Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hafta oxiridagi so‘ngi yangiliklar. Ronaldu Sulsherni qutqarib qoldi, Xavi «Barselona»ning yangi murabbiyi(mi?), Konte Fribgarlikda ayblanmoqda

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barselona»ni kim boshqarishi, Krishtianu Ronaldu murabbiyni ishdan bo‘shatishdan saqlab qolganligi, «Oltin to‘p-2021»ning yangi egasi kim?, Belgraddagi boks bo‘yicha jahon chempionatida natijalarimiz qanday? «Stadion.uz» nashri ushbu hafta boshidan beri kun sarlavhalaridan tushmay kelayotgan xabarlar haqida to‘xtalib o‘tmoqchi.

«Barselona»ning yangi murabbiyi



Ronald Kuman ishdan bo‘shatildi va «Barselona» bosh murabbiyi lavozimi hozircha bo‘sh qolmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda «As-Sadd» bilan birga ishlayotgan Xavi «ko‘k-anorranglilar»ni qabul qiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, Qatar klubi Xavini tovon to‘lamasdan ham, yana bir hafta ishlashi sharti bilan «Barselona»ga qo‘yib yuborishga tayyor.

OAVda Xavining «Barselona»ga «ha» deb javob bergani va hattoki jamoa ishlarini o‘rganishga kirishgani aytilmoqda. Aytishlaricha, yosh murabbiy allaqachon prezidentga to‘p bilan yaxshi ishlaydigan markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash zarurligini aytgan. Xavi «Manchester Siti»dan Raxim Sterlingni, hamda «Bavariya» futbolchisi Kingsli Komanni klubga taklif qilmoqchi.

«Oltin to‘p»ni kim oladi?



Yil yakunidagi eng yaxshi futbolchi uchun beriladigan nufuzli individual mukofot - «Oltin to‘p» roppa-rosa bir oydan keyin Parijda topshiriladi. Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki yakunlangan ovoz berish natijalari aks ettirilgan fotosurat tarqaldi. Suratga qaraganda, Robert Levandovski 2021 yilgi «Oltin to‘p»ni oladi. O‘tgan yili pandemiya tufayli mukofot berilmagan, polyak futbolchisi esa 2020 yilda bu mukofotga loyiq edi. «Bavariya» hujumchisi bu yil qo‘lga kirita oladimi? Ko‘ramiz.

 
Ronaldu murabbiyni ishdan bo‘shatishdan saqlab qoldi



Ole-Gunnar Sulsherni «Liverpul»ga qarshi o‘yindan so‘ng (0:5), «Manchester Yunayted»dan ketishi aniqdek ko‘ringandi. Biroq norvegiyalik mutaxassis jamoa bilan ishlashda davom etmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, bunda Krishtianu Ronaldu muhim rol o‘ynagan, uning o‘zi Sulsherni qo‘llab-quvvatlagan va qolgan futbolchilarni murabbiy atrofida to‘planishga chaqirgan. Buni kuzatib turgan «qizil iblislar» rahbariyati hozircha hech narsa qilmaslikka qaror qilishdi.

 
Konte firibgarlikda ayblanmoqda



Agar Ole-Gunnar Sulsher yaqin kelajakda iste’foga chiqarilsa, Antonio Konte «Manchester Yunayted» murabbiylik posti uchun birinchi raqamli nomzodiga aylanadi. Bir necha kun avval, Angliyada Kontening «Chelsi»ni boshqargan vaqtida transfer firibgarliklariga aloqadorligi haqida dalillar topildi. Murabbiy va uning agenti ko‘plab jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkin, ya’ni ular bitimda ko‘rsatilgan puldan ko‘proq olgan bo‘lishi mumkin. Hozircha hech qanday aniq dalil yo‘q, ammo Konte Emersonning «Chelsi»ga o‘tishdan moliyaviy foyda ko‘rgani aytiladi.

Uch nafar bokschimiz boks bo‘yicha jahon chempionatini tark edi



51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov 1/8 final doirasida qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi ringga chiqdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda hakamlar Bibossinovni g‘olib deb topishdi. Havaskor boksda ma’lum muddat tanaffus qilgan Do‘smatov esa jahon chempionatini ilk bosqichda tark etdi.

86 kg. vaznda ringga ko‘tarilgan Shohjahon Abdullayev juda alamli mag‘lubiyatni tortdi. U belgiyalik Viktor Shelstritga qarshi jangda g‘alabaga juda yaqin turgandi. Birinchi bo‘limda tengkurashlar ostida kechgan bahsda hakamlarning 3 nafari ustunlikni hamyurtimizga berdi. Ikkinchi raundda Shohjahon faolllikni oshirdi va raqibga ko‘plab zarbalar berdi. Natijada belgiyalik bokschi qiyin ahvolga tushib qoldi. Abdullayev bundan xotirjamlikka berildi shekilli, bo‘lim tugashiga 1 soniya qolganida raqibning kuchli zarbasini o‘tkazib yuborib, nokautga uchradi.

Ikki yil avval Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan musobaqada jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Mirazizbek Mirzaxalilov AQSHlik Jamol Xarveyga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz birinchi raundda nisbatan xotirjam harakat qilgani uchun bo‘lsa kerak, hakamlar dastlabki 3 daqiqalikda ustunlikni amerikalik bokschiga berishdi. Mirazizbek ikkinchi bo‘limda faollikni oshirdi va muvozanatni tikladi. Hamma narsa uchinchi bo‘limda hal bo‘lishi kerak edi. Hamyurtimiz ancha dadil harakat qilib, raqibga ko‘plab zarbalar berdi. Yakuniy baho esa — 2:3, AQSH vakili foydasiga.

5 nafar bokschimiz keyingi bosqichda



Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 1/32 bosqichda irlandiyalik Brendon Makkiverni 5:0 hisobida mag‘lub etgan holda 1/16 finalga yo‘l olgandi. Ushbu bosqichda Mo‘ydinxo‘jayev falastinlik Ahmad Hararaga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, nimchorak finalga yo‘l oldi.  

-80 kg vaznda Odiljon Aslonov avtomatik ravishda 1/16 finalga yo‘llanma oldi, uning raqibi tanzaniyalik Yusuf Changalavey noma’lum sabablarga ko‘ra ringga chiqmadi.

-75 kg vazn toifasida Saidjamshid Ja’farov 1/32 final doirasida slovakiyalik Lukas Fernetsaga qarshi ringga ko‘tarildi. Har uchala raundda faol harakat qilgan Ja’farov hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, Jahon chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

O‘zbekiston boks terma jamoasining eng og‘ir vazndagi a’zosi Lazizbek Mullojonov jahon chempionatidagi o‘zining ilk jangini o‘tkazdi. Unga Puria Amiriy raqiblik qildi. Fors sportchisiga qarshi kechgan jangda bokschimiz g‘alaba qozondi. Yakuniy hisob — 4:1

Bir necha daqiqa avval -52 kilogramm vazn toifasida o‘z jangini o‘tkazgan Shahobiddin Zoirov ham keyingi bosqichga yo‘l oldi. U serbiyalik Tamir Galanovga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jang 3 raund davom etdi.

 

Kiritildi: 17:17, 29.10.2021. O'qildi: 8973 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.