Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 27.11.2025 01:00
      • Arsenal
      • 3:1
      • Bavariya
      • 27.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 2:1
      • Inter
      • 27.11.2025 01:00
      • Ayntraxt F
      • 0:3
      • Atalanta
      • 27.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:4
      • PSV
      • 27.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 3:4
      • Real Madrid
      • 27.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 5:3
      • Tottenhem
      • 27.11.2025 01:00
      • Sporting
      • 3:0
      • Bryugge
  • OChL-2
      • 27.11.2025 12:45
      • Makartur
      • 2:1
      • Tay Po
      • 27.11.2025 15:00
      • Istern
      • 0:5
      • Gamba Osaka
      • 27.11.2025 15:00
      • Ratchaburi
      • 2:0
      • Tep Han Nam Din
      • 27.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 2:0
      • Pathum Yunayted
      • 27.11.2025 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 2:1
      • Beyjing Guoan
      • 27.11.2025 17:15
      • Tampines Rovers
      • 5:3
      • Kaya–Iloilo
  • «A» Seriya
      • 29.11.2025 00:45
      • Komo
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.11.2025 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Verona
      • 29.11.2025 19:00
      • Parma
      • -:-
      • Udineze
      • 29.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 29.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Elche
      • 29.11.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Osasuna
      • 29.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Alaves
      • 29.11.2025 22:30
      • Levante
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • Superliga
      • 29.11.2025 15:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Dinamo
      • 29.11.2025 15:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Paxtakor
      • 29.11.2025 15:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Sho‘rtan
  • APL
      • 29.11.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Byornli
      • 29.11.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Lids
      • 29.11.2025 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Bornmut
      • 29.11.2025 22:30
      • Everton
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Barselona” yana avvalgiday bo‘lishi uchun nima kerak? Sarmoya yoki vaqt

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 

Ko‘rib turganingizdek, OAVda “Barselona”ning hozirgi ahvoli haqida ko‘plab xabarlar chiqmoqda. Jamoa inqiroz davrini boshdan kechirmoqda. Xo‘sh kataloniyaliklar bunday xolatdan qanday chiqib ketishar ekan? Nomi oshkor etilmagan kompaniya klubning qarzlarini to‘lamoqchi ekanligi ma’lum. Ular qarzni to‘ladi ham deylik, keyin “Barsa”ning yo‘li qanday bo‘ladi? Jamoa yana katta transferlarga qo‘l uradimi, yoki klub akademiyasidagi iqtidorlarga e’tibor qaratadimi? Bugun Stadion.uz sayti aynan o‘sha ikki yo‘lning qay biri omadliroq bo‘lishi haqida mulohaza qiladi.

Katta pul va katta transferlar

Bu yaxshiroq variant sifatida qaralsada, “tanganing ikkinchi tomoni”ga nazar tashlash kerakligini unutmaslik lozim. Jamoa so‘nggi yillarda transferlar uchun juda katta mablag‘ ajratdi va 90 foiz transferlar o‘zini oqlamadi. Koutinyo, Dembele, Grizmann va hali bu nomlarni bemalol davom ettirsa bo‘ladi. “Ko‘k-anorranglilar” so‘zsiz katta jamoa va bunday jamoada o‘ynash hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Jamoada bosim yuqori va bu bosim ko‘plab yulduzlarni “so‘ndirish”ga yetadi. Agar “Barselona” jamoani pul bilan botqoqlikdan olib chiqmoqchi bo‘lsa, juda katta mablag‘ ishlatishiga to‘g‘ri keladi. Sababi jamoa doim eng yaxshilarini jamoaga olib kelish haqida o‘ylaydi va ularning transfer narxlari juda qimmat. Har bir pozisiya uchun kamida bittadan yaxshi futbolchi olib kelish kerak. Jamoaning markazda o‘ynaydiganlardan boshqalarning darajasi nisbatan pastroq. Uning ustiga hozirda “Blaugranas”da zaxira o‘rindig‘idagilar ham unchalik kuchli futbolchilar emas. Messining ketishi albatta jamoaga ta’sir ko‘rsatishi aniq edi, lekin bu darajada bo‘lishini ochig‘i hech kim kutmagan edi. Xo‘sh, jamoa kimlarni transfer qilib tezroq yetakchilar qatoriga qaytishi mumkin?

Erling Xoland ("Borussiya Dortmund")

Yosh norvegiyalikni har bir grand o‘z safiga qo‘shib olish istagidaligini hisobga olsak, bu transfer uchun jamoa daxshatli summadan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Futbolchining agenti Mino Rayola ekanligi esa bu transfer amalga oshish ehtimolini ikki baravarga kamaytirib yuborishi turgan gap. “Barselona” oxirgi o‘yinlarda darvoza tomon juda kam zarba yo‘llamoqda va jamoaning kiritgan gollari soni ham shunga yarasha juda kam. Ko‘rinib turibdiki, klub super xujumchiga muxtojlik sezmoqda. Jamoa Xoland transferi uchun pul topa olishi ikkinchi masala, birinchi masala qaysi yo‘ldan borishni aniqlash.

Aleks Grimaldo ("Benfika")

Futbolchining transfer bahosi yuqori emas. O‘yin darajasi ham unchalik baland deb bo‘lmaydi. Lekin u “La Masiya” tarbiyalanuvchisi. Vaqtida “Barselona”ning kelajakda eng ishongan qanot himoyachisi bo‘lishi taxmin qilingan yigitcha, Alba bilan raqobatlasha olmagan. So‘ngra u o‘zini Portugaliya klubi safida sinab ko‘rgan. O‘yin uslubi Albanikiga o‘xshaydigan futbolchi hozirgi “Barsa” uchun zarur. Negaki, Alba qariyotgani va uning joyida esa hamon o‘rnini bosa oladigan futbolchi yo‘qligi aniq. Alba jarohat olganligi bois, bu pozisiya hozirda “blaugranas”ning eng bo‘sh hududi bo‘lib qolyapti. Albaning o‘rniga o‘rinbosar jamoa uchun juda ham zarur.

Fabian Ruis ("Napoli")

Pedrining jarohatlari va Gavining yoshligi tufayli aynan yarim himoyada ishonchli futbolchi jamoa uchun zarur. O‘yin uslubi to‘liq “Barselona”ga mos keladigan futbolchilardan biri bu Ruisdir. Futbolchida klub uchun yana bir pilus jihat bor. U nafaqat mayda pasda juda yaxshi o‘ynaydi, balki uning olisdan yo‘llaydigan zarbalari ham ancha yaxshi. Xullas, Fabian uchun avvaldan qiziqish bildirgan kataloniyaliklar uchun bu transferni amalga oshirish vaqti keldi. Agar Kuman boshqa bir gollandiyalikni jamoada ko‘rishni xohlab qolmasa.

Antonio Rudiger ("Chelsi")

Transfer tekinga tushishi mumkin. Negaki, germaniyalikning shartnomasi kelasi yil yakuniga yetadi. Lekin, unga ham qiziqayotgan klublar oz emas. Demak, hamma gap Ryudigerga taklif etiladigan maoshga borib taqalishi mumkin. Jamoaning himoyasi juda ham kuchsiz ko‘rinmoqda. Albatta bu himoyani mustaxkamlash uchun Ryudining o‘zi kamlik qilsa kerak.

Bu 4 futbolchi bilan jamoani avvalgi holatiga qaytarish qiyin. Jamoa uchun yana shularga o‘xshash 4-5ta transferlar zarur bo‘ladi. Agar shunda ham futbolchilar o‘z o‘yinini topib keta olishsa. Aks xolda ularga sarflangan pul xavoga uchadi va bu harakatlar faqatgina omadsiz transferlarda yuqori o‘rin egallashi mumkin. Demoqchi bo‘lganim shuki, katta summa bilan ham “Barselona” oyoqqa tura olmasligi ehtimoli mavjud.

Endi esa ikkinchi yo‘l, vaqtga ham biroz to‘xtalsak. “La Masiya”ning qudrati olamga yoyilgan. Akademiyadan yiliga 3-4 iqtidorli futbolchi yetishib chiqadi. Ammo, jamoa so‘nggi yillarda akademiyaga e’tiborini biroz susaytirgan. Jamoada tarbiyalanuvchilar juda kam. Ammo, Kuman ularga e’tibor qaratishni joiz topdi. Aslida uning boshqa yo‘li ham yo‘q edi. Futbolchilar kamligidan bu mavsum Gavi, Niko va Balde singari nomlarga ko‘zimiz tushmoqda. Xo‘sh “Barselona” transferlarni chetga surib jamoa akademiyasiga tayansa ham bo‘ladimi? Bu o‘zini qanchalik oqlashi mumkin.

Ansu Fati

Jamoaga xujumchi kerakligini va Xolandga muxtojligini aytdik. Ammo klubda Fati ham bor. U juda iqtidorli ekanligini bir necha marta isbotladi. “Barselona” unga Messining raqamini ham ishonib topshirdi. Futbolchi to‘liq jarohatdan qaytib gollar kiritishi mumkin. “Blaugranas” o‘z tarbiyalanuvchisiga imkoniyat yaratib, uni yulduzlar qatoriga qo‘shishi ham mumkin. Ammo Fati biroz yosh va unga tajriba juda zarur. Xo‘sh kataloniyaliklar Xolanddan ko‘ra akademiya tarbiyalanuvchisi Fatiga ko‘proq ishonch bildirib biroz sabr qilishi mumkinmi?

Balde

O‘n yetti yoshli yigitchani bir ikki bor maydonda ko‘rdik. Umuman olganda ancha tezkor futbolchi ekan. Ammo ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Albatta, katta o‘yinlarni ko‘rmagan futbolchida bunday bo‘lib turadi. Ammo Baldega o‘yin amaliyoti berilaversa, u yaxxshigina o‘sishi shubxasiz. Lekin bunga bir necha yil vaqt ketishi mumkin. “Barselona” har yili sovrinlar yutishga o‘rgangan jamoa bunga qay darajada rozi bo‘larkin.

Gavi

2004 yilda tug‘ilgan vunderkind hozir ko‘pchilikning e’tiborida. Ko‘plab mutaxassislar ushbu futbolchining kelajagi yorqin bo‘lishini taxmin qilmoqda. Ammo ba’zida Gavi yoshlik qilayotgani ham ko‘rinib qolmoqda. Enrike qo‘rqmasdan yigitchani katta o‘yinlarda sinab ko‘rdi. Kuman ham shunday qilsa bo‘ladi. Lekin yana hammasi borib vaqtga taqaladi. Gavi katta futbolchi bo‘lishi uchun unga vaqt va o‘yin amaliyoti kerak bo‘ladi.

 

Jamoa ikkinchi yo‘lni tanlasa, bir necha yil sovrinlardan voz kechishi shart. Keyinchalik ham bu yo‘l o‘zini oqlashiga hech kim kafolat bera olmaydi. Lekin jamoa asta-sekin o‘zini tiklash ehtimoli yuqori. Negaki hali akademiyada o‘z so‘zini aytmagan o‘nlab yoshlar borligi shubhasiz. Sizningcha, jamoa uchun qaysi yo‘l ma’qulroq?

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:50, 15.10.2021. O'qildi: 4995 marta. Fikrlar: 20 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.