Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qiyinchiliklar vaqtida, futbolni tashlab ketar mahalim yana maydonga qaytargan inson otam bo‘ladi». Odil Ahmedov faoliyati va marhum otasi haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

2021 yil 18 dekabr kuni o‘zbek futbolining yorqin namoyondasi Odil Ahmedov faoliyatiga bag‘ishlangan kecha o‘tkazildi. Unda Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Tadbirda Odil Ahmedov so‘zga chiqib, bosib o‘tgan yo‘li, faoliyatini tugatgani haqida gapirib o‘tdi.

"Bugungi tadbirda qatnashayotganingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Har bir futbolchi vatani oldida, muxlislarni oldida o‘zining hisobot kuni bo‘lishi kerak deb o‘ylayman. Shuning uchun bugun mening hisobot kunim.

Kichkina qishloqning kichik bir oilasida dunyoga keldim. Futbolga qiziqishim judayam kuchli bo‘lgan. Onajonim futbolga qiziqishimni bilardi, lekin vaqt o‘tib, terma jamoa sardori bo‘lishimni xayoliga keltirmagani aniq. Yoki akam, opam men uchun borini berardi, ammo vaqti kelib, «Paxtakor»ning yetakchi futbolchisi bo‘lishimga ishonmagan. Juda ko‘p inson mening bu darajaga chiqishimga ishonmagan. Lekin bitta inson har doim menga: «O‘zbekistonning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishing kerak», «Terma jamoa sardori bo‘lishing kerak», «Sen Yevropada o‘ynashing kerak», deb, qiyinchilik mahalda, futbolni tashlab ketar mahalim, yana maydonga qaytargan inson otam bo‘ladi. U kishini orangizda bo‘lishini xohlagandim, afsus, endi yonimizda yo‘q.

Har bir narsani boshi va oxiri bor. Yaqinda O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyatimni yakunlaganimni e’lon qilgandim. Bugun yana bir o‘zim uchun qiyin qaror qabul qildim. Bugun sizning ko‘z oldingizda futbolchilik faoliyatimni tugatganimni e’lon qilaman. Bu juda og‘ir qaror. Bir umr futbolga oshno bo‘lganman, endi undan ayrilish juda ham qiyin. Ko‘pchilik futbol o‘ynashda davom etishim kerakligini ta’kidladi. Men uchun futbol o‘ynash — maydonda borini berish deganidir. Shunchaki familiya maydonda yurishi kerak emas. Shuning uchun ushbu qarorimni to‘g‘ri deb qabul qilaman. Shu fursatdan foydalanib, men bilan birga ishlagan, Namanganda, Toshkentda professional futbolgacha olib borgan barcha murabbiylarimga, professional futbolda esa barcha terma jamoalardagi barcha murabbiylarga, ayniqsa, meni xalqqa tanitib, Odil Ahmedov bo‘lishimga yordam bergan «Paxtakor» jamoasiga, O‘zbekiston terma jamoasidagi murabbiylarga, mutasaddilarga, O‘FAning sobiq prezidenti Mirabror Usmonovga, hozirgi prezident Abdusalom Azizovga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Oilamga, do‘stlarimga, barcha yaqinlarimga rahmat deyman. «Krasnodar», «Anji», «Shanxay» va Xitoydagi barcha klublarimga gaplarim juda ko‘p. Hozir judayam hayajondaman. Aslida bu yerda ota-onam turishga haqli. Ulardan minnatdorman. Sportga, ayniqsa, futbolga katta e’tibor qaratayotgan muhtaram prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

So‘zim so‘ngida yosh futbolchilarga aytadigan gapim bor: orzu qiling, maqsad qiling, harakat qiling, albatta erishasiz. Biz, albatta Jahon Chempionatiga chiqamiz. Rahmat e’tibor uchun", — dedi Odil Ahmedov.

Odil Ahmedovning otasi Olimjon Ahmedov 2020 yilning 31 oktyabrida 65 yoshida vafot etgandi.

Ahmedov shu kungacha Xitoyning «Sanchjou Mayti Layons» klubi safida to‘p surib kelayotgandi. Ungacha esa «Paxtakor» (2006—2011), «Anji» (2011—2014), «Krasnodar» (2014—2016) va «Shanxay SIPG» (2017—2021) kabi jamoalarda to‘p surgan.

Ahmedov 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga chiqa olmaganidan keyin 2021 yilning 19 iyun sanasida terma jamoadagi faoliyati yakunlanayotganini e’lon qilgandi. Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyut o‘yinini 2007 yil 13 oktyabrda Xitoy Taypeyiga qarshi (9:0) o‘tkazgan. 34 yoshli futbolchi mamlakat bosh jamoasi safida 108 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta golga mualliflik qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:32, 18.12.2021. O'qildi: 3125 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик