Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yo‘qolgan yulduzlar yoxud ularning kelajagi porloq bo‘lishi kutilayotgan edi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

  Futbol shunday sport turiki, unda doim oldinga qadam tashlash zarur. Ya’ni yaxshi futbolchi bo‘lish uchun iqtidorning o‘zi kamlik qilishi aniq. Doimiy mehnatlar va tartib yosh futbolchilar uchun asosiy kerakli unsur hisoblanadi. Tartibni buzish va mashg‘ulotlarda o‘z ustida kam ishlaganligining oqibatida “millionlar o‘yini” ajoyib iqtidorlarini yo‘qotib qo‘ygani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lsa kerak. Stadion.uz bugun kelajagi porloq hisoblangan, ammo “yulduzlik kasali”ga yo‘liqishi oqibatida porlamay so‘ngan yulduzlar haqida so‘z yuritadi.

 5. Kristian Pavon (25 yosh, Argentina)

Kristian yoshligida juda ham iqtidori yuqori baholangan yigitcha edi. Ko‘plab yoshlarni Messiga qiyoslashadi. Pavon ular orasida Messiga rostmana tenglashishi mumkin bo‘lgan ikki futbolchining biri edi. Yana biri haqida quyiroqda so‘z yuritamiz. Argentinalik faoliyatini “Atletiko Tallers” jamoasida boshlagan va u o‘sha jamoa akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.  Pavonga 2013 yillardayoq yevropa jamoalaridan jiddiy qiziqish bo‘lgan. Ammo yosh yigitchaga hali biroz tajriba kerak edi. Shu sababli argentinalik o‘z diyorida to‘p tepishni istadi. Ilk jamoasida u birinchi mavsumda 18 o‘yinda 4 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishni uddalagan va Argentinaning bosh jamoasi e’tiborini qozona olgan. “Boka Xuniors” Pavonni 3 million yevroga xarid qilganda argentinalik hali 18 yoshda edi. Vunderkind “ko‘k”lar safida ilk mavsumini ijarada o‘tkazdi va yaxshi o‘yini tufayli yana ortiga qaytdi. Pavon shundan so‘ng biroz yo‘qolib qoldi. Ta’kidlash joizki, yosh iqtidorga o‘sha paytlarda “Arsenal”, “Sevilya” va “Benfika”dan jiddiy qiziqish bo‘lgan edi. Kristianni 2018 yilgi Jahon chempionatida yana ko‘rdik. Shundan so‘ng ham Pavon uchun “Arsenal” va “Barselona” jamoalari qiziqish bildirishdi. Ammo Pavon hali bunga tayyor emas edi. Shundan so‘ng iqtidorli futbolchi hisoblangan argentinalikni deyarli ko‘rmadik. Hozirda u “MLS”da to‘p tepmoqda.

4.Franko Servi (27 yosh, Argentina)

Bu nom ko‘pchilikka ma’lum emas. Chunki Servi omma e’tiborida ko‘p vaqt bo‘la olmagan. Messi bilan bir joyda tug‘ilgan iqtidorli futbolchini hech qachon Messiga qiyoslashmagan. Undan kelajakda Messi bilan teng darajadagi yulduz chiqishiga ishonishgan. U hali professionlar faoliyatini boshlamasidan unga ko‘plab jiddiy takliflar bo‘lgan. Ammo, Janubiy Amerikadan Yevropaga ko‘chishni uning oilasi unchalik istashmagan. Shu sababli Servi professional faoliyatini o‘z yurtida boshlashga majbur edi. Rosarioning mahalliy jamoasidagi ilk o‘yinlari Servidagi rostmana iqtidorini ko‘rsata oldi. Ko‘plab futbol ishqibozlari uni Messining davomchisi sifatida ko‘rishardi. Shu sabab yevropada uni kuzatishdi. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay Servining o‘yini biroz yomonlashdi va u Yevropaga keta olmadi.  2016-yilga kelib “Benfika” futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi va unga jiddiy umid bildirdi. Afsuski tezkor Servi bu ishonchni oqlay olmadi. “Benfika” safida 114 uchrashuvda 11 bor raqib darvozasiga yo‘l topgan futbolchi hozirda “Selta” tarkibida to‘p surmoqda.

3.Gabriel Barbosa (25 yosh, Braziliya)

Gabriel Barbosani ko‘pchilik “Gabigol” nomi bilan yaxshi tanishsa kerak. Uning iqtidori butun Yevropaning grand klublarining hushini o‘g‘irlagan edi. Gabigol professional faoliyatini juda yaxshi boshlagan. U “Santos” jamoasida 17 yoshida paydo bo‘lgan. 3 yil mobaynida tinimsiz “ko‘hna qit’a”dan taklif olgan “Gabigol” 2016 yildagina Yevropaga kelgan. Uning ushbu qit’adagi ilk jamoasi “Inter” edi. Afsuski, braziliyalik A Seriyada o‘zini ko‘rsata olmagan va “Benfika”ga ijaraga berib yuborilgan. Portugaliyaga ham ko‘nika olmagan Gabriyel yana o‘z yurtiga qaytgan. Hozirda “Gabigol” “Flamengo”ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uning iqtidori hamon so‘nmagan. Lekin Yevropada uni eslashmaydi.

2. Alen Halilovich (25 yosh, Xorvatiya)

Alenni ko‘pchilik futbol ishqibozlari juda yaxshi eslashadi. Uni yurtdoshlarimiz o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan 2013 yilgi Jahon chempionatida eslab qolishgan. O‘sha musobaqada yevropaliklar guruh bosqichida bizning raqibimiz bo‘lishgan va O‘zbekistonga 2-1 hisobida yutqazib qo‘yib, guruh bosqichidayoq o‘z yurishlarini tugatishgan. O‘sha o‘yinda Halilovich jamoasining yagona go‘liga mualliflik qilgan edi. Keyinchalik u “Barselona” bilan shartnoma imzolagan. Ammo Alen kataloniyaliklarning ishonchini oqlay olmagan. Shundan so‘ng porlamagan vunderkind o‘nlab jamoalarda to‘p surdi. Hozirda u “Riding” jamoasi futbolchisi hisoblanadi.

1.  Boyan Krkich (31 yosh, Ispaniya)

Boyan Krkichni tanimaydigan futbol ishqibozi bo‘lmasa kerak. La masiya tarbiyalanuvchisi hisoblangan yigitcha “Barselona”da ham ancha o‘yin o‘kazib ko‘plab gollarga mualliflik qilgan. Yuqorida Messiga qiyoslangan ikki eng yaxshi iqtidor egasi bor dedik ulardan biri Pavon bo‘lsa, ikkinchisi albatta Boyan hisoblanadi. Uning harakatlari va to‘pni olib yurishi Messini eslatadi. Ammo o‘sha paytdagi “Barselona”ga bitta Messi yetar edi. Shu tufayli Krkich boshqa joyda porlashi kerak edi. U “Barselona”dan ketib “Roma”ga bordi, keyin “Milan”da o‘ynab yana uyiga qaytdi. O‘shanda qaytgan Boyan va oldinroq ketgan Boyan orasida yer bilan osmoncha farq bor edi. Undan so‘ng Krkich ancha jamoalarda top surishga ulgurdi. Hozir esa u Inesta bilan birgalikda Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasida to‘p surmoqda.

Ushbu iqtidor egalari nega o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamagani ma’lum emas. Balki “yulduzlik kasali”, yoki dangasalikdir. Nima bo‘lganda ham ulardan muxlislar ko‘p narsa kutishgan edi. Bunday futbolchilar juda ko‘p. Lekin yuqorida ko‘plab futbol ishqibozlari tanganlarini sanab o‘tdim. Yurtimizda ham yoshligida kelajagi porloq deb tahmin qilinib, keyinchalik futbol ommasida yo‘qolib qolgan iqtidorlar yetarlicha topiladi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:04, 28.11.2021. O'qildi: 8505 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.