Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Orzular teatri”da orzusiga yetishishi mumkin bo‘lgan futbolchilar yoxud MYU akademiyasidagi 7 nafar iqtidor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ga murabbiy etib tayinlanganidan keyingi ilk matbuot anjumanlaridan birida klub akademiyasi ishiga alohida etibor qaratishini aytdi. Mutaxassis MYUda har yili yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga o‘tishi mumkin bo‘lgan bir nechta o‘yinchi bo‘lishini istaydi. Nemis yosh futbolchilar bilan ishlashni yaxshi ko‘radi. Rangnikning kelishi “Yunayted” tarbiyalanuvchilari uchun yaxshi yangilik. Endi nemis mutaxassisi ularning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatilishiga ishonch hosil qilishi mumkin. Keling, biz sizlar bilan “qizil iblislar” akademiyasidan asosiy jamoaga o‘tishi mumkin bo‘lgan 7 nafar iqtidor haqida suhbatlashamiz.

 

Alvaro Fernandes

Fernandes 2020 yildan beri MYUda. Bungacha ispaniyalik futbolchi “Deportivo” va “Real Madrid” klublarining akademiyalarida o‘ynagan. Himoyachi yoshlar tarkibida o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Joriy mavsumda 18 yoshli himoyachi U-23 terma jamoasi safida barcha turnirlarda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi pozisiyasida o‘ynaydigan futbolchi uchun bu juda yaxshi ko‘rsatkichlar. Lyuk Shou va Aleks Telles hozirda “Yunayted” chap qanot himoyachisi o‘ynaydi. Raqobat zo‘r, lekin bu futbolchilarning har biri bir xil ko‘rsatkichda o‘ynay olmaydi. Fernandes, albatta, imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin.

 

Teden Mengi

Mengi U-23 jamoasi sardori hisoblanadi. O‘tgan yilning iyun oyidan boshlab himoyachi Ole-Gunnar Sulsher tashabbusi bilan bazada mashg‘ulotlarga jalb qilina boshlagan. Shu kungacha 19 yoshli markaziy himoyachida “Yunayted” asosiy tarkibida bor yo‘g‘i 2 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo uning kelajagini yorqin deb taxmin qilishadi. Futbolchi Chempionship klubi “Derbi Kaunti” safida ijara asosida o‘ynadi, shundan so‘ng u o‘z klubiga qaytdi. Rangnik yosh angliyalikni Chempionlar ligasi doirasidagi “Yang Boyz”ga qarshi o‘yinda maydonga tushirdi. “Manchester Yunayted”ning himoyadagi o‘yinlari yaxshi emas, shuning uchun yana bir himoyachi ortiqcha bo‘lmaydi.

 

Xannibal Mejbri

“Manchester Yunayted” Mejbrini 2019 yilning yozida “Monako”dan 10 million yevroga sotib olgandi. O‘shandan beri futbolchi “Yunayted” safida shug‘ullanib kelmoqda. Shu kungacha 18 yoshli yarimhimoyachi mankunianliklar safida atigi 8 daqiqa maydonga tushdi. Shu bilan birga, u Tunis terma jamoasi safida 8 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Joriy mavsumda Mejbri yoshlar jamoasi safida kam o‘ynamoqda, ammo mahalliy OAV uni vaqti-vaqti bilan eslab turadi. Misol uchun, “Manchester Evening News” nashrining fikricha, Xannibal yaqin kelajakda “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkin bo‘lgan Jessi Lingard yoki Xuan Mata o‘rnini egallashi mumkin. Mankunianliklar haqiqatan ham futbolchiga ishonishadi, chunki ular Mejbrini yaxshigina pul evaziga sotib olishgan. Shuningdek, qolgan hammasi futbolchining o‘ziga bog‘liq.

 

Antoni Elanga

Elanga Manchesterga 2014 yilning yozida “Malmyo”dan kelgan edi. Futbolchi “Manchester Yunayted”da yoshlar jamoalarining turli toifalarida o‘ynab kelgan. Hozir 19 yoshli vinger asosan U-23 tarkibida to‘p tepadi, lekin vaqti-vaqti bilan asosiy jamoaga ham jalb etiladi. Joriy mavsumda futbolchi Premyer-liga va Liga kubogida bitta o‘yin o‘tkazgan, shuningdek, Rangnik qo‘l ostida “Yang Boyz”ga qarshi o‘yinda 90 daqiqa maydonda o‘tkazgan. Shvesiyalik universal futbolchi, chunki u hujumning chap qanotida ham, markaziy hujumchi pozisiyasida ham o‘ynay oladi. Markaziy hujumchi sifatida Elanga ketma-ket uchta marta U-21 jamoasi safida gol urdi..

 

Amad Diallo

Diallo - MYUning so‘nggi xaridlaridan biri. 2021 yil boshida “Yunayted” futbolchini “Atalanta”dan 21,5 million yevroga sotib oldi. Bu yigit Manchesterda jiddiy umid qilayotganidan dalolat beradi. 19 yoshli vinger shu kungacha mankunianliklarning asosiy tarkibida 9ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kot-d’Ivuarlik futbolchi U-23 tarkibida ham 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Juda ajoyib natija. Bundan tashqari, Dialloda ham terma jamoa safidagi 3 ta o‘yin va 1 ta gol bor. Rangnik “Yang Boyz”ga qarshi o‘yinda yigitni maydonga tushirgan. Taqvim zichligini hisobga olsak, mutaxassis futbolchini asosiy tarkibga tez-tez jalb etishi mumkin.

 

Taxit Chong

 

Chong 2016 yilning yozida “Feynoord”dan “Manchester Yunayted” akademiyasiga ko‘chib o‘tgandi. O‘shandan beri u “Verder”, “Bryugge” va “Birmingem”da ijara asosida o‘ynagan. Shuningdek, 22 yoshli vinger “Manchester Yunayted”ning asosiy jamoasi tarkibida 16 o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Iyul oyida gollandiyalik futbolchi “Birmingem”ga ijaraga o‘tdi. Futbolchi chempionatda yaxshi harakat qildi - u 13 ta o‘yinda (barchasi asosiy tarkibda) maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Ko‘klar” futbolchidan mamnun edi, biroq u jiddiy jarohat oldi va tiklanish uchun Manchesterga qaytishga majbur bo‘ldi. Chong ko‘p qirrali futbolchi. U chap qanot yarimhimoyachi, hujumkor yarimhimoyachi yoki hujum orti futbolchisi sifatida ham o‘ynay oladi. Balki gollandiyalik futbolchi jarohatdan qaytganidan keyin Rangnikni hayratda qoldirishi mumkin.

 

Charli Maknill

Maknill hozirda 18 yoshda va u allaqachon “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” kabi klublar akademiyasida o‘ynashga ulgurgan. Futbolchi “qizillar”dan “Yunayted”ga o‘tdi. 2014 yilning iyulida mankunianliklar qo‘shnilaridan 16 ming yevro olib, futbolchini “shaharliklar”ga berishgan, 2020 yilning oktyabrida esa 800 mingga qaytarib sotib olishgan. Hujumchi “Manchester Yunayted” yoshlar jamoasida o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Shu kungacha angliyalik futbolchi U-23 terma jamoasi safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bungacha u U-18 terma jamoasida 23 uchrashuvda 25 ta gol urgan. Maknill barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda, “Manchester Yunayted”ning markaziy hujumchilari esa o‘zini uncha ko‘rsatmayapti. Ehtimol, ertami-kechmi Rangnik unga e’tibor qaratadi.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 15:35, 18.12.2021. O'qildi: 3925 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик