Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xavining yosh shogirdlari: Murabbiy “yangi “Barselona”ni kimlar bilan yaratadi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Barselona” moliyaviy inqirozni boshidan kechirmoqda, shu sababli klub katta transferlarni amalga oshira olmayapti. Ayni paytda kataloniyaliklarning bor umidi, o‘zining yosh tarbiyalanuvchilaridan. “Stadion.uz” nashri “Barsa”ning kelajagini belgilab beradigan futbolchilar haqida biroz fikr yuritishga qaror qildi.

“Barselona” o‘z tarbiyalanuvchilari orqali katta natijalarga erishishi mumkin. Klub o‘z vaqtda Puyol, Buskets, Xavi, Inyesta va albatta Messi singari yetakchi futbolchilarni o‘z akademiyasidan chiqargan. Hatto kataloniyaliklar bir marta maydonda 11 nafar tarbiyalanuvchi bilan o‘yin o‘tkazishgan. “La Masia” yaxshi ishlamoqda, chunki “Barsa”ning hozirgi tarkibining deyarli yarmi akademiya tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ansu Fatining iste’dodi uzoq vaqtdan beri ma’lum. Ko‘pchilik uni Lionel Messining merosxo‘ri deb atagan, biroq jarohatlar uning ochilishiga imkon bermadi. Pedri haqida ham gapirishdan foyda yo‘q. U 2020 yilning yozida jamoaga keldi va bir yildan so‘ng Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa musobaqasida qatnashdi.  

Ronald Kuman davrida Gavi ismli futbolchi maydon markazida paydo bo‘la boshladi. Ismi va pozisiya jihatdan o‘xshashligi tufayli Xavi uni ochib bera oladi, deb taxmin qilinmoqda. Gavining iqtidori yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 17 yoshidayo Ispaniya terma jamoasida 4 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Gavi aslida Xavidan ancha farq qiladi, lekin ko‘proq Inyestaga o‘xshaydi. U chiziqlar o‘rtasida harakatlanishda, himoyachilarni ergashtirib yurishi Kataloniya klubining sobiq 8 raqam egasiga o‘xshab ketadi. Shu bilan birga, Gavi pressingda ham yaxshi o‘ynaydi. Qolaversa, sheriklariga qarab ko‘p pozisiyalarda o‘ynay oladi. Albatta, unga hali tajriba yetishmayapti – “Granada”ga qarshi o‘yindagi ahmoqona qizil kartochka ham buning yorqin tasdig‘idir. Gavi sariq kartochkasi bo‘la turib, toza amalga oshirib bo‘lmaydigan to‘pga tashlandi va jamoasini qiyin ahvolda qoldirib, qizil kartochka oldi. Ozchilik qolgan kataloniyaliklar esa g‘alabani qo‘ldan boy berdi.

 

Kuman tarkibga jalb qila boshlagan yana bir yosh markaziy yarimhimoyachi - Niko Gonsales. Juda ko‘p xususiyatlari tufayli uni Buskets bilan solishtirishadi, ammo u ko‘proq hujum ortida o‘ynashni yoqtiradi. Umuman olganda, Niko yaxshi uzatmalarni amalga oshira oladi va bir harakat orqali hujumchilarni oldinga boshlay oladi. Qolaversa, uning himoyaviy sifatlari ham yaxshi rivojlangan. 20 yoshli yarimhimoyachi Pedri va Gavi kabi yorqin o‘yin namoyish etmaydi, lekin u kelajakda jamoaning muhim elementi bo‘lishi mumkin.

Abdessamad Ezzalzuli yoki oddiygina Abde - Xavining yoqimtoyi. Statistikaga ko‘ra, qanothimoyachisi Serxi Barxuana qo‘l ostida debyut qildi va so‘nggi o‘n daqiqada ikki marta maydonga tushdi. Biroq, Xavining birinchi o‘yinidayoq, Abde darhol asosiy tarkibda maydonga tushdi. Yangi murabbiy qo‘l ostida futbolchi umuman asosiy futbolchiga aylandi va faqat koronavirus Ezzalzuliga biroz xalaqit qildi. “Barselona”da o‘z o‘rnini topish imkoniyatini his qilgan vinger Marokash terma jamoasi bilan Afrika kubogiga borishdan ham bosh tortdi. Aytgancha, Abde “Barselona” tarbiyalanuvchisi emas, kataloniyaliklar uni avgust oyida “Gerkules” klubidan 2 millionga sotib olishgan. Marokashlik ajoyib o‘ynamoqda, u tezkor, yaxshi dribling qobiliyatiga ega va juda tirishqoq. Aftidan, Abde kataloniyaliklar yangi yulduzlarni xarid qilsa ham, “Barselona”ning asosiy futbolchisi sifatida qoladi. Masalan, Ezzalzuli tufayli “ko‘k-anorranglilar” ijaraga olgan Yusuf Demirni sotib olmasligi ma’lum qilingan. 18 yoshli avstriyalik futbolchi yangi mavsum uchun Venaning “Rapid” jamoasidan ijara olingandi. Demir Kuman murabbiyligi davrida debyut qilgan. Xavi avstriyalik futbolchini ham sinab ko‘rdi - unga Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi o‘ynash uchun 66 daqiqa vaqt berdi. Biroq, o‘sha Abde Demirdan yaxshiroq o‘ynaydigandek tuyuldi. Xavi Yusufni zahiraga qoldirdi, keyin esa jarohat tufayli safdan chiqdi. Biroq, avstriyalik futbolchining jamoaga qaytishiga katta shubha bor. Sababi, “Barselona” qanot hujumchisini saqlab qolishni istasa, uni sotib olishga majbur bo‘ladi.

Ilyas Akomachning nomli futbolchining borligi ham Demirning xarid qilmaslik sababini ko‘rsatadi. Xavi 17 yoshli Ilyasni tarkibga jalb qilib, uni ikki marta asosiy tarkibda o‘ynash imkonini berdi. Har ikki holatda ham uning iqtidori borligi sezilib turardi. Biroq, Akomach asosiy tarkibda o‘ynshga tayyor bo‘lmasa-da, kattalarga xos bo‘lgan futbolni ko‘rsatmoqda. Ammo, uning istiqbollari haqida gapirishga hali erta.

Ammo Ferran Jutgla “Barselona”da uzoq vaqt qolishi dargumon. U unchalik yosh emas va allaqachon 22 yosh kirgan. Xavi ko‘pincha zarurat tufayli uni o‘z asosiy tarkibda qo‘yadi. Murabbiy hujumning boshida Ferranni sinab ko‘rdi, lekin oxirgi paytlarda ko‘p tanqidlarga uchragan Lyuk de Yongning harakatlari Xaviga ma’qul keldi. Jutglada uni boshqalardan ajratib turadigan hech qanday xislat yo‘q. Ochig‘i, unda gol urish instinkti borligi ham sezilmadi. Burchak to‘pidan keyin “Elche” darvozasiga urilgan gol tasodifdan holi emas. Katta ehtimol bilan, uning ismidoshi Ferran Torres kelgandan so‘ng, qolgan qanot hujumchilari esa jarohatlardan forig‘ bo‘lgach, zaxira o‘rindig‘iga mustahkam o‘tiradi.

Ehtimol, Alvaro Sansning ham o‘z o‘rniga ega bo‘lish ehtimoli kam. Yanvar oyida Xavi 20 yoshli yarimhimoyachini zarurat tufayli zahiradan ikki marta maydonni tushurgandi. Umuman olganda, Pedri, Gavi, Niko (de Yong va Busketsni ham unutmaylik) bilan Sans “Barselona” tarkibida vaqtinchalik figuraga o‘xshaydi. Xavi yarimhimoyachiga uchta o‘yinda taxminan 45 daqiqa vaqt berdi, lekin u birorta harakatlari bilan ajralib turmadi.

Himoyada harakat qiladigan yana bitta futbolchini aytish kerak. Qolgan himoyachilar yosh bo‘lishsada (Erik Garsiya va Serjinyo Dest – 21 yosh, Ronald Arauxo va Oskar Mingeza – 22 yosh), ularda allaqachon yetarlicha tajriba mavjud. Aleks Balde esa hali yangi nom. To‘g‘ri, Xavi qo‘l ostida 18 yoshli iqtidor hozirgacha 1 daqiqa vaqt o‘ynadi, chunki “Barselona” himoyada yetarlicha ijrochilarga ega. Shunga qaramay, Baldeni ta’kidlash kerak, chunki u juda istiqbolli futbolchi hisoblanadi. Har holda, ko‘pchilik mutaxassislar shunday taxmin qilishmoqda.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:51, 11.01.2022. O'qildi: 5113 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик