Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba.

  • Superliga
      • 17.04.2026 18:00
      • Lokomotiv
      • 0:2
      • Navbahor
      • 17.04.2026 19:00
      • OKMK
      • 3:2
      • Buxoro
      • 17.04.2026 20:15
      • Surxon
      • 0:1
      • Qizilqum
      • 18.04.2026 18:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 18.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Xorazm
      • 18.04.2026 20:15
      • Paxtakor
      • -:-
      • Dinamo
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 17.04.2026 21:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Komo
      • 17.04.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Kalyari
      • 18.04.2026 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Parma
      • 18.04.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Lasio
      • 18.04.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Atalanta
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 18.04.2026 16:30
      • Brentford
      • -:-
      • Fulhem
      • 18.04.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 18.04.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Bornmut
      • 18.04.2026 21:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Brayton
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Navbahor 8 18
2 Paxtakor 7 18
3 Neftchi 7 18
4 Buxoro 8 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 OKMK 8 11
8 Lokomotiv 8 11
9 Xorazm 7 9
10 Qizilqum 8 9
11 Surxon 8 8
12 Qo‘qon-1912 7 7
13 Dinamo 7 7
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

8-тур Lokomotiv 0-2 Navbahor
8-тур OKMK 3-2 Buxoro
8-тур Surxon 0-1 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

18/04/26 Neftchi - Nasaf
18/04/26 Mash’al - Xorazm
18/04/26 Paxtakor - Dinamo
19/04/26 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04/26 Qo‘qon-1912 - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Eng yaxshi hujum – bu himoya" yoxud nega "Chelsi"ga hujumchilar kerak emas?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugungi kunda o‘z himoyachilarining fantastik o‘yini orqali ko‘pchilikni qoil qoldirayotgan Tomas Tuxelning siri nimada? Uni quyidagi maqola orqali tahlil qilib ko‘ramiz.

Dunyodagi eng kuchli himoya

Tomas Tuxel qo‘l ostida "aristokratlar" rivojlanishda davom etmoqda. O‘tgan mavsumning o‘zidayoq nemis murabbiyi taktik moslashuvchanlikni jamoasining eng kuchli tomoniga aylantirgan bo‘lsa-da, joriy mavsum mutaxassis bu moslashuvchanlikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Ajablanarlisi shundaki, hozirda o‘z jamoasida bir nechta dunyoning top hujumchilarni jamlagangan klubda eng sermahsul futbolchilar himoyachilar hisoblanadi. E’tibor bering, londonliklarning joriy mavsumdagi 31 golidan 13 tasini orqa chiziq vakillari kiritgan, oldingi chiziq vakillari esa bor yo‘g‘i 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Bundan tashqari, "aristokratlar"ning goleador himoyachilari APL ning joriy mavsumida 6 klubdanda ko‘proq gol urganligini ham alohida qayd etish lozim.

Aytgancha, hozirda himoyachilar o‘yindagi asosiy vazifalarini ham qoilmaqom qilib bajarib kelishmoqda. Shu kunga qadar, "Chelsi" Yevropaning top-5 chempionatlarida eng kam gol o‘tkazayotgani tahsinga sazovor. Ular chempionatda o‘tkazilgan 13 o‘yinda faqatgina 5 bor to‘p o‘tkazib yuborishgan. Bu o‘rtacha bir o‘yinda – 0,38 gol degani.

Jeyms – "Chelsi"ning yangi yetakchisi

O‘tgan mavsum London jamoasi safida Kurt Zuma boshqa himoyachilar fonida yaqqol ajralib turgan bo‘lsa, hozirda bu chiziqdagi bosh qahramon Ris Jeyms hisoblanadi. 22 yoshli ingiliz futbolchisi so‘nggi oylarda aql bovar qilmas sport formasiga kirib oldi. Qizig‘i shundaki, u hozirda "Chelsi" tarkibidagi eng sermahsul futbolchidir. Tarkibida Lukaku, Xavers, Verner kabi yulduzlarga ega jamoa uchun bu vaziyat hayratlanardi. Yuqoridagi uchlik joriy mavsum umumiy hisobda 1723 daqiqa maydonda harakat qildi va "gol+pas" tizimida atigi 7 ochko to‘plashdi. Jeyms esa ulardan uch baravar kamroq vaqt ichida (640) 8 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Shuningdek, Jeyms hozirgacha Premyer-liganing eng foydali himoyachisidir. U "gol+pas" tizimi bo‘yicha "Liverpul"dagi mashhur hamyurti – Trent Aleksandr-Arnold bilan tenglashib olish bilan birga yana bir muhim statistika borasida undan o‘zib ketdi. Ya’ni, Jeyms o‘zining ishtirokidagi raqib darvozasiga zarba bilan yakunlandigan epidzodlarda ishtirok etish borasida peshqadam.

Tuxelning siri nimada?

London klubidagi deyarli har bir futbolchi endi o‘z gollari bilan maqtanishi mumkin. Markos Alonso, Tiago Silva, Antonio Ryudiger, Trevor Chaloba, Ben Chiluell va Ris Jeyms hisobida APLda kamida bittadan gol bor. Hozirgacha faqatgina jamoa sardori Sezar Aspilikueta musobaqada gol kiritmagan, ammo uning hisobida ham allaqachon ikki golli uzatma mavjud.

Bunday natijalar birinchi navbatda Tomas Tuxel taktik tizimining umumiy universalligini aks ettiradi. Hozirda Premyer-liganing boshqa hech bir klubida bunchalik uzun va xilma-xil to‘purarlar ro‘yxati yo‘q. Hattoki Gvardiolaning "Man Siti"si ham o‘zining yangilangan total futbol uslubiga ega. Umumiy hisobda, "aristokratlar"ning 15 futbolchisi joriy mavsum gol urishga ulgurdi, bu darvozabonni hisobga olmasak bir yarimta tarkib degani.

Nemis mutaxassisi himoyachilarni hujumchi deb atash kerakligi haqida bir necha bor aytib o‘tgan – bu hazil yoki mubolag‘a emas. Bugungi "Chelsi"ning o‘yinida Alonso va Jeyms kabi futbolchilar himoyaviy o‘yindan ko‘ra hujumkor o‘yinga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Shu ma’noda londonliklarning hozirgi qanot chizig‘i avvalgi mavsumlarda "Liverpul" safida porlagan Aleksandr-Arnold va Robertson juftligini eslatib yubormoqda.

Nafaqat himoyachilar, balki hujumchilar ham muntazam gol urishni boshlasa, "Chelsi" qanday kuchga ega bo‘lishini tasavvur qilib ko‘ring!!! Ho‘sh, Tuxel ushbu samaradorlikni qay vaqtga qadar saqlab qoladi? Buni vaqt ko‘rsatadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:50, 01.12.2021. O'qildi: 3764 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
6 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
7 Нефтчи Alisher Odilov 3
8 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
9 Нефтчи Zoran Marushich 3
10 Бухоро Sherzod Esanov 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик