va Xunior Firpo («Betis», 20) bilan tarkib kuchaytirildi. Mavsum boshlangach, ish kutilganidek yurishib ketmadi. Shu bois, Valverde o‘rniga Kike Setyen keldi. Biroq hujumkorlik va uyushqoqlik o‘rniga beqarorlik kuzatildi. Natijada jamoa ichki chempionatda 2-o‘rinni egalladi, kubok turniridan chorak finalda chiqib ketdi. «Bavariya»dan sharmandali (2:8) mag‘lubiyatni qabul qilgach, YECHLni butunlay unutib yuborish afzal bo‘lib qoldi.

«Real» (2019) - 321 mln. yevro

Ikki yil avvalgi transfer darchasi faqat «Barsa»ning hukmronligida o‘tmadi - «Real» uni ortda qoldirdi. Florentino Peres tarkibni kuchaytirish uchun Zidanga «bir vagon» mablag‘ ajratdi. Asosiy e’tibor Eden Azarga qaratildi. U yangi Ronaldu maqomiga qo‘tarilishi lozim edi. Belgiyalik futbolchi 115 mln. yevro evaziga Madridga keldi. Qolgan kelishuvlarga ham katta mablag‘ sarflandi: Luka Yovich («Ayntraxt», 63), Eder Militao («Portu», 50), Ferlan Mendi («Lion», 48), Rodrigo («Santos», 45). 2019|20 yillar mavsumida «Real» nihoyat, chempionlikni «Barsa»dan tortib oldi, lekin YECHLda «pley-off» bosqichining dastlabki bellashuvida «Manchester Siti»dan yengildi. Xullas, transfer kampaniyasi kutilgan natijani bermadi.

«PSJ» (2017) - 383 mln. yevro

Moliyaviy «feyr-pley»ni nazar-pisand qilmagan Parij grandi «Barsa»ni boplab laqillatdi, Neymar o‘z kontraktini 222 mln. yevroga sotib oldi. Bu «PSJ»ning eng ko‘p mablag‘ sarflagan yetakchi klublar o‘nligidan joy olishi uchun yetarli edi. Qo‘shimchasiga, «Monako»dan Kilian Mbappe xarid qilindi. Ha, uni keyinchalik xarid qilish sharti bilan ijaraga olingani qayd etilgan. Biroq 145 mln.ga xarid qilinadigan futbolchini ijaraga olib bo‘lmasligini hamma tushunib turardi. Shuningdek, «Real Sosyedad» vakili Yuri Berchiche uchun 16 mln. sarflandi. O‘shanda «PSJ» qit’a gegemonligiga da’vogar maqomida bo‘lishi, bunga erishishga yulduzlar ko‘mak berishlari lozim edi. Biroq jamoa qatorasiga ikki mavsum YECHLning nimchorak finalidan o‘ta olmadi. To‘g‘ri, Liga 1 g‘olibligini saqlab qoldi. Neymar va Mbappening transferlarini muvaffaqiyatsiz, deb bo‘lmaydi. Ular risoladagidek to‘p surishdi. Biroq mutasaddilar yuksak cho‘qqilarning zabt etilishidan umidvor bo‘lishgandi.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:13, 07.09.2021. O'qildi: 5934 marta. Fikrlar: 17 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.