Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jahon chempionatining 2 yilda o‘tkazilishi FIFAga 3 milliard dollar foyda olib keladi. UYEFA va KONMEBOL nega qarshilik qilmoqda? Mundial 2 yilda o‘tkazilishi O‘zbekiston terma jamoasiga qanday foyda keltiradi?

Baho:
+1 | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

FIFA asosiy futbol turniri, jahon chempionatida katta o‘zgarishlarni boshlaydi - 2026 yildan boshlab jahon chempionatida 48 ta jamoa qatnashadi. 2022 yilda bo‘ladigan Qatardagi mundialga 32 ta jamoa keladi.

Ammo, bu futbol mutasaddilari rejalashtirayotgan ikkita yirik islohotdan faqat bittasi. Ikkinchisi, har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o‘tkazish haqidagi fikrni ilgari surmoqda. Biroq, ushbu g‘oyaga Yevropa ittifoqi hali ham qarshilik ko‘rsatmoqda.

FIFA uchun asosiy plyus - bu katta foyda

Dushanba kuni FIFA “Nielsen” konsalting kompaniyasi tadqiqotini taqdim etdi: har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan jahon chempionati tufayli tashkilot 3,8 milliard yevro ko‘proq foydaoladi. Hozirda FIFA 6,2 milliard yevro foyda ko‘radi, mundialni 2 yilda bir o‘tkazi esa daromadni 10 milliard yevrodan ko‘proqqa oshishiga olib keladi.

FIFAga a’zo davlatlarning (barcha 211 assosiasiya vakillari ishtirok etgan) onlayn sammitida ma’lum bo‘lishicha, ushbu qo‘shimcha foydaning katta qismi (3 milliard yevro) tashkilotning umumiy fondiga yo‘naltiriladi va har bir assosiasiya qo‘shimcha mablag‘ oladi. Bu summa taxminan 15-16 million yevroni tashkil qiladi. Bu degani, mundial oldidan O‘zbekiston terma jamoasi ham shu atrofidagi pulga ega bo‘lishi va ehtmoliy JCH ishtiroki bo‘lishi mumkin. Ammo pulning aniq qanday taqsimlanishi hozircha aniq emas.

Sammitda so‘zga chiqqan Janni Infantino islohot sabablari haqida shunday dedi:

 

“Siz butun dunyoga: “Bizga pul bering va televizorda tomosha qiling”, deb ayta olmaysiz. Men tushunaman, ba’zi mamlakatlar haftasiga ikki marta o‘z jahon chempionatini o‘tkazishadi, chunki u yerda dunyoning eng yaxshi futbolchilari o‘ynashadi. 

Ammo boshqa mamlakatlar, mintaqalar va hatto qit’alardagi muxlislar na jahon chempionatini, na o‘z mamlakatining eng yaxshi futbolchilarni ko‘rishadi. Biz 140 ta davlatdagi 100 mingdan ortiq muxlislarni so‘rov o‘tkazdik va ular jahon chempionatini tez-tez o‘tkazilishini xohlashlarini aniqladik”.

 

O‘zgartirishlar tashabbuskorlaridan biri Arsen Venger ham yosh muxlislar haqida gapiradi:

“Hozirda yoshlar barcha sport turlariga tezda ko‘nikishadi. Agar, ular futbol o‘ynamasa,boshqa sport turiga o‘tib ketishadi”.

 

Yevropa futboli islohotga qarshi

UYEFA FIFAga javob berdi - Yevropa futbol rasmiylari baholashni “Oliver & Ohlbaum” konsalting kompaniyasiga topshirdi. Jahon chempionati islohotidan ko‘rilgan yo‘qotishlar to‘rt yillik siklda 2 dan 6 milliard yevrogacha bo‘ladi.

Noyabr oyida Jahon ligalari forumi ham vaziyatni baholadi: jahon chempionati har ikki yilda o‘tkazilishi Yevropa chempionatlari va UYEFAni deyarli 8 milliard yevrodan mahrum qiladi. Ya’ni bu yo‘qotish televideniye va reklama shartnomalaridan ortidan kelib chiqadi.

 

Murabbiylar ham bo‘lajak islohot haqida gapirishdi 

“Dunyoda bunday shafqatsiz jadvalga ega boshqa sport turi yo‘q”, deydi Yurgen Klopp. - Nega bunday bo‘layotganini hammamiz bilamiz. Odamlar turli mamlakatlarga imkoniyat berish haqida nima desalar ham, oxir-oqibat hammasi pulga borib taqaladi. Shunday payt kelishi kerakki, barcha federasiyalar bir joyga o‘tirib, nafaqat o‘z manfaati haqida, balki o‘yin haqida o‘ylay boshlashsin. Men allaqachon 54 yoshdaman va bu sodir bo‘ladigan paytni ko‘rish uchun yashashimga ishonchim komil emas".

 

Ammo Gvardiola boshqacha fikrda:

“Jahon chempionati ajoyib. Bu eng muhim turnir va men tomoshabin sifatida uni tomosha qilishni yaxshi ko‘raman. Har 2 yilda bir marta jahon chempionatini tomosha qilish ajoyib bo‘lardi. Men Arsen Vengerni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman, agar jahon chempionati bo‘lmasa, uning o‘rniga boshqa turnir kerak, masalan, Konfederasiyalar kubogi. Klublar va ligalar o‘z pozisiyalarini himoya qiladi, FIFA o‘z pozisiyasini himoya qiladi, UYEFA o‘z pozisiyasini himoya qiladi. Shuning uchun ham jahon futbolidagi yangi g‘oyalar muhokamasi bema’nilik bo‘lib ko‘rinadi, chunki hamma faqat o‘zini o‘ylaydi”.

 

FIFA tashabbusi Afrika futbol konfederasiyasi va Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi (mamlakat vakili so‘rovnomani muhokamaga qo‘ydi). Ammo, UYEFA KONMEBOL (Janubiy Amerika Konfederasiyasi) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi - assosiasiyalar Millatlar Ligasini birgalikda o‘tkazishga kelishib oldilar. Navbatdagi qur’a tashlash marosimida Janubiy Amerikaning 10 ta jamoasi ishtirok etadi. Ammo, Vengerning rejasiga ko‘ra, jahon chempionati har ikki yilda bir marta o‘tkazilsa, unda terma jamoalar soni qisqaradi. Doimiy xalqaro to‘xtalishlar faqat ikkita marta bo‘lib o‘tadi: biri oktyabrda saralash uchun, ikkinchisi esa yozda turnir o‘tkaziladi. Yangilangan Millatlar Ligasiga shunchaki vaqt qolmadi. Ammo, vaziyat qay holda bo‘ladi, buni aniqlash uchun esa shunchaki vaqt kerak.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 10:26, 22.12.2021. O'qildi: 3445 marta. Fikrlar: 29 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.