Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Chelsi - Nottingem Forest

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sulsherning “Manchester Yunayted”dagi eng katta beshta xatosi

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ole-Gunnar Sulsher endi “Manchester Yunayted”da emas va ko‘pchilik muxlislar buni mantiqiy ekanligini bilishadi. Bir necha oy oldin mutaxassisning kelajagi porloqdek tuyulgandi. Ammo... 

Norvegiyalik bilan yangi shartnoma imzolandi va “Yunayted”rahbariyati jadvaldagi ikkinchi o‘rindan so‘ng jamoasining holati bilan faxrlanardi. Hozirda esa “qizil iblislar”ning kuchli to‘rtlikka kirishi ham aniq emas. Ammo qayerda xatolik yuz berdi? Va Ole nima qilishi kerak edi?

 

Din Xendersonni Yevropa Ligasi finalida asosiy tarkibda tushirish kerak edi

David De Xea Yevropa ligasi finalida 11 ta penaltini hammasini o‘tkazib yubordi va bu “Vilyarreal”ga bayram qilish imkonini berdi. 

Bu kabi narsalarni oldindan aytish qiyin bo‘lsa-da, De Xea 2016 yildan beri penalti qaytarishni uddalamayapti. Albatta, klubdagi statistikani e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi va Xenderson yaxshiroq o‘ynashiga shubha yo‘q edi. O‘sha o‘yinda “Manchester Yunayted” yutganida, Ole ustidan bosim kamroq bo‘lardi. Ha, qaror aniq emas, lekin agar norvegiyalik aqlliroq bo‘lsa, u hali ham “Yunayted” ustozi sifatida ishlashi mumkin edi.

 

Jessi Lingard va Donni van de Bekni sotish kerak edi

Ser Aleks Fergyuson “Yunayted”ni boshqarganida, chempionlar bilan teng keladigan tarkibga ega edi. Yarimhimoyaga Park Chi Sung va Darren Fletcher javob berishgan bo‘lsa, agarda formada bo‘lganida bir mavsumda 15 ta gol urishga qodir hujumchi Lui Saa zaxira o‘rindig‘ida o‘tirdi.

Balki yangi mavsumda Lingard va van de Bekni saqlab qolgan Ole aynan shunday o‘ylagandir. Ammo Fergining kunlari o‘tdi. Futbolchilar terma jamoalarga chaqirilish uchun o‘ynashni xohlashadi va Ole o‘zining tejamkorligi bilan o‘z futbolchilari va matbuot tomonidan bosim darajasini oshirdi.

 

Yarimhimoyachi sotib olishi kerak edi

Yarimhimoya “Yunayted”ning zaif nuqtasi. Klub tayanch yarimhimoyachisiz hech qachon muvaffaqiyat qozona olmaydi. Bu “teshik”ni yopish uchun vaqt va pul bor edi, lekin murabbiy uni boshqa pozisiyalarga sarfladi. Masalan, sotilishi mumkin bo‘lgan Pol Pogbani saqlab qoldi. Ronalduni jamoaga taklif qilish qarori ham mantiqan asosli emas edi.

 

Maguayrning maydonga tushishi

Maguayrning qo‘rqinchli formasi “Manchester Yunayted”ning bu yilgi omadsiz o‘yinining asosiy sabablaridan biri. Ammo o‘tgan mavsumda u juda yaxshi o‘ynadi.

Gvardiola Jon Stounzga og‘ir mavsumdan so‘ng uzluksiz tanaffus bergan “Siti”ni ko‘rib chiqaylik. Uning fonida Maguayr tinmay maydonga tushdi. Buning natijasida u umuman tiklanishga ulgurmadi. Ajablanarlisi, Garri jarohat olganidan keyin ham maydonga tushdi.

Sulsher jarohatlangan Maguayrni boshqa o‘yinchilardan yaxshiroq deb qaror qildi va bu xato qaror edi. Hatto Aksel Tuanzebe ham yaxshiroq harakat qilgan bo‘lardi.

 

Krishtianu Ronalduni ortga qaytarish

Jamoa uchun Ronalduning qo‘lga kiritilishi orqaga tashlangan qadamdir, chunki uning nomi bilan Ole jamoasining muvozanati buzildi. Bundan tashqari: portugaliyalikning kelishi bilan uzoq muddatli loyiha bilan shug‘ullanadigan va qimmat yulduzlarni sotib olishga intilmagan murabbiyning obro‘si pasayib ketdi. Keyin jamoa o‘z murabbiyini emas, Ronalduni xursand qilishga harakat qila boshladi. Norvegiyalikda bunday yulduz bilan kurashish tajribasi bo‘lmagan va mish-mishlarga ko‘ra, aynan Ronalduning agenti mutaxassisni ishdan bo‘shatishni talab qilgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 14:01, 04.12.2021. O'qildi: 8207 marta. Fikrlar: 13 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик