Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Saudiyaliklar endi «Inter»ni nishonga olishdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Aftidan, Saudiya Arabistoni sport imperiyasi qisqa muddatda kengayadigan ko‘rinadi - International Business Times xabariga ko‘ra, yaqin orada «Inter»da yangi xo‘jayinlar paydo bo‘ladi. Hozirda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda, tez kunda kelishuv haqida axborot beriladi.

*** Saudiya Arabistoni investisiya fondi (PIF) 1 milliard dollar evaziga «Inter» aksiyalarining nazorat paketini xarid qiladi. Ayni payt faqat yuridik masalalarni hal qilish qolgan, xolos.

*** «Inter»ning hozirgi egalari - Xitoyning Suning korporasiyasi - ikki yildan buyon investorlarni qidirmoqda. Chin yurti vakillari «neradzurrilar»ning 70 foiz aksiyasiga ega, ular klubni 2016 yilda sotib olishgan, biroq murakkab moliyaviy holat tufayli «Inter»ga pul sarflay olmadilar, 2020 yilgi chempionlikdan keyin esa yetakchilarni - misol uchun, Lukaku va Hakimini sotishga majbur bo‘lishdi. Antonio Konte ham ayni sabab tufayli Milan jamoasini tark etdi - klub yangi futbolchilar uchun pul ajratishga tayyor emasdi.

*** «Inter» PIF qurayotgan imperiyada ikkinchi jiddiy futbol jamoasi bo‘ladi - yaqinda saudiyaliklar «Nyukasl»ni sotib olishgandi. Saudiya Arabistoni futbol olamida muhim «o‘yinchi»lardan biriga aylanishni, ushbu biznesda ancha tajriba to‘plab ulgurgan BAA va Qatarga («Man-ches­ter Siti» va «PSJ»ni unutmagandirsiz?) yetib olishni rejalashtirgan.

*** Saudiyaliklarning «Inter»ni xarid qilishlari haqidagi gap-so‘zlar yil avvalida boshlangan, ammo Milan jamoasi ularni rad etgandi. Suning 10 dekabrda ham arab investorlariga doir har qanday muzokaralardan o‘zini uzoq tutayotgandi. Lekin ko‘rinishidan, bo‘lajak kelishuv xususida gaplashishni istashmagan, shekilli.

 

Saudiya Arabistoniga bundan qanday naf?

Dastlab PIF davlat fondi ekanligidan boshlasak. U mamlakat hukumatiga tegishli bo‘lib, shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan boshqariladi. 2009 yili u o‘sha kezlari Riyod provinsiyasi gubernatori hisoblangan, otasi Salmonning maslahatchisi bo‘lgan. 8 yil davomida shahzoda hamda mamlakatdagi asosiy shaxs maqomigacha ko‘tarildi - qirol Salmon hozir 86 yoshda.

Muhammad 2017 yili shahzoda bo‘lgan, o‘shandayoq mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbariga aylangan, qirollik oilasi atrofida yirik hibsga olishlarga bosh-qosh bo‘lgan - korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblanib, 11 nafar shahzoda qo‘lga olingan, umumiy hisobda jinoyatchilar soni 500dan oshgan. Ushbu ish tufayli shahzoda hukumatning uchta tarmog‘i ustidan nazoratni qo‘lga olgan - sobiq qirol Abdullo fraksiyasi ta’siri yo‘qqa chiqqan.

Muhammad Saudiya Arabis­toni iqtisodiyoti diversifikasiyasini boshqaradi - ushbu loyiha Vision 2030 deb nomlanadi (shuningdek, uni MBS Vision deb ham atashadi). Mazkur loyiha asosida mamlakatda quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:

a) neftga bog‘liqlikni kamaytirish;

b) sayyohlarga, xususan, Yevropa va amerikaliklar tashrifiga yanada ko‘proq yo‘l ochish;

v) asosiy tijoriy sheriklar oldidagi imidjni yanada yaxshilash. Aynan Muhammad boshqaruvi davrida arabistonliklar sayyohlik vizalari berishni yo‘lga qo‘yishdi - 2018 yilda esa Saudiya Arabistonidagi ayollarga avtomobil boshqarish huquqi ham berildi.

Ammo hammasi bir tekis emas - Saudiya Arabistoni, muayyan jihatlar bo‘yicha liberalizasiyani amalga oshirayotganiga qaramay, inson huquqlari poymol etilayotganligi sabab, baribir, keskin tanqidlarga uchramoqda. 2018 yili jurnalist Jamol Xashoggi o‘ldirilgach, qotillikni tashkil etishda aynan bin Salmon aybdor deb topildi, chunki Xashoggi uni muntazam tanqid qilgan, uning boshqaruv uslubini avtoritar deb hisoblagan.

Shu bois, Vision 2030ning vazifasiga nafaqat iqtisodiyotni diversifikasiya qilish, balki mamlakatning jahondagi imidjini yaxshilash ham kiradi. G‘arb politologiya-sida Sportswashing termini mavjud. Uning soddaroq tarjimasi - «sport orqali o‘zini oqlash». Saudiya Arabistoniga taalluqliligi aytilayotgan avtoritar tuzumlar G‘arbdagi kompaniya va klublarga investisiya kiritmoqda, bu esa G‘arbda kuchli pozisiyaga ega huquq-tartibot tashkilotlarida turli savollarni keltirib chiqarmoqda. Xashoggining o‘limi - «Nyukasl» saudiyaliklar tomonidan sotib olingan pallada eslangan yagona voqea emas.

«Xuddi «Formula-1», boks, golf yoki tennisda bo‘lgani kabi, yuqori darajadagi futbolga bog‘liqlik - obro‘siga putur yetgan shaxs yoki mamlakat uchun ajoyib vositadir», - degandi Amnesty International direktori Sasha Deshmukx. Chindan ham, Saudiya kompaniyalari ko‘plab homiylik shartnomalariga ega. Jumladan, neft ishlab chiqarish bo‘yicha davlat monopolisti, jahondagi eng yirik kapitalizasiya sohibi bo‘lgan Saudi Aramco yaqinda Saudiya Arabistoniga «Formula-1» bos­qichlaridan birini (mavsum-2021dagi so‘nggi raundlardan biri bo‘lgani sabab, chempionlik poygasiga e’tibor juda katta edi) olib keldi. Bundan oldin esa eng nufuzli avtosportning 60 million dollarlik shartnomaga ega bosh homiylaridan biriga aylangandi.

Saudiyaliklar futbolda faqatgina «Inter» va «Nyukasl» bilangina cheklanib qolmoqchi emaslar. Fransiya-ning «Marsel» hamda Braziliya top-klublaridan biri ham ularning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Buni texnologiya, sport va boshqaruv bo‘yicha xalqaro konsultant, Yaqin Sharqdagi o‘nlab moliya vazirlari bilan hamkorlik o‘rnatgan Andrea Dzanon tasdiqladi.

«Ushbu jamoalarni qo‘lga kiritish Vision 2030 uchun muhim sanalgan (asosiylar sifatida iqtisodiyotning 13ta sektori tanlab olingan, ular orasida futbol va turizm ham bor) strategik investisiyalarga ham mos tushadi. Bu Saudiya Arabistoni transformasiyasining asosidir», - deydi Dzanon.

Ko‘rinib turibdiki, futbol olamida yangi «o‘yinchi» paydo bo‘ldi.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:55, 10.01.2022. O'qildi: 3420 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик