Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Orzulari ushalgan "bolakay" (2 qism)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

  2002-2003 yilgi mavsumda Fernando ancha yaxshi o‘yin ko‘rsata boshlaydi. 29 o‘yinda 13 bor raqib darvozasiga to‘p kiritgan Torres jamoasining 11 pog‘onani egallashiga ancha yordam beradi. Shundan so‘ng “El Ninyo” uchun bir nechta jiddiy transfer takliflari kelib tushadi. Ulardan biri “Chelsi” klubi egasi Roman Abramovichdan kelgan taklif edi. Roman 19 yoshga to‘lib ulgurmagan Fernandoni 28 million funt sterlingga sotib olish istagidaligini aytadi. Ammo “Atletiko” klubi rahbariyati bu taklifni rad etadi. 

2003-2004 yilgi mavsum Torres uchun juda ham omadli bo‘lgan. U o‘sha mavsumda 35 o‘yinda 19 gol urib La Liganing to‘purarlar ro‘yhatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. Undan tashqari, Fernando o‘sha yili “Atletiko”ning sardoriga aylanadi. Hali xamon u La liga tarixidagi eng yosh sardorligicha qolmoqda.  2004 yil “qizil-oqlar” 7 o‘rinni qo‘lga kiritib UYEFA Intertoto kubogiga yo‘llanma oladi. Bu turnir Torresning Yevropa klublari miqyosidagi ilk musobaqasi hisoblanadi.  Torres o‘sha turnirda 5 o‘yinda 2gol kiritadi. Uning jamoasi finalgacha yetib borib “Vilyareal”ga yutqazib qo‘yagan.  

Keyingi mavsum ham “Atletiko” uchun avvalgisidan farq qilmadi. Jamoa yana yevrokuboklarga yo‘llanma qo‘lga kirita olmadi. Mamlakat kubogi yarim finalida “Osasuna”ga yutqazib qo‘ydi. Torres mavsumda 16ta gol kiritdi. Lekin bu mavsum Fernando uchun isbatan yaxshi o‘tdi. Negaki “El Ninyo” Ispaniya termasining asosiy futbolchisi sifatida ko‘zga tashlandi. Undan tashqari JCH 2006 saralashida eng yaxshi to‘purarlardan biri bo‘ldi.  

2006 yil Torres uchun katta fahr to‘yg‘usini berdi. To‘g‘ri, o‘sha mavsum ham “Atletiko” doimgidek o‘rtamyona o‘yin ko‘rsatdi. Lekin terma jamoa va JCH Fernandoga ajoyib kayfiyat taqdim etgan edi.  “Mavsumning eng yaxshi damlari men uchun Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida terma jamoa bilan bo‘lganim bo‘ldi. Dunyoning eng yirik turnirida birinchi terma jamoa safida o‘ynash va kuchli jamoalar bilan to‘qnash kelish men uchun orzu edi. Televizorda jamoamning mag‘lubiyatlarini ko‘rib, ko‘p azob chekkanimni eslayman, ammo endi o‘zim tarix yozishim mumkin edi” deya Torres o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.

Torres gurux bosqichida 3 uchrashuvda 3 gol kiritib to‘purarlar ro‘yxatida 1 o‘rinda edi. Ammo “qizil furiya” 1/8 finalda “Fransiya”ga mag‘lub bo‘lib ortiga qaytgan edi. O‘sha paytdagi Fernandoni tasaavur qilish mumkin. Ne-ne umidlar va orzular bilan to‘p tepgan yigitchaning kelajagi hali oldinda edi. Uning “Ispaniya” bilan sovrin yutishiga hali 2 yil bor ekanligini u qayerdan ham bilardi. 

Jahon chempionatidan so‘ng Fernando bir qancha takliflarni rad etdi va "matraschilar" bilan 2009 yilgacha shartnoma imzoladi. 2006/07 yilgi mavsumda "Atletiko" uzoq vaqt Yevropa musobaqalari uchun yo‘llanma beriladigan o‘rinlarda bordi, ammo so‘nggi turda hammasi o‘zgarib ketdi. Yana bir bor Torres yozgi ta’tilga hafsalasi pir bo‘lib chiqdi. Mavsumdagi barcha mashaqqatli mehnat behuda ketdi.

 Yozning yaxshi kunlaridan birida Fernandoning uyali telefoni jiringladi. Raqam chet elniki edi Torres bu qong‘iroqqa javob bermagani xaqida aytgan. Ammo ertasi kuni Rafa Benites Fernandoga qo‘ng‘iroq qilib, rejalari va g‘oyalari haqida gapirib berdi. Torres bu safar ularning taklifini qabul qildi. Ispaniyalik futbolchi "Enfild"ga muxlislar, jamoadoshlari va "Atletiko"ning barcha xodimlari bilan xayrlashgandan keyingina yetib bordi. “El Ninyo” Madridda bo‘lganida unga juda yaxshi munosabatda bo‘lganliklari uchun ularga minnatdorchilik bildirgan.

Klubga qo‘shilgandan so‘ng muxlislar uni olqishlay boshlashdi va u o‘zining birinchi golini urganidan so‘ng, uning xurmati juda ham oshib ketdi. U klubdagi dastlabki olti oyda uch marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, uning sharafiga qo‘shiqlar kuylandi va klub afsonalari - Kenni Dalglish va Robbi Fauler bilan solishtirildi. “El Ninyo” esa gollar va chiroyli o‘yinida davom etdi. O‘zining birinchi mavsumida u “liverpul” safida Robbi Faulerdan keyin birinchi marta Premer-ligada 20 dan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. o‘zining debyut mavsumida xorijliklar tomonidan kiritilgan gollar soni bo‘yicha rekordni yangiladi. Shuningdek, Rojer Xantning rekordini yangilab, ketma-ket sakkizta uy o‘yinida raqib  darvozasini ishg‘ol qildi.

 

Davomi bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:00, 14.01.2022. O'qildi: 2846 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик