Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“G” guruhidagi dahshatli vaziyat, “Barselona” va Yevropa ligasi va Xolandsiz pley-off yoxud Chempionlar ligasi so‘nggi turi oldidan guruhlarda qanday holat?

Baho:
+1 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Seshanba va chorshanba kunlari UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ba’zi guruhlarda hamma narsa allaqachon hal qilingan, ammo boshqa bir guruhlarda esa vaziyat hamon qizg‘in holatda. “Stadion.uz” nashri har bir kvartetdagi jamoalarning holati va guruhdagi vaziyat haqida ma’lumot berishga qaror qildi.

 

A guruhi

M
Komanda
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Manchester Siti 5 4 0 1 17 8 +9 12
2 PSJ 5 2 2 1 9 7 +2 8
3 RB Leypsig 5 1 1 3 13 13 0 4
4 Bryugge 5 1 1 3 5 16 -11 4

PSJ – “Bryugge”

“Leypsig” – “Manchester Siti”

“A” guruhida pley-off ishtirokchilari ma’lum: “Manchester Siti” birinchi ushbu muammoni hal qilgan bo‘lsa, PSJ esa ikkinchi o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi.

Oxirgi turda “Leypsig” va “Bryugge” klublari Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Jamoalar hisobida 4 ochkodan bor, ammo nemislar o‘zaro uchrashuvlarda yuqoriroq o‘rinda (mag‘lubiyat 1:2, g‘alaba 5:0). Shunday qilib, uchinchi o‘rinni egallash uchun “Bryugge” PSJ mehmoni bo‘lsa, “Leypsig” “Manchester Siti” bilan o‘z uyida o‘ynaydi.  

 

V guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Liverpul 5 5 0 0 15 5 +10 15
2 Portu 5 1 2 2 3 8 -5 5
3 Milan 5 1 1 3 5 7 -2 4
4 Atletiko 5 1 1 3 4 7 -3 4

“Milan” – “Liverpul”

“Portu” – “Atletiko”

“Liverpul” to‘rtinchi turdan keyin ushbu kvartetda birinchi o‘rinni egallashi aniq bo‘ldi. Pley-off bosqichining ikkinchi yo‘llanmasi uchun uchta jamoa kurash olib bormoqda – “Portu”, “Milan” va “Atletiko”. Aniqlik kiritish kerakki, agar ochkolar teng bo‘lsa, “Milan” va “Atletiko” umumiy to‘plar farqi bo‘yicha solishtiriladi. Sababi, UYEFA mehmondagi gol qoidalari bekor qilgan.

“Portu” pley-off yo‘llanmasini rasmiylashtirish uchun o‘z uyida “Atletiko”ni mag‘lub etishi kifoya. “Milan” “Liverpul”ni mag‘lub eta olmasa, “ajdarlar uchun durang ham kifoya qiladi. 

“Milan” pley-offga chiqish uchun “Liverpul”ni mag‘lub etishi va shundan keyingina parallel o‘yin natijasiga qarashi kerak. U yerda portugaliyaliklarning durangi yoki “Atletiko”ning minimal hisobdagi g‘alabasi to‘plar farqi bo‘yicha italiyaliklarni  pley-offga olib chiqadi.

“Atletiko” ikkinchi o‘rinni egallash uchun “Portu”ni mag‘lub etishi kerak va “Milan” “Liverpul”ni mag‘lub eta olmasligi talab etiladi.  

 

S guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Ayaks 5 5 0 0 16 3 +13 15
2 Sporting L 5 3 0 2 12 8 +4 9
3 Borussiya D 5 2 0 3 5 11 -6 6
4 Beshiktash 5 0 0 5 3 14 -11 0

“Ayaks” - “Sporting”

“Borussiya D” – “Beshiktash”

“C” guruhida intrigalar umuman yo‘q - jamoaning hozirgi holati yakuniy holatga aylanadi. “Borussiya” ochkolar bo‘yicha “Sporting”ga yetib olishi mumkin, ammo o‘zaro uchrashuvlarda Lissabon klubining natijalari yuqoriroq bo‘ladi.

 

D guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Real 5 4 0 1 12 3 +9 12
2 Inter 5 3 1 1 8 3 +5 10
3 Sherif 5 2 0 3 6 10 -4 6
4 Shaxtyor 5 0 1 4 1 11 -10 1

“Real Madrid” – “Inter”

“Shaxtyor” – “Sherif” 

“Real” va “Inter” pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi, “Sherif” Yevropa ligasiga yo‘l oldi va “Shaxtyor” uchun Yevromavsum tugadi. Bu guruhda “Real” va “Inter” birinchi o‘rinni kim egallashiga aniqlik kiritishi qoldi. Madrid klubini mag‘lub etish uchun neradzurrilar seshanba kuni Ispaniyaga safar uyushtiradi.

 

E guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Bavariya 5 5 0 0 19 3 +16 15
2 Barselona 5 2 1 2 2 6 -4 7
3 Benfika 5 1 2 2 5 9 -4 5
4 Dinamo K 5 0 1 4 1 9 -8 1


“Bavariya” - “Barselona”

“Benfika” – “Dinamo” 

“Bavariya” birinchi o‘rinni kafolatladi, “Dinamo Kiyev” esa oxirgi o‘rinni egallaydi. So‘nggi turda “Barselona” va “Benfika” Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ikkinchi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Bu kurashda ochkolar teng bo‘lgan taqdirda shaxsiy uchrashuvlardagi natijalar tufayli(g‘alaba 3:0, durang 0:0), portugal klubi yuqoriroq o‘rinni egallaydi.  

“Benfika” “Dinamo”ni mag‘lub etishi kerak. Agar bu vaziyatda “Barselona” Myunxenda g‘alaba qozona olmasa, ikkinchi o‘rinni lissabonliklar egallaydi. Xavi jamoasining ahvolini va “Bavariya”ning turnir motivasiyasisiz ham o‘yinlarga moslasha olishini hisobga olsak, “Barselona” Chempionlar Ligasi pley-offidan quruq qolib, Yevropa ligasiga yo‘l olishi mumkin. “Barselona” va Yevropa Ligasi... bu klubni ushbu turnirda namoyon etish qandaydir qiyin...

 

F guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Manchester Yunayted 5 3 1 1 10 7 +3 10
2 Vilyarreal 5 2 1 2 9 7 +2 7
3 Atalanta 5 1 3 1 10 10 0 6
4 Yang Boyz 5 1 1 3 6 11 -5 4

“Manchester Yunayted” – “Yang Boyz”

“Atalanta” – “Vilyarreal” 

“Manchester Yunayted” “Vilyarreal”ga to‘qnash keladi (guruhda inglizlar 2:1 va 2:0 hisobida g‘alaba qozongan), shuning uchun ham inglizlar birinchi o‘rindan tushib ketmaydi.

Pley-offning ikkinchi yo‘llanmasini “Atalanta” va “Vilyarreal” o‘ynaydi. Ko‘rib turganingizdek, bergamoliklar g‘alaba qozonishlari kerak, ammo “sariq suv osti kemasi”ni durang ham  qanoatlantiradi.

“Yang Boyz”da uchinchi o‘rinni egallash uchun ajoyib imkoniyat bor. Shveysariyaliklar “Old Trafford”da g‘alaba qozonishlari va Italiyada “Vilyarreal”ning g‘alaba qozonishiga umid qilishlari kerak.

 

G guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Lill 5 2 2 1 4 3 +1 8
2 Red Bull Zalsburg 5 2 1 2 7 6 +1 7
3 Sevilya 5 1 3 1 5 4 +1 6
4 Volfsburg 5 1 2 2 4 7 -3 5

“Zalsburg” – “Sevilya”

“Volfsburg”– “Lill”

 

“G” guruhida qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda, chunki barcha 4 jamoaning ham pley-off uchun imkoniyati bor.

“Lill”pley-offga chiqish uchun yutqazmaslik kifoya. Agar fransuzlar mag‘lub bo‘lishsa, albatta 3-o‘rinni egallaydi. Agar ular g‘alaba qozonsa, guruhda birinchi o‘rinni egallaydi. 

 “Zalsburg” mag‘lub bo‘lmasa, pley-offga chiqadi. Birinchi o‘rinni egallash uchun avstriyaliklar “Sevilya”ni mag‘lub etishlari va “Lill” Germaniyada g‘alaba qozonmasligiga umid qilishlari kerak. Agar mag‘lub bo‘lsa, “Zalsburg” uchinchi (agar “Volfsburg” g‘alaba qozonmasa) yoki to‘rtinchi (agar “Volfsburg” g‘alaba qozonsa) bo‘ladi.

Pley-offga chiqish uchun “Sevilya”“Zalsburg”ni mag‘lub etdi. Agar bir vaqtning o‘zida “Volfsburg”“Lill”ni mag‘lub etsa, ispanlar birinchi o‘rinni egallaydi. Agar “Sevilya”durang o‘ynasa yoki mag‘lub bo‘lsa, “Volfsburg”“Lill”ni mag‘lub etmasa, “Sevilya” uchinchi o‘rinni egallaydi. 

“Volfsburg” uchinchi o‘rinni egallay olmaydi - jamoa yo Chempionlar Ligasi pley-offida bo‘ladi yoki oxirgi o‘rinda qoladi. Pley-offga chiqish uchun “bo‘rilar” o‘z maydonida “Lill”ni mag‘lub etishi kifoya. Agar bir vaqtning o‘zida “Zalsburg” va “Sevilya” durang o‘ynasa, “Volfsburg” birinchi o‘rinni egallaydi.

 

N guruhi

 
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Chelsi 5 4 0 1 10 1 +9 12
2 Yuventus 5 4 0 1 9 6 +3 12
3 Zenit 5 1 1 3 7 7 0 4
4 Malmyo 5 0 1 4 1 13 -12 1

“Zenit” - “Chelsi”

“Yuventus”– “Malme”

 

“Chelsi” va “Yuventus” Chempionlar ligasi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Oxirgi turda jamoalar birinchi o‘rinni egallash uchun maydonga tushadi. Agar ochkolar teng bo‘lsa, britaniyaliklar o‘zaro uchrashuvlar hisobiga (g‘alaba 4:0, mag‘lubiyat 0:1) yuqoriroqdan joy oladi, ya’ni italiyaliklar so‘nggi turda raqibidan ko‘proq ochko olishlari kerak.

“Zenit” o‘zaro o‘yinlarda “Malme”dan ustunlikka ega (g‘alaba 4:0, durang 1:1), shuning uchun Rossiya chempioni guruhda uchinchi o‘rinni egallashi aniq.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 09:53, 07.12.2021. O'qildi: 15802 marta. Fikrlar: 17 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик