Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 09.02.2026 18:45
      • Nasaf
      • 1:1
      • Ash-Shorta
      • 09.02.2026 18:45
      • Al-Vahda
      • 0:0
      • Al-Ahli (SA)
      • 09.02.2026 21:00
      • Duhayl
      • 1:1
      • Sharja
      • 09.02.2026 21:00
      • Shabab al-Ahli
      • 0:0
      • Al-Hilol
      • 10.02.2026 21:00
      • Traktor
      • -:-
      • As-Sadd
      • 10.02.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Al-G‘arafa
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 23 58
2 Real Madrid 23 57
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 22 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 23 34
7 Selta 23 33
8 Real Sosyedad 23 31
9 Osasuna 23 29
10 Atletik Bilbao 23 28
11 Xetafe 23 26
12 Jirona 23 26
13 Sevilya 23 25
14 Alaves 23 25
15 Elche 23 24
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

23-тур Selta 0-0 Osasuna
23-тур Barselona 0-0 Malyorka
23-тур Sevilya 0-0 Jirona
23-тур Real Sosyedad 0-0 Elche
23-тур Alaves 0-0 Xetafe
23-тур Atletik Bilbao 0-0 Levante
23-тур Atletiko 0-0 Betis
23-тур Valensiya 0-0 Real Madrid
23-тур Vilyarreal 0-0 Espanyol

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Arsen Zaxaryan: «Bizda ham ustunlik yo‘q emas»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Arsen Zaxaryan 17 yoshida «Dinamo» (Moskva)ning mavsum-2020|2021dagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. Afsuski, butun RPLning bosh kashfiyoti salomatligiga bog‘liq muammolar tufayli Yevro-2020da qatnashish baxtidan mosuvo bo‘lgandi. Zaxaryan ayni payt Rossiya chempionatida golga assistentlik bo‘yicha 2-o‘rinda ketmoqda va «Eng kuchli beshlik» sovriniga asosiy da’vogar sanalmoqda. Sport24 nashri muxbiri yaqinda Arsen bilan kelajak rejalari, «Dinamo»ning chempionlik uchun imkoniyati va bo‘lajak JCH saralashi doirasida muhim o‘yin haqida suhbatlashdi.

- «Dinamo» RPL ikkinchi davrasini «Zenit»ning asosiy ta’qibchisi sifatida boshlaydi. Mavsumning birinchi qismi qanday o‘tdi?

- Uzoq vaqt davomida birinchi marta bunchalik baland ko‘tarildik. Demakki, mavsumning dastlabki qismida munosib o‘ynadik. To‘g‘ri, kutilmagan yo‘qotishlarga ham uchradik, ayniqsa, nazariy jihatdan ochko olishimiz shart sanalgan o‘yinlarda.

- «Dinamo»ning birinchi davrada kuchli beshlikdan joy olishini taxmin qilish mumkin edi. Ammo chempionlik uchun kurashishi...

- Avvalgi mavsum bir-birimizga, shuningdek, murabbiy va yaratilgan muhitga ancha ko‘nikib oldik. Qolaversa, yozgi transferlar payti yaxshigina kuchaydik - tarkibga Balbuena, Laksalt va Makarov kabi yigitlar qo‘shilishdi. Aynan shu futbolchilar yordami yaqqol sezildi. Hozir jamoamiz yaxshi holatda va 2-o‘rin yomon emas, menimcha.

- «Dinamo» oltin medalni ko‘zlashga tayyormi?

- Aynan shunga intilamiz, sifatli futbol ko‘rsatyapmiz. Asosiysi, o‘yin davomida ustunlikka ega bo‘la turib, ochko yo‘qotmaslik. Ayniqsa, shu jihat ustida ko‘proq ishlashimiz kerak. Maqsad - maksimal natija. Albatta, 1-bo‘lish va Chempionlar Ligasida o‘ynashni istaymiz.

- «Zenit» birinchi davrada Moskvaning 4ta jamoasidan 3tasini mag‘lubiyatga uchratdi. Nima, Piter klubi Moskvada ham hukmronmi?

- Yo‘q, bunday emasligi o‘z-o‘zidan tushunarli. Ha, «Zenit» kuchli futbolchilarga ega, jamoaning har bir pozisiyada sifatli ijrochilar bor. Ammo piterliklarni yengish imkonsiz emas. Deylik, o‘zaro o‘yinda bosim o‘tkaza boshlaganimizda, raqibning ojiz tomonlari yaqqol ko‘rindi. Biroq shunchaki, vaziyatlardan samara chiqarolmadik va buning ortidan jazolandik. «Zenit»ning kuchi aynan vaziyatlar qadriga yetish masalasida bilindi.

- Aleksandr Kerjakov yaqinda «Dinamo»ni chempionlik uchun kurashda «Zenit»ning yagona raqibi sifatida tilga oldi.

- Birinchi davra endi tugadi, «Zenit» ham hali ochkolar yo‘qotadi, baribir. Shaxsan men «Lokomotiv» va «Sochi»ni hisobdan chiqarmagan bo‘lardim - har ikkisi Piter klubiga raqobat taqdim etishga qodir.

- «KraSava» nashriga bergan intervyungizda Yevropaning biror klubi siz bilan hali bog‘lanmaganini aytdingiz. Mana, oradan 3 oy o‘tdi, yangilik bormi?

- Yo‘q. Hozircha Yevropadan hech kim aloqaga chiqqani yo‘q. Shunchaki, gap-so‘zlar bor, hali aniq taklif tushmadi.

- O‘zingizga qolsa, Yevropaning kuchli 5ta ligasidan qay birini tanlardingiz?

- Ispaniya La Ligasini. Chunki texnik futbol tarafdoriman. Ispaniyada ayni shunday o‘yin hukmron.

- Ko‘pchilik sizni «Barsa»da qachon ko‘rish mumkinligiga qiziqmoqda...

- Xa-xa... To‘g‘risi, o‘zim ham bilmayman. Oldin taklif tushsin, keyin ko‘ramiz.

- Rossiya terma jamoasidagi debyutingiz «Lujniki»da xorvatlarga qarshi kechgan o‘yinga to‘g‘ri keldi. Hayajonlandingizmi?

- Oz-moz, muhimi, yigitlar dalda berishdi, murabbiy ham qo‘lladi. Qisqasi, ular qo‘ldan kelganicha harakatlanishimni so‘rashdi.

- Valeriy Karpin jamoada ishni sardorlik bog‘ichi egasini o‘zgartirish bilan boshladi. Milliy termaning haqiqiy yetakchisi kim?

- Barinov va Jikiya yaqqol ajralib turishadi. Aynan ularni asosiy yetakchilar sifatida ko‘rsatish mumkin. Umuman, kiyinish xonasida hamma o‘z so‘zini aytishi mumkin.

- Xorvatiya termasiga qarshi so‘nggi o‘yinni qayerda tomosha qildingiz? Kudryashovning avtogolidan keyin qanday ahvolga tushdingiz?

- Uyda, oila davrasida ko‘rdim, barchamiz xavotirda o‘tirdik. Otam futbol ko‘rayotganida, har doim asabiylashadi. Bunda mening maydonda bo‘lishim-bo‘lmasligimning farqi yo‘q.

- «Pley-off» bosqichining yarim finalida polyaklar to‘sig‘idan o‘ta olamizmi?

- Finaldan ham o‘tamiz, albatta.

- Demak, ishonch katta.

- Albatta. Nima, raqiblar tarkibida o‘zga sayyoraliklar o‘ynashadimi?

- Shoshmang, Polsha termasida bu yil «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga sal qolgan Levandovski bor.

- Darvoqe, aynan Levandovski tarafdori edim, «Oltin to‘p»ni aynan unga berishlarini kutgandim. To‘g‘ri, Messi ham bunga loyiq.

- Xullas, o‘sha Levandovski Polsha terma jamoasida...

- Uni qanday to‘xtatishni murabbiy aytadi. Umuman, bizda ham ustun tomonlar yo‘q emas.

- Agar «Oltin to‘p» faqat RPL futbolchilariga berilganida, unga kim ega chiqardi?

- Kuchli uchlikni aytishim mumkin: Shimanski, Tyukavin va Jikiya. Menicha, yakunda «To‘p» birinchisi o‘ljasiga aylanardi.

- Golden Boy esa sizga nasib etardi...

- Yo‘q. O‘zim Tyukavinni tanlayman.

AYTGANCHA

Arsen Zaxaryan RPLning 2021 yilgi eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etildi. «Dinamo»ning 17 yoshli yarim himoyachisi ekspertlar ishtirokidagi so‘rovda 445 ochko olib, «Ufa» hujumchisi Gamid Agalarov (312 ochko) va klubdoshi - hujumchi Konstantin Tyukavin (238 ochko)ni ortda qoldirdi. Zaxaryan 2021 yili RPLning 27ta o‘yinida 7ta gol urishdan tashqari, 11ta samarali uzatma muallifi bo‘ldi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:05, 18.12.2021. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Вильярреал Alberto Moleyro 9
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 9
9 Сельта Borxa Iglesias 9
10 Бетис Kucho Ernandes 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.