Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Men qariya emasman» yoxud faoliyatini davom ettirayotgan top futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bundan 20 yil oldin 30 yoshli futbolchilar faxriy hisoblanar, bunday o‘yinchilar kamtaronaroq takliflar olishar va maydonga kamroq tushishardi. Ammo hozir zamonaviy texnologiyalar, to‘g‘ri ovqatlanish va yuqori malakali fizioterapevtlar tufayli futbol va yosh cheklovlari degan tushuncha yo‘qoldi. Hozir esa aynan 30 yoshdan yuqori, biroq amon ajoyib futbol namoyish etayotgan charm to‘p ustalari haqida suhbatlashamiz.

Jorjio Kyellini



 Italiyalik himoyachi «Yuventus»ning haqiqiy afsonasiga aylandi. Ancha yillar avval kelishilgan o‘yinlar mojarosidan so‘ng, turinliklarning B Seriyaga tushib ketishi, Jorjoga tarkibdan mustahkam o‘rin egallashiga yordam berdi. Keyin himoyachi a’lo darajadagi o‘yin ko‘rsata boshladi.

Hozir 37 yoshda va u xuddi 20 yoshda bo‘lgandek maydonda harakat qiladi. Uni hech qanday jarohatlar to‘xtatmadi. Himoyachi bir necha marta miya chayqalgan, burni singan va boshqa ko‘plab jarohatlar olgan. Italiyalik futbolchi maydonda ham, kiyinish xonasida ham haqiqiy yetakchi. 2018 yilda Buffon «PSJ»ga ketganidan so‘ng, Jorjio «keksa sinyora» sardoriga aylandi. Afsuski, Kyellini joriy mavsum uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini aytdi.

Frank Riberi



Tajribali yarim himoyachi 2007 yilda «Bavariya»ga kelguniga qadar turli fransuz jamoalarida o‘ynagan. Frank tezda Myunxenda o‘zini namoyon qildi va Aryen Robben bilan ajoyib tandem hosil qilgan.

Riberi haqli ravishda eng yaxshi fransuz futbolchilaridan biri hisoblanadi. Nemis klubida 12 yil davomida futbolchi 24 ta sovrin yutgan. 2019 yilda mashhur «chandiq» Germaniyani tark etishga qaror qildi. Frank «Fiorentina»ga o‘tdi, chunki u yuqori saviyada o‘ynashni xohladi. «Binafshalar» lagerida fransuz tezda yetakchiga aylandi va yosh futbolchilarga faol maslahatlar tarqata boshladi. Riberining qanchalik kuchli ekanligini 37 yoshli vingerning 2019/2020 yilgi mavsumda klubning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani ham ko‘rsatadi. Joriy mavsum avvalida Frank Italiyaning boshqa jamoasi «Salernitana» safiga borib qo‘shildi.

Luka Modrich



Xorvatiyalik yarim himoyachi ko‘p yillar davomida «Real»ning yetakchilaridan biri bo‘lib kelgan. Luka yildan-yilga ajoyib saviyani namoyish etishda davom etmoqda va pastga tushishni rejalashtirmayapti. Hozircha futbolchining faoliyatidagi eng omadli yil 2018 yil bo‘lgan. Modrich jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisiga aylandi, Mundial finaliga chiqdi, «Oltin to‘p» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. So‘nggi paytlarda OAVda joriy mavsum «Real Madrid» tarkibidagi so‘nggi mavsum ekanligi haqida faol yozishmoqda. Futbolchining o‘zi u yerda yana bir-ikki yil qolishni istaydi. Lukaning o‘yin uslubini hisobga olsak, buni amalga oshishini taxmin qilish oson.

Fabio Kvalyarella



Italiyalik hujumchi hech qachon top deb hisoblanmagan. Faoliyati davomida u o‘nlab jamoalarni o‘zgartirdi, ammo Fabio o‘zining eng yaxshi futbolini «Sampdoriya»da 30 yoshdan oshganidan so‘ng ko‘rsata boshladi. Kvalyarella 2018/2019 yilgi mavsumda 26 gol bilan A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.  Xuddi shu 2019 yilda italiyalik ligada qatorasiga 11 o‘yinda gol urib, Batistutaning rekordini yangiladi. Hozir Fabio 38 yoshda. Biroq, forvard faoliyatini yakunlashga shoshilmayapti. Yana bir necha mavsumda Kvalyarella Italiyada o‘ynashni rejalashtirgan.

Jeyms Milner



Boshqa ko‘plab jamoalarda 35 yoshli Milner rotasiya o‘yinchisi bo‘lardi va tobora zaxirada o‘tirardi. Lekin «Liverpul»da emas. Yurgen Klopp bir necha yillardan buyon inglizdan maksimal darajada foydalanib kelmoqda. Nemis mutaxassisi qo‘l ostida Jeyms har ikki qanotda o‘ynaydi: yarimhimoya markazida va tayanch zonasida ham o‘z o‘yinini namoyish etadi. Muxlislar futbolchini «temir odam» deb atashadi va u o‘z taxallusiga to‘liq mos keladi. Ingliz «qizillar»da deyarli ajralmas futbolchi hisoblanadi. Jamoada juda ko‘p yulduzlar bor: Alissondan tortib Salohgacha. Ammo ko‘p odamlar Jeyms asosiy futbolchi ekanligini unutishadi.

Xoakin Sanches



Ispaniyalik futbolchi faoliyatini 1999 yilda «Betis»da boshlagan. Va, ehtimol, u o‘sha yerda tugatadi. Xoakinning «oq-yashillar» lageriga qaytganiga  6 yil bo‘ldi. Sanches 40 yoshda, lekin u o‘ynashda va jamoani oldinga tortishda davom etmoqda. Muxlislar uni futbolga va klubga bo‘lgan munosabati uchun kumir qilishadi. Xoakinning jamoadoshlari ta’kidlashicha, u hali mashg‘ulotlarga birinchi bo‘lib keladi va oxirgi ketadi. «Betis» Sanchesning yana bir-ikki yil seviliyaliklar safida o‘ynashiga umid qilmoqda va unga yangi taklif tayyorlamoqda.

Serxio Ramos



Ramosning o‘yini va tashqi ko‘rinishiga qarab, uni hech qachon 35 yoshda deb ayta olmaysiz. «Real» sobiq sardori har yili ajoyib o‘yin ko‘rsatardi. Biroq joriy mavsum emas. Sababi «PSJ»ning yangi a’zosi jarohat sabab o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Himoyachi «qaymoqranglilar» safida 100 tadan ko‘proq gol urgan. Bu yutuqga avval faqat bitta himoyachi – Fernando Yerro bo‘ysungan. Qolaversa, yuzta goldan 55 tasini ispaniyalik futbolchi boshi bilan ishg‘ol qilganini ham ta’kidlash joiz.

Garchi, omadsiz mavsum bo‘lsada, Ramos hamon futbolda va yaqin kunlarda el-kaptano o‘z o‘yinini topishga shubha yo‘q.

Leo Messi



Bir paytlar argentinalik futbolchi nafaqat yetakchi, balki «Barselona»ning ramzi ham edi. Ammo, moliyaviy muammolar sabab, o‘tgan yozda futbolchi kataloniyaliklar safini tark etishga majbur bo‘ldi. Leo anchayin qudratli bo‘lgan «PSJ» safiga borib qo‘shildi. Messi 34 yoshda, ammo hujumchining mahorat darajasiga hamma havas qiladi. Joriy mavsum boshi Lionel uchun yaxshi kechmayapti. Biroq, yangi jamoa, yangi muhit va yangi futbolchilar. Bu albatta, futbolchiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.

Krishtianu Ronaldu



Portugal futbolchisi yaxshi sharob kabi yildan-yilga yaxshilanib boraveradi. U 36 yoshda va hamon ajoyib futbol ko‘rsatishda davom etmoqda.

Krishtianu ketma-ket 20-mavsum gol urdi. Ronaldu joriy mavsum avvalida «MYU»ga ko‘chib o‘tdi va Manchesterda ham qutqaruvchi rolini qoyilmaqom tarzda uddalamoqda. Qariya APLning joriy mavsumida 7 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol urdi. Bizningcha, ushbu 36 yoshli futbolchi uchun yomon natija emas.

Zlatan Ibragimovich



Ibragimovich «PSJ»dan MLSga ketganidan keyin hamma shved qo‘shimcha pul ishlab, faoliyatini yakunlashga qaror qildi, deb o‘ylagandi. Lekin, unaqa emas. Ibragimovich AQSHning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi va ikki yil avval Yevropaga qaytdi. Forvard «Milan»ga qo‘shildi va ketma-ket uchrashuvlarda gollar kiritishni boshladi.  Ibra joriy mavsum A Seriya 7 bahsida maydonga tushib, 3 gol muallifiga aylangan.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:30, 01.11.2021. O'qildi: 5579 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.