Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rangnik – van de Bek uchun ideal murabbiy (mi?). Mutaxassis kelgandan keyin gollandiyalikning “Manchester Yunayted”dagi o‘rni qanday bo‘ladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2020 yil yozgi transferlar oynasida “Manchester Yunayted” ajoyib futbolchi bilan shartnoma imzoladi – 39 million yevro evaziga “Ayaks” jamoasi yetakchilaridan biri Donni van de Bekni qo‘lga kiritishdi. Donniga qit’aning ko‘plab top-klublari da’vogarlik qilishdi, ammo Manchester klubi qolganlardan ancha ildamroq harakat qilishdi. “Qizil iblislar” muxlislari bu transferdan juda xursand bo‘lib, gollandiyalik futbolchi “Old Trafford”da o‘zini qanday ko‘rsata olishini intiqlik bilan kutishdi.

“Manchester Yunayted”ning yangi o‘yinchisining yoshi muxlislar va mutaxassislarda yanada ko‘proq xursandchilik uyg‘otdi. Angliyaga ko‘chib o‘tganda van de Bek atigi 23 yoshda edi, biroq yosh bo‘lsa-da, unda katta o‘yin tajribasi bor edi – Gollandiya Erediviziyasida yuzdan ortiq o‘yin, shuningdek, Chempionlar ligasi musobaqasidagi o‘ndan ortiq o‘yin. Donnining ko‘p qirraliligi bilan birlashganda, kelishuv Manchester klubi uchun juda muvaffaqiyatli bo‘lib tuyuldi, lekin aslida voqealar boshqa yo‘nalishda rivojlana boshladi ...

Van de Bek Angliya Premyer-ligasida debyut qildi. O‘tgan yilning 19 sentyabr kuni “Kristal Pelas”ga qarshi uy uchrashuvning 67-daqiqasida Pol Pogba o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Donni jamoasining yagona goli muallifiga aylandi. Ammo gollandiyalik futbolchi jamoadagi o‘z o‘rnini mustahkamlay olmadi, bu esa Ole-Gunnar Sulsherni van de Bek uchun eng yaxshi joy zaxira o‘rindig‘i ekanligi haqidagi fikrning uyg‘otishga olib keldi.

 

Natijada, van de Bek 2020/21 yilgi Premyer-ligada 19 ta o‘yin o‘tkazdi, shundan bor-yo‘g‘i 4 tasi asosiy tarkibda boshlangan. Yarimhimoyadagi jiddiy muammolarga qaramay, Pol Pogba ham, Fred ham, Skott Maktominay ham barqaror bo‘lmagan bo‘lmagan bo‘lsa-da, gollandiyalik Sulsherning ikkinchi o‘rindagi tanlovi edi.

2021 yilning yozida “Manchester Yunayted” va Sulsherning van de Bekni qo‘yib yuborishdan boshqa iloji yo‘qdek tuyuladi. Gollandiyalik futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak edi va “qizil iblislar” o‘yinchini ijaraga berish yoki uni qaytarib sotib olish sharti bilan boshqa jamoaga transfer qilishga harakat qildi. Ammo, so‘nggi 12 oy ichida Donnining potensial qiymati yarmiga tushib ketgan.

Ammo, shunday bo‘lsa ham van de Bek “Old Trafford”da qolishga qaror qildi va Sulsher o‘z sharhlaridan birida gollandiyalikga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishga va’da berdi. Vaqt ko‘rsatganidek, norvegiyalikning so‘zlariga ishonish qiyin edi, chunki uning o‘zi klubda qolish uchun kurashishi kerak edi va buning uchun Ole-Gunnar tajribali kadrlarga tayanishni afzal ko‘rdi. Sulsher ishdan bo‘shatilgan vaqtda van de Bek “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i 6 ta o‘yinda maydonga tushgandi.

Qizig‘i shundaki, Sulsher “Manchester Yunayted” boshchiligidagi so‘nggi “Uotford”ga qarshi mehmondagi o‘yinning ikkinchi yarmida van de Bekni maydonga tushirdi. Bu vaqtga kelib mezbonlar ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonayotgan edi va norvegiyalikning shunday tanqidiy pallada asosiy tarkibda o‘zi eng kam ishonadigan odamidan umid qilish qarori ochig‘i, hayratda qoldirdi. Balki bu faqat norvegiyalikning iztirobi bo‘lgandir, ammo van de Bek maydonda bor-yo‘g‘i 5 daqiqa vaqt topib, Krishtianu Ronalduning uzatmasi bilan hisobni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolaversa, gollandiyalik futbolchi yakkakurashlarda g‘alaba qozonish foizi (67%) bo‘yicha MYU lagerida eng yaxshisi bo‘lib chiqdi va umuman olganda, u o‘z faolligi bilan maydonda ajralib turdi. Ammo, 69-daqiqada mehmonlarning markaziy himoyachisiga nisbatan qoida buzgan Garri Maguayrga qizil kartochka olgani Sulsher jamoasiga ko‘proq narsa uchun kurashishga va hech bo‘lmaganda bir ochkoni saqlab qolishga imkon bermadi. Qolaversa, uchrashuv yakuni arafasida “Yunayted” o‘z darvozasidan yana ikkita gol o‘tkazib yubordi va turnir autsayderlaridan 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragani Sulsherning bosh murabbiylik lavozimidan ketishiga sabab bo‘ldi.

Sulshersiz “Manchester Yunayted”ning navbatdagi rasmiy o‘yinida, van de Bek “Vilyarreal”ga qarshi Chempionlar ligasidagi muhim o‘yinida asosiy tarkibga maydonga tushdi. Mazkur bahsda Donni “Uotford”ga qarshi o‘yindagidek zo‘r o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, baribir tirishqoqligi bilan yaxshi taassurot qoldirdi.

Premyer-liga doirasidagi “Chelsi”ga qarshi o‘yin oldidan Karrik matbuot anjumanida van de Bekni maqtadi: “Donni – juda ko‘p qirrali futbolchi. U bir nechta pozisiyalarda o‘ynay oladi, butunlay boshqa funksiyalarni ham bajara oladi”.

“Ayaks” va Gollandiya terma jamoasida ham van de Bek shu kabi fazilatlarni namoyon etadi. Uning ko‘p qirraliligi - bu haqiqat. 

Ammo Maykl Karrik jamoa boshqaruvida uzoq qolmadi. “Arsenal” ustidan qozonilgan ajoyib g‘alabadan so‘ng (3:2) mutaxassis klubdan ketishini e’lon qildi va germaniyalik Ralf Rangnik tez orada “qizil iblislar”ning murabbiyiga aylandi. Bu mutaxassis pressingning otasi sifatida tanilgan – bosim qilishga odatlangan futbolning nemischa versiyasi. Uning qo‘l ostidagi o‘yinchilar barcha vaziyatlarida, hatto to‘psiz ham doimiy ishtirok etishlari talab etiladi.

Bu Van de Bek uchun asosiy tarkib futbolchisi bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat, chunki Gollandiyada pressingli futbol asoslari bir necha o‘n yillar oldin joriy qilingan va Donni tarbiyalanuvchisi bo‘lgan “Ayaks” akademiyasida ham shunga o‘xshash sxemada o‘ynashadi. Ammo, shuni unutmasligimiz kerakki, Rangnik yaxshi ko‘radigan shiddatli o‘yin uchun futbolchi optimal jismoniy holatda bo‘lishi kerak va van de Bekda bo‘lgan bunday chigal o‘yin jadvalidan so‘ng gollandiyalik ba’zi muammolar bo‘lishi mumkin.

Hozircha van de Bek “Manchester Yunayted”ga moslashish uchun ikkinchi imkoniyatga ega bo‘ldi. Xususan, Rangnik Donniga Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidagi “Yang Boyz”ga qarshi to‘liq o‘yin o‘tkazishga imkonberdi va umuman olganda, gollandiyalik juda munosib o‘yin ko‘rsatdi. Uning hisobida 107 ta pas bo‘lib, ulardan 78 foizi sheriklariga muvaffaqiyatli yetib borgan. Bundan tashqari, van de Bek 23 ta yakkalik kurashda qatnashib, ularning 57 foizida g‘alaba qozonganini, shuningdek, darvoza tomon 12 ta zarba amalga oshirgan. Bu Donni uchun 2019 yil noyabr oyidan beri maksimal ko‘rsatkich bo‘ldi. U “Ayaks” futbolchisi sifatida “Lill”ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida shunday 13 ta harakatni amalga oshirgan edi.

Demak, nazariy jihatdan Rangnik van de Bek uchun “Manchester Yunayted”da deyarli ideal murabbiyga aylanishi mumkin, bunda Donni faoliyatini qayta tiklay oladi va nihoyat “Old Trafford”ning haqiqiy egalaridan biriga aylanadi. Agar bu safar ham nimadir noto‘g‘ri bo‘lsa, keyingi transfer oynasida klub ham, futbolchi ham qat’iy qaror qabul qilishi kerak.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 17:36, 20.12.2021. O'qildi: 2913 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик