Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL standartlarga sobit, biroq...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Angliya klublari bu safargi Boxing Day kuni uy o‘yinlariga mo‘ljallangan asosiy futbolkadan voz kechib, zaxira liboslarida maydonga tushishga tayyor edi. Ammo APL rahbariyati uysizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu aksiyaga qarshi chiqdi. Nega?

Ha, oxirgi Boxing Day o‘zgacha bo‘lishi mumkin edi: APLning barcha klublari 26-27 dekabr kunlari mehmondagi o‘yinlar uchun mo‘ljallangan formalar yoki zaxira liboslardan foydalanishga rozilik bergandi. Shelter xayriya muassasasi klublarni bayram o‘yinlarida uy formasidan voz kechib, boshpanasizlarni qo‘llab-quvvatlash, shu asnoda jamoatchilik e’tiborini tortishga chaqirdi. Tashkilot bunda barcha klublarga maxsus taqdimot yuborib, 26-27 dekabr kunlariga belgilangan uy uchrashuvlarida asosiy formadan voz kechishni so‘radi, shuningdek, foydalanilgan futbolkalarni o‘yin­dan keyin xayriya auksioniga topshirishni ham. Bu g‘oyani jumladan, «Tottenxem» birinchilardan bo‘lib qabul qildi, ammo APL rahbariyati standart mezonlar muhimligini aytib, aksiyaga qarshi chiqdi.

No Home Kit aksiyasidan ko‘zlangan maqsad, ma’lum mablag‘ yig‘ish barobarida jamoatchilikka uysizlar muammolari haqida yana bir bora bong urish edi. Aslida g‘oyani amalga oshirishga hech narsa xalaqit bermasdi. Deylik, jamoalar liboslari ranglarida chalkashlik bo‘lmasligini osongina ta’minlash imkoni bor edi. Ko‘plab klublar harakatni darhol qo‘llab-quvvatladi, ammo APL noyabr oyidayoq g‘oya standartlarga zid ekanligini bildirdi: «Bu qoi-dalarga muvofiq emas. Zero, mezbon jamoalar faqat asosiy formada maydonga tushishi kerak».

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik APLning ushbu qarorini tushunmadi. E’tirozlar ham yetarli. Chunonchi, angliyalik futbol mutasaddilari yaqindagina qoidalardan istisno tariqasida chetga chiqib, Krishtianu Ronalduning «MYU»da 7-raqamni olishiga ruxsat berishdi. Vaholanki, qoidalarga ko‘ra, futbolchilar mavsum startida belgilangan raqamni saqlab qolishlari kerak. «MYU»ning 7-raqami ostida esa Edinson Kavani ro‘yxatga olingandi. «Tasavvur qiling-a, boshpanasizlarga ozgina mablag‘ yig‘ish va ularning muammolarini ko‘tarishga qaratilgan aksiya rad etildi. To‘g‘ri, klublar jiddiyroq turganida, rahbariyat o‘z fikrini o‘zgartirarmidi?» - deya e’tiroz bildirdi Gari Nevill «Tvitter»dagi sahifasida. Ammo APL bu gal o‘z pozisiyasida qat’iy turdi: «Premyer-ligaga har mavsum xayriya tashkilotlaridan juda ko‘plab so‘rovlar tushadi, afsuski, ularning barchasini qo‘llab-quvvatlash imkoni yo‘q. Ha, klublar mustaqil ravishda xayriya tadbirlarini qo‘llash huquqiga ega. Faqat bunda APL qoidalaridan chetga chiqmaslik talab etiladi».

Aytish o‘rinli, «Tottenxem» bu harakatni imkoni boricha qo‘llab-quvvatladi, baribir. Ya’ni Antonio Konte shogirdlari «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin oldidan chigalyozdi mashg‘ulotlarini o‘tkazishga zaxira libosida tushishdi. Futbolkalarda - No Home Kit aksiyasi xeshtegi. Klub, shuningdek, muxlislarni ham 1ta o‘yinda uy formasidan voz kechishga chaqirdi. Bu borada stadionda alohida yozuv ham paydo bo‘ldi.

*** «Uotford» koronavirus ta’siri o‘laroq, o‘ynagani yo‘q, shunga qaramay, klub rahbariyati muxlislarni aksiyaga qo‘shilishga undadi.

*** Angliya futbol ligasi (Chempionship, Liga 1 va Liga 2) bu masalada ortiqcha muammo ko‘rmadi, shuning uchun quyi divizionlarda aksiya amalga oshdi.

So‘z

No Home Kit aksiyasiga imkon qadar ko‘proq jamoalar qo‘shilishini istadik. Qolaversa, futbolchilar va muxlislar ham boshpanasiz odamlarning muammolariga befarq qaramasliklarini xohladik. No Home Kit aksiyasining har bir ishtirokchisi uy-joy bilan bog‘liq muammolarni hal etishda futbol jamoatchiligini birlashtirish uchun muhimdir. Usama Bxutta (Shelter xayriya tashkiloti direktori).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:08, 07.01.2022. O'qildi: 1381 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик