Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves

Navbatdagi o'yinlar.

18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Papu Gomes: «JCHda Messi uchun borimizni beramiz»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Alexandro Papu Gomes 2017 yilning may oyida yumoristik videoklip yaratishda italiyalik «yutubchilar» bilan hamkorlik qilganida, bu o‘zi uchun alohida belgiga aylanishini aslo o‘ylamagandi. Amalda videolavha El baile del Papu («Papu raqsi») nomi bilan ommalashdi. Papu shu tariqa yirik g‘alabalar (misol uchun, Amerika kubogidagi zafar) va Argentina milliy jamoasi yoki «Sevilya» libosidagi gollarini raqs bilan nishonlashga odatlandi.
Argentinalik hujumchining raqsi virus kabi tarqalgan payt u 29 yoshda bo‘lib, 8 mavsumdan buyon Yevropada o‘ynayotgandi. Gomes ayniqsa, mavsum-2016|2017da hammani larzaga solgan «Atalanta»da yetakchilikni qo‘lga oldi va butun Yevropaga tanildi. Hujumchi shu yuksalish natijasida avvaliga Argentina milliy jamoasining o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli nazariga tushdi, keyin «Sevilya» safini to‘ldirdi. Asosiysi, Papu joriy yil «albiselestlar»ning Amerika kubogida zafar quchishlariga ham munosib hissa qo‘shdi. Endi navbatda - JCH-2022.

- «Papu raqsi» qayerdan paydo bo‘lganini ayta olasizmi?

- Bu harakat g‘oyasi taxminan 4 yil oldin tug‘ildi. Gli Autogol nomi ostida ijod qiluvchi italiya­lik 3 nafar «yutubchi» Fantacalcio (Fantasy Football) seriyasi ostida futbolga daxldor ko‘plab parodiyalarni berib borishadi - ajo­yib hazillar. Xullas, ularga bir necha lavhalar yubordim, jumladan, kiyinish xonasida kulgili raqsga tushganim yozilgan videoni. Shu asnoda raqsga xayriya qo‘shig‘i qo‘shish g‘oyasi yuzaga keldi. Asosiysi, ijodkorlar bundan yig‘ilgan mablag‘ni to‘liq xayriya ishlariga yo‘naltirishim mumkinligini aytishdi. O‘sha vaqt Bergamoda futbol bilan shug‘ullanuvchi nogiron bolalar uyushmasi homiysi edim. Yakunda taklifni qabul qildim va maxsus videorolik tayyorladik. To‘g‘risi, ishimiz ijtimoiy tarmoqlarda shu qadar tez ommalashishini xayolimga ham keltirmagandim.

- Mana, o‘sha raqs endi siz uchun o‘ziga xos «tashrif qog‘ozchasi»ga aylandi...

- Ochig‘ini aytaman, bundan biroz charchadim ham. Chunki qayerga borsam, «Papu raqsi»ni ko‘rsatib berishimni so‘rashadi. Bunga allaqachon ko‘nikib ulgurdim, ammo nuqul raqs tushaverish... «Se­vilya» safiga qo‘shilganimda, mendan avvalo, raqs talab qilishlarini bilardim. Lekin bundan yaxshi chiqib ketdim. Ya’ni jamoadoshlarimga raqs ko‘rishni istasalar, gol urishim uchun ko‘proq imkoniyat yaratishlari kerakligini aytdim. Albatta, gollarni raqs bilan nishonlashdan baxtiyorman. Ayniqsa, bolalar uchun shunday qilishda davom etaman, chunki ular bundan chinakamiga zavqlanishlarini yaxshi bilaman.

-  Mavsum-2016|2017da «Atalanta»dagi porlash evaziga Argentina termasidan joy oldingiz. Hozir avvalo, nimalarni eslaysiz?

- Maydonda hujumni yakunlovchi futbolchi sifatida to‘p sursam, o‘zimni suvdagi baliqdek yaxshi his qilishimni angladim. Chunonchi, «Atalanta» hujumkorlikka moyil edi. Muhimi, murabbiy meni hujumga nuqta qo‘yadigan futbolchi roliga munosib ko‘rdi. Umuman, hammasi birdan rivojlandi. 2007 yili Kanada mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi JCHda Argentina termasi safida g‘alaba qozongan bo‘lsamda, keyinchalik milliy jamoa murabbiylari e’tiboridan chetda qoldim. Orada italyanlar hattoki, meni o‘z terma jamoalarida o‘ynatmoqchi bo‘lishdi, faqat 2007 yilgi JCHda qatnashganim tufayli bu amalga oshmadi. Mavsum-2016 (2017da esa darhaqiqat, yaxshi o‘ynadim, qolaversa, Argentina termasining JCH-2018 saralashidagi ishlari u qadar yaxshi emasdi. Qisqasi, mamlakatim milliy jamoasiga qo‘shilish vaqti yetgandi. O‘zi shunga intilayotgandim ham. Zero, 2007 yili men bilan birga o‘ynagan Banega, di Mariya va Aguero kabi ko‘plab yigitlar milliy jamoaga ancha oldin chaqirilgandilar.

- 1993 yildan buyon terma jamoada g‘alabaga intilgan Leo Messining ko‘z yoshi... Amerika kubogi-2021dagi chempionlik sizlar uchun aynan nimani anglatadi?

- O, noyob va tarixiy voqea! Jamoamizda hammasi joyida edi, lekin turnir startida o‘yinimiz uncha qovushmadi. Muhimi, keyinchalik shiddatni oshirib bordik va yakunda ahil oila sifatida shakllanganimizni isbotlab, Argentina xalqiga uzoq kutilgan g‘alabani tortiq etdik. Chempionlik bayramini ta’riflashga ojizman. Binobarin, butun bir avlod Argentina termasi chempionligini ko‘rgan emasdi. Bir necha omadsiz finallardan keyin shunday zafarga ilhaq edik. Ayniqsa, Messi, Aguero, Otamendi, di Mariya va boshqa faxriylarga tasanno aytish kerak. Axir ular bir necha finalda mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishganiga qaramay, faqat olg‘a intildilar va yakunda maqsadga erishdilar. Menga esa eng kerakli payt kerakli joyda paydo bo‘lish baxti nasib etdi. Futbol shunday ssenariylar bilan ham go‘zal.

- Hammasini xuddi kecha ro‘y bergan voqea kabi tavsiflayapsiz...

- Chunki bu o‘ziga xos voqelik, chindan ham. «Sevilya» taklifini qabul qilishda aynan Argentina termasida o‘ynash imkoniyatim oshishini o‘ylagandim. Mana, Amerika kubogida ishtirok etdim va 2ta gol urdim ham. 33 yoshda, terma jamoa safidagi sanoqli o‘yinlardan keyin chempionlikni nishonlash... Kimdir menga sehrli tayoqcha bilan urgan bo‘lsa kerak - boshqacha izoh yo‘q.

- Endi oldinda Qatar-2022 mundiali turibdi...

- 2019 yili yosh futbolchilar bilan boshlangan loyihani davom ettirish muhim. O‘ylaymanki, bu o‘z samarasini beradi. Saralash bos­qichidagi vazifani muddatidan oldin hal qilganimiz juda muhim. Har holda, keskinlik ancha yumshadi va endi qolgan o‘yinlarda turli uslublarni amalda qo‘llab ko‘rishimiz mumkin.

- Aytingchi, Leo Skaloni jamoaga aynan qanday yangiliklar olib kirdi?

- U JCH-2018dan keyin tushkunlik domida qolgan terma jamoani tezda o‘z darajasiga chiqardi. Bunda ruhiyat ustida qattiq ishlagani o‘z-o‘zidan tushunarli. Yana bir tomoni, bosh murabbiy o‘z atrofiga Uolter Samuel, Roberto Ayyala va Pablo Aymar kabi sobiq futbolchilarni jamladi. Oddiy aytganda, o‘yinchilar bilan yaqindan ishlaydigan yaxshigina murabbiylar shtabini tuzdi. Shu asnoda Argentina termasiga yangi qiyofa bag‘ishladi. Skaloni shuningdek, qaysi raqibga qarshi qanday o‘ynash kerakligini yaxshi biladi, chunki uchrashuvlar tahliliga ham ko‘p vaqt ajratadi. Jamoaga olib kirgan yana bir katta yangiligi - xotirjamlik.

- Lionel Messi bilan o‘ynash - bu qanday?

- Leo hammamiz uchun birinchi raqamli shaxs. Messi juda samimiy, bizni o‘z hayotining bir qismidek qabul qiladi. Bunday yigit yonida o‘ynash - sovg‘a! Tushunarliki, uning o‘yinini tasvirlash uchun yangi so‘z topish qiyin - barcha munosib ta’riflar ishlatib bo‘lingan. Leo­ni turli vaziyatlarda xilma-xil uslublarni qo‘llashi kishini aqldan ozdiradi. Hamma undan o‘rganishga intiladi, ammo 50 yilda bir marta tug‘iladigan daho harakatini takrorlash oson emas. Chunki u mutlaqo o‘zgacha. Messining ishga yondashuvini ko‘rsangiz, bir kulasiz, bir zavqlanasiz. Kulishingiz boisi, mashg‘ulotlarda hamma qatori ter to‘kadi.

- Messi sizlar bilan JCH-2022 haqida gapiradimi, bo‘lajak turnirga bog‘liq ambisiyalari qanday?

- Leo bunga qadar bir marta mundial taxtiga juda yaqinlashgandi. JCH-2022 esa ehtimolki, uning uchun oxirgisidir. Shunday ekan, Qatarda bor mahoratini ishga soladi. O‘ylaymanki, Argentina termasi ham turnirga eng yuqori sport formasida yetib boradi. Menimcha, Amerika kubogidagi zafar ham jamoa kuchiga kuch qo‘shishi kerak. Umuman, kelasi yili barcha futbolchilar Leo uchun ham o‘ynashadi - u jahon chempionatida g‘alaba qozonishga haqli. Butun Argentinaning xohishi ham shu. Leoning o‘ziga kelsak, bo‘lajak mundial haqida hali hech nima degani yo‘q, lekin g‘alabaga alohida shaylanayotganini yaxshi bilamiz.

- Xo‘sh, Argentina termasini JCH-2020 favoritlari qatoriga qo‘shish mumkinmi?

- Jamoamiz o‘z tarixi va nomi bilan hamisha favorit hisoblanadi. Hozir tarkibimizda dunyo­ning eng sara futbolchilari bor, Amerika kubogida mag‘lubiyatsiz odimlab, yakunda g‘olib chiqdik. Lekin boshqa jamoalarga ham hurmat bilan qarash kerak. Yevropaning 5-6ta jamoasi, shuningdek, Braziliya termasi ham juda kuchli. Bo‘lajak mundialda yana 1-2ta ishtirokchi «syurpriz»  ulashishi mumkin. Qisqasi, bizni juda chiroyli jahon chempionati kutmoqda. Unda g‘alaba qozonish uchun esa ozgina omad ham kerak. Shohsupaga ko‘tarilish juda qiyin, lekin bizda imkon qadar uzoqroqqa borish uchun zarur vositalar bor.

- Oxirgi savol: Qatarda «Papu raqsi»ni ko‘ramizmi?

- Hozirgi bosh maqsadim - JCHda ishtirok etish. Umid qilamanki, kelasi yili menga faoliya­timda birinchi va oxirgi marta kattalar o‘rtasidagi mundialda qatnashish baxti nasib etadi. Bu futboldagi yo‘limning mantiqiy mukofoti bo‘ladi. Hozircha «Sevilya» bilan olg‘a borishda davom etishim, jamoaga imkon qadar ko‘p yordam berishim kerak. Vaqt tez o‘tyapti. Oldinda chamasi 1 yil bor va bu orada Argentina milliy jamoasining 23 kishidan iborat yakuniy ro‘yxatidan o‘zimga joy hozirlashim shart.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:00, 01.12.2021. O'qildi: 2824 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик