Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba.

  • Superliga
      • 08.08.2026 19:00
      • Neftchi
      • 5:0
      • Qizilqum
      • 08.08.2026 19:30
      • Bunyodkor
      • 2:3
      • OKMK
      • 08.08.2026 20:00
      • Nasaf
      • 0:0
      • Qo‘qon-1912
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar.

16-тур So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-тур Paxtakor 2-2 Buxoro
16-тур Surxon 0-1 Navbahor
16-тур Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-тур Xorazm 2-0 Mash’al
16-тур Neftchi 5-0 Qizilqum
16-тур Bunyodkor 2-3 OKMK
16-тур Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11879 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 09.08.2026

      07:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Ремо" - "Атлетико Минейро".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Флуминенсе".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      16:00 "Непобедимый".
      16:30 Чемпионат Бразилии. "Ремо" - "Атлетико Минейро".
      18:30 "Наши иностранцы".
      18:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Мирасол". Прямая трансляция.
      20:55 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Флуминенсе".
      22:55 Д/ф "Месси".
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
      02:00 "Бесконечная история". "1999 год".
      02:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Коринтианс". Прямая трансляция.
      04:30 Д/ф "Марадона Кустурицы".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 09.08.2026

      05:40 Плавание на открытой воде. Чемпионат Европы во Франции. Смешанная эстафета.
      07:35 "Эволюция спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      09:30 Хай-дайвинг. Чемпионат Европы во Франции. Женщины.
      10:25 Хай-дайвинг. Чемпионат Европы во Франции. Мужчины.
      11:40 Стендовая стрельба. Профессиональная лига спортинга в Санкт-Петербурге.
      13:05 Маунтинбайк. Чемпионат Европы в Швейцарии. Мужчины. Кросс-кантри.
      15:00 "Команда мечты".
      15:30 LIVE Всероссийская спартакиада 2026. Скейтбординг. Женщины. Прямая трансляция.
      16:45 Д/ф "Шахматные партии Холодной войны", 3 с. "Спасский против Фишера".
      17:30 LIVE Всероссийская спартакиада 2026. Скейтбординг. Мужчины. Прямая трансляция.
      18:50 "География спорта". Боровск.
      19:15 Всероссийская спартакиада 2026. Синхронное плавание. Дуэты. Произвольная программа.
      20:55 "Эволюция спорта".
      21:25 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      22:55 Всероссийская спартакиада 2026. Бадминтон.
      02:10 "Команда мечты".
      02:40 Всероссийская спартакиада 2026. Синхронное плавание. Группы. Произвольная программа.
      04:15 Всероссийская спартакиада 2026. Скейтбординг. Женщины.
  • MATCH-TV
    • Sana: 09.08.2026

      08:00 Смешанные единоборства. ONE FC.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:55 LIVE Всероссийская спартакиада 2026. Синхронное плавание. Дуэты. Прямая трансляция.
      12:30 "Чемпионы на все времена". Олег Молибога.
      13:00 "Вы это видели".
      14:05 Новости.
      14:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:05 LIVE Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Игора Драйв". SMP GT4. Гонка 2. Прямая трансляция.
      16:25 LIVE Футбол. Женщины. Суперлига. "Локомотив" (Москва) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      18:30 LIVE Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. 3-й тур. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Родина" (Москва). Прямая трансляция.
      21:30 LIVE Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. 3-й тур. "Спартак" (Москва) - "Краснодар". Прямая трансляция.
      00:05 После футбола с Георгием Черданцевым.
      01:50 Новости.
      01:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 Всероссийская спартакиада 2026. Бадминтон.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 09.08.2026

      05:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      06:30 Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1.
      08:00 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      09:30 Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1.
      11:00 LIVE Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1. Прямая трансляция.
      14:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      15:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      16:30 Фехтование. Чемпионат мира в Гонконге. Команды. Обзор.
      17:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      18:45 LIVE Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9. Прямая трансляция.
      22:45 Велоспорт. "Велошоу".
      23:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 11 в Лондоне, Великобритания.
      01:00 Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1.
      04:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Olivye Jiru: «Yutuqlarim shundoq ham kam emas»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Milan» hujumchisi Olivye Jiru futboldagi yo‘lidan mamnun. Har holda, fransiyalik faxriy goleador FourFourTwo nashri muxbirlari bilan suhbatda faoliyatiga ijobiy baho berishga haqli ekanligini yashirmadi. U shuning barobarida o‘zi duch kelgan ayrim qiziqarli holatlarni yodga oldi.

- OlivYE, faoliyatingizni Fransiya quyi ligalarida boshlagansiz. Ayting­chi, o‘sha vaqt shunchalik yuqori cho‘qqiga chiqish haqida o‘ylaganmidingiz?

- Hamisha tepamda yo‘l ko‘rsatuvchi yulduz borligini his qilardim. Dindorman va ishonamanki, inson o‘z yo‘lini mus­taqil yaratadi, Yaratgan esa uning tezligini belgilaydi. 19 yoshda professional futbolga qadam qo‘yganman. O‘sha payt hali universitetda tahsil olardim. Ya’ni futbol bilan shug‘ullanish barobarida sport fanlarini o‘rganish, turli sohalar bo‘yicha bilim olishga qiziqardim. Ammo uchinchi divizion vakili «Istr» safiga qo‘shilganimdan keyin o‘qishni davom ettirishga imkon qolmadi. Qisqasi, futbolga to‘liq e’tibor qaratish uchun ilmdan voz kechishimga to‘g‘ri keldi.

- «Grenobl»ga o‘tganingizda, bosh murabbiy Mehmed Bazdarevich yuqori saviyada o‘ynash talabiga javob berolmasligingizni oshkora aytgandi...

- To‘g‘risi, uning gaplaridan zarracha ranjimagandim. Lekin 20 yoshli futbolchiga nisbatan bunday deyish yaramaydi, baribir. Axir har qanday yigit bu kabi taxminlardan umidsizlikka tushishi hech gap emas. Juda og‘riqli baho... Muhimi - qiyin vaziyatda ham motivasiyani yo‘qotmaslik. Oradan bir necha yil o‘tgach, Liga 1da «Monpelye» tarkibida Bazdarevich boshqaruvidagi «Sosho»ga qarshi o‘yinda «xet-trik» qayd etdim, jamoam esa turnir jadvali pesh­qadami edi. O‘yin yakunlangach, Bazdarevich shunchaki, kulib qo‘ydi: «Jiru - ajoyib futbolchi».

- 2011|2012 yillar mavsumida «Monpelye» bilan Liga 1da yutilgan oltin medal qanchalik qadrli?

- Chempionlik mavsumidan oldin 2-divizionda ikki yil o‘ynadim. Faoliyatimda har doim qadamma-qadam oldinga intilganman. Darvoqe, «Tur» safida Loran Kosyelni ham bor edi, biz Liga 1 yo‘llanmasini yutishga juda yaqin kelgandik. 37-turda «Monpelye»ni yengganimizda, chipta bizga nasib etardi. Biroq gol urolmadik va 0:0 natijasi o‘laroq, «Monpelye» elitaga yo‘l oldi. Keyingi mavsum Liga-2 to‘p­urari bo‘ldim va aynan «Monpelye»dan taklif oldim. Bu jamoadagi birinchi mavsum Liga 1ga moslashish uchun ketdi, ikkinchisida eng yaxshi to‘p­urarga atalgan sovringa ega chiqdim. Muhimi, birinchi yili chempionlikni qatarliklar qo‘l ostidagi «PSJ»dan tortib oldik - shunchaki, fantastika!  G‘alabamiz natijasida butun shahar aqldan ozdi. Zero, 1974 yili tuzilgan «Monpelye» o‘z tarixida birinchi marta chempionlikka erishgandi. O‘sha mavsum Fransiya termasidan ilk marta chaqiruv oldim, 25 yoshda... Bu o‘ziga xos yurishning boshlanishi edi.

- 2010 yili aslida «Seltik» yoki «Midlsbro»ga o‘tishingiz mumkin bo‘lgan ekan...

- Shunday. Lekin Liga 1da iz qoldirishni istab, «Monpelye» bilan shartnoma tuzdim. Bundan tashqari, jamoa prezidenti Nikollen bilan suhbat kuchli ta’sir qildi. U ochig‘ini aytdi: «Xo‘sh, Shotlandiyada «Kilmarnok»ka qarshi o‘ynab, nima topasan?!» Bu mensimaslik emasdi, u shunchaki, Shotlandiyada vaqt yo‘qotishim mumkinligini eslatgandi. Aslida «Seltik»da o‘ynash variantiga moyil edim, chunki Britaniya futbolining ashaddiy muxlisman. Xullas, xorij tomon yo‘l olishga yaqin turgandim va bitta suhbat asnosida Fransiyada qolib, yana bir katta qadam tashladim. Bir necha yildan keyin Arsen Venger meni «Arsenal»ga chorladi. Bu - orzuning ushalishi.

- 2012 yilgi transferlar vaqti «Arsenal» safiga qo‘shilishingizdan oldinroq Robin van Persi «MYU» bilan shartnoma tuzdi. Muzokara jarayonida sizga mashhur RVP bilan o‘ynash yoki uning o‘rnini egallash haqida so‘z ochishganmidi? Umuman, van Persi o‘rnini bosish mas’u­liyati bosim yuklamaganmi?

- Venger shunchaki, yangi hujumchiga ehtiyoj sezayotganini aytdi. Harqalay, van Persining ketishi haqida gapirmadi. To‘g‘ri, uning «Arsenal» bilan xayrlashishi ma’lum edi. Murabbiy menga asosiy tarkibdan joy va’da qilgani yo‘q, zero, APLga ko‘nikishimga ma’lum vaqt ketishini bilardi. Venger mutlaqo haq edi: birinchi mavsumda men uchun hammasi muvaffaqiyatli kechdi, lekin a’lo emas. Muhimi, jamoa o‘yiniga tezda kirishib ketdim. Birinchi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdim, shundan so‘ng tarkibdan muqim joy oldim. «Liverpul»ga qarshi kechgan 3-o‘yinimda «Arsenal» muxlislari mening qo‘shig‘imni kuylashdi: Hey Jude. Shunda o‘zimga pichirladim: «Eh, qoyil!» Xullas, 5,5 yilga cho‘zilgan fantastik sayohat shu tariqa boshlangan edi.

- YECHL, YEL, Liga 1, Angliya kubogi va JCHda g‘olib chiqdingiz, lekin APL kubogi tutqich bergani yo‘q. Bundan afsuslanmaysizmi? Deylik, mavsum-2015|2016da «Lester» emas, «Arsenal» chempion bo‘lishi mumkin edi...

- Yaxshi savol. APLda g‘alaba qozonish oson emas. «Arsenal» bilan shartnoma tuzgan vaqtdayoq top-jamoalar o‘rtasida katta raqobat borligini tushungandim, aynan shuning uchun APLga intilgandim. Bu chempionatda haqiqiy jang bor. Albatta, chempion bo‘lishni xohlardim, lekin nasib emas ekan, afsus.

- Onangizning do‘sti faoliyatingizga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. Uning 2017 yili sizni «Everton»ga o‘tishdan qaytargani rost­mi?

- Tabiatan ichki ishonchim juda kuchli. Hattoki, salbiy vaziyatlarga ham pozitiv ko‘z bilan qarayman. Qisqasi, muayyan lahzada to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun Yaratganning alomati kerakligini bilaman. Ha, onamning do‘sti Nikol bilan gaplashib turaman. O‘shanda vaziyatni tushuntirib, undan so‘radim: «Sizningcha, ketish kerakmi yoki yo‘q? Maslahat zarur!» Umuman, Nikol 1-2 marta zarur maslahatlar berdi va ular to‘g‘ri yechim bo‘lib chiqdi. Futbolda ko‘proq sovrinlar yutishni xohlagandim, amalda shunday bo‘ldi.

- 2020 yili Benzema sizni karting, o‘zini esa «Formula-1» mashinasiga o‘xshatdi. Bundan jahlingiz chiqmadimi?

- Kulgili! Karimning gaplarini hazil sifatida qabul qildim. Bilishimcha, ijtimoiy tarmoqlardagi qandaydir ko‘rsatuvda Benzemadan men haqimda so‘rashgan va u shunday hazillashgan. Bu yerda ortiqcha gap yo‘q.

- Fransiya termasi safida gol urish bobida Mishel Platinidan o‘zib ketdingiz. Endi Tyerri Anri rekordini yangilay olasizmi?

- Hozirgi natijamdan faxr­lanaman, axir Mishel Platini 3ta «Oltin to‘p» yutgan afsonadir. Agar 15-20 yil avval Fransiya termasi tarixidagi ikkinchi yaxshi to‘p­urarga aylanishimni aytishganida, balki miyig‘imda kulib qo‘yarmidim... Anri rekordiga kelsak, hozircha aniq javob berolmayman. Agar rekordni yangilolmasam, ortiqcha kuyunmayman. Zero, Anridan o‘zib ketish birinchi darajali vazifa hisoblanmaydi. O‘zi yutuqlarim shundoq ham kam emas.

- Qiziq, futboldagi qaysi yutug‘ingizdan ko‘proq faxrlanasiz?

- Aslida JCHdagi g‘alabaning qiymati juda baland, lekin 2017 yili «Kristal Pelas» darvozasiga «chayon» uslubida urgan golim uchun berilgan Pushkash nomidagi sovrinni alohida qayd etmoqchiman.

- «Chelsi»dagi davr haqida nima deya olasiz?

- 3,5 yil ichida bundan yaxshirog‘iga umid qilolmasdim. To‘g‘ri, biz bir necha finallarda yengildik, lekin yutuqlar ham yetarli: Angliya kubogi, YEL, CHL... Yana eng yaxshi to‘purarga aylanganim.

- Milandagi hayot va Zlatan Ibragimovich bilan o‘yin munosabatlaringiz qanday?

- Oilam Italiyaga yaxshi joylashdi, klub meni iliq kutib oldi. O‘zimni yaxshi his qilyapman, lekin COVID va bel jarohati ta’sir qildi. Zlatan bilan munosabat? Muammo shuki, uning ham jarohatlar bilan kurashishiga to‘g‘ri kelmoqda. Joriy mavsum hali ko‘p marta birga o‘ynashdan umidvorman, albatta. Muhimi, bizda katta kuch va yuqori darajali o‘yinlarga tayyor iqtidorli yosh jamoa bor.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:29, 11.01.2022. O'qildi: 1610 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 12
2 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 9
4 Нефтчи Stipe Perisa 8
5 Пахтакор Chinedu Stefan 8
6 Насаф Bobur Abduxoliqov 7
7 Пахтакор Doston Hamdamov 7
8 Навбаҳор Husayn Norchayev 6
9 Нефтчи Jamshid Iskanderov 6
10 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик