Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hafta oxirida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi. Messi PSJni tark etadimi? Mbappe "Real"ga emas, APL klubiga o‘tishi mumkin. O‘zbeksiton Kubogi yarim finalida hakamlar noto‘g‘ri qaror chiqardimi

Baho:
+ | -1
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Haftaning asosiy mish-mishlarida Lionel Messi nima uchun PSJni tark etmoqchi ekanligi, Mbappe “Real”ga emas, aksincha APLga  o‘tishi rostmi? O‘zbeksion kubogi yarim final uchrashuvlaridagi hakamlar qarori noto‘g‘rimi? Shu kabi xabarlar dayjestini “Stadion.uz” nashrining hafta xabarlari rukni orqali xabar topishingi mumkin.

 

Messi PSJni tark etadi

Lionel Messi PSJ kulini tark etishi haqidagi mish-mishlar kunning eng “bomba” xabari bo‘ldi. Bunga asosiy sabab sifatida Leoning parijliklar safidagi ishonchsiz o‘yinlari ko‘rsatilmoqda. Albatta, Messidan ko‘p narsa kutilgandi. Futbolchining o‘zi ham PSJdagi startidan ko‘ngli to‘q emas. Mish-mishlarga ko‘ra, Lionel yozda klubni tark etish haqida o‘ylamoqda. Argentinalik futbolchi mavsum so‘ngida shartnomani buzishi mumkinligi haqida ma’lumotlar bor. Qo‘shimcha qilinishicha, Messi va PSJ o‘rtasidagi bitimda aynan shunga o‘xshash band kiritilgan.

 

 

Mbappe Premyer-ligaga o‘tishi mumkin

Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi muqarrardek tuyuladi. Futbolchining o‘zi Madrid grandida o‘ynash istagi haqida gapirdi va Madrid klubiham fransuzni qo‘lga kiritish istagi haqida gapirishdan tortinmadi. Biroq, bu hafta “Liverpul” Mbappeni sotib olishga umid qilayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Mersisaydliklar klubi maosh bo‘yicha “Real”ning moliyaviy taklifidan ko‘proq berishga va fransiyalik hujumchiga mavsum uchun 30 million yevro maosh to‘lashga tayyor.

 

O‘zbekiston kubogi yarim finalida hakamlar noto‘g‘ri qaror chiqardimi?

 

O‘zbekiston kubogi yarim final uchrashuvlari doirasidagi  AGMK – “Nasaf”, “Paxtakor” – “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi bahsdagi hakamlar bilan bog‘liq vaziyatga baho berildi. Unga ko‘ra, Olmaliqdagi AGMK va “Nasaf” uchrashuvidagi qarshiliklar a’zosi Marko Stanoyevichning maydondan chetlatilishi, AGMK tomonidan 110-120 daqiqalarda kiritilgan gollarning bekor qilinishi va “Nasaf” foydasiga penalti belgilanishi kabi holatlar hakamlik qoidalariga mos ravishda chiqarilgan qaror deb topildi.

Shuningdek, Toshkentdagi “Paxtakor” va “Bunyodkor” o‘rtasida kechgan uchrashuvda “sherlar” futbolchilari Dragan Cheran va Sherzod A’zamovning qizil kartochka olib chetlatilishida ham hech qanday shubhali holatlar va hakamlik hatolari emasligi ta’kidlangan.

 

Zidan PSJ murabbiyiga aylanadi

 

Fransiyaning PSJ klubi rahbariyati “Real” sobiq ustozi Zinedin Zidan bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda.  “Foot Mercato” nashri xabariga ko‘ra, tomonlar keyingi mavsumdan hamkorlik qilish borasida amalda kelishib olgan.

Ammo fransuz mutaxassisini xavotirga solayotgan yana bir jihat hal etilmagani malum bo‘ldi. Gap shundaki, Zidan Parijda erkin harakat qilishni va sport direktori Leonardoga bo‘ysunmaslikni xohlamoqda.

Bugun esa Parij klubi egasining ukasi Xalifa bin Hamad Al-Tani o‘zining “Twitter”dagi sahifasida ma’lum qildi. 

Ijtimoiy tarmoqda u kelishuvga erishilgani va tez orada klub bu haqda rasman e’lon qilishini yozgan.

“Zizu, PSJga xush kelibsiz”, deb yozgan Al-Tani.

 

“Manchester Yunayted” “Real” to‘purarini APLga olib kelmoqchi

 

Joriy mavsumda “Real”da muvaffaqiyatli o‘ynab kelayotgan braziliyalik hujumchi Vinisius Junior “Manchester Yunayted” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. “El Nacional” nashri jurnalistlarining yozishicha, “qizil iblislar” futbolchi uchun “qirollik klubi”dagidan ko‘ra qulayroq shartnoma taklif qilmoqchi. 

Biroq madridliklar shartnomasi yana 2,5 yilga mo‘ljallangan futbolchini qo‘yib yuborishni istamasa kerak. Bundan tashqari, ispanlar kelishuvni uzaytirishga va unda avvalroq xabar qilinganidek, tovon puliga bir milliard yevro miqdoridagi bandni belgilashga tayyor.

La Liganing joriy mavsumida 21 yoshli hujumchi 13 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

 

 

 Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

 

Kiritildi: 18:21, 26.11.2021. O'qildi: 12569 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.