Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aguero futbolni tark etdi. U bu bilan kimlarning taqdirini takrorladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Manchester Siti» klubi afsonasi kutilmaganda o‘z faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi. Afsuski, Aguero o‘zi sevgan klub «Man Siti»da emas, balki «Barselona»da futbol bilan xayrlashdi(33). Ushbu voqea o‘tgan oyda, o‘yinlarning birida futbolchining maydonga yiqilib tushishi bilan boshlandi. Ko‘p o‘tmay, Serxioning yurak bilan bog‘liq muammoga duch kelganligi oydinlashdi. Futboldan ketishga majburlik – bu ushbu o‘yinning eng sovuq haqiqatlaridan biri hisoblanadi. Bunda futbolchilar kutilmagan jarohatlar sabab yoxud futbolga bo‘lgan mehri yo‘qolib qolgani tufayli faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Afsuski, shunday voqealarga tarix ko‘p marta guvohlik bergan. Quyida esa aynan Kun Aguero singari sevimli kasbidan erta mosuvo bo‘lganlar haqida gap boradi.

Erik Kantona

«Manchester Yunayted»ning barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchilaridan biri va o‘ziga xos xarakter sohibi bo‘lgan Kantona, 1997 yilda butun dunyoni hayratga solib, boshqa futbol o‘ynamasligini bildirgan edi. O‘shanda u endigina 30 yoshni qarshi olgan. «Qizil iblislar» jamoasi ramziga aylanib qolgan hujumchi juda erta futboldan ketdi va bir nechta yirik turnirlarda qatnashish baxtidan mosuvo bo‘ldi. Jumladan, u ketganidan ko‘p o‘tmay, «MYU» trebl bilan katta sahnaga chiqadi(1999 yil, YECHL). Qolaversa, Fransiya terma jamoasi 1998 yilda Jahon chempionatini qabul qilib, o‘zlari turnir g‘olibiga aylanadi. Ammo bu paytda Kantona jamoa ichida yo‘q edi.

Brian Laudrup

Ushbu nomni uning akasi, Mikael(Laudrup) bilan chalkashtirmasligingizni so‘ragan bo‘lardik. Brian ham futbol tarixida alohida nom sifatida e’tirof etiladi. Haqiqatdan ham futbolchi o‘zgacha uslub sohibi edi. U «Milan» bilan birga YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, Laudrup to‘rt marta o‘z yurti Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. Ming afsuslar bo‘lsinki, tuganmas jarohatlar futbolchini erta sindirib qo‘ydi. U atigi 31 yoshida, 2000 yilda futboldan ketdi.

Marko van Basten

Golga eng xaris futbolchilardan biri. U raqib darvozasi oldida go‘yo yirtqich maxluqqa aylanar edi. Van Basten o‘z faoliyati davomida uch marta FIFAning «Oltin to‘p»ini qo‘lga kiritgan. Afsuski, Niderlandiya terma jamoasi afsonasi 31 yoshida futbolni tark etdi. Uning o‘ziga xos qobiliyatiga hatto Diyego Maradona ham tan bergan edi. Undan sevimli futbolchisi haqida so‘ralganda, Maradona shunday deydi: «Mening eng yoqtirgan futbolchim Romario hamda Marko van Bastenning o‘rtasida». Chindan ham Marko kabi talantlar kamdan-kam topiladi.

Xidetoshi Nakata

Nakata 1997 yilda Italiya A seriyasida harakat qilgan ikkinchi yapon futbolchisiga aylangan edi. Keyinchalik, italyan futboli dunyodagi eng yaxshisi deya e’tirof etiladi. Yapon futbolchisi tug‘ma texnikaga ega edi. U butun dunyoga yapon futbolini tanitadi. Osiyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida Nakata 1997 yilda Italiyaning «Peruja» klubiga borib qo‘shiladi. U ham jarohatlar sabab 29 yoshida futboldan ketdi. Keyinchalik esa model bo‘ldi hamda moda olamida faoliyat yuritdi.

Jyust Fonten

Yana bir sobiq fransuz futbolchisi milliy terma jamoadagi harakatlari bilan tanilgan edi. U termada gol urish bo‘yicha eng yaxshi markaziy hujumchi sifatida qaraladi. Fonten hali ham FIFA Jahon chempionatining bitta musobaqasida eng ko‘p gol urish bo‘yicha yetakchi sanaladi. U 1958 yigi mundialda Fransiya terma jamoasi tarkibida 13ta golga mualliflik qilgan edi. Ammo u bilan ham qayg‘uli voqea yuz berdi. Jiddiy jarohat olgan Fonten, 28 yoshida futboldan ketdi.

Shunday qilib, Serxio Aguero kabi ular ham juda juda erta o‘z muxlislarini tashlab ketishdi. Ammo ajoyib harakatlari bilan jahon futbolining haqiqiy darg‘alari sifatida o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:11, 20.12.2021. O'qildi: 3115 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.