Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu: “Krishtianu 5, 6 yoki 7-o‘rinlar uchun kurashishni xohlamaydi. Rangnikka vaqt kerak. Yoshlar ko‘pincha sizni tinglashni istamaydi (to‘liq intervyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Odatda, Krishtianu Ronaldu tez-tez katta intervyu bermaydi, lekin shu kunlarda u birdaniga ikkita - Britaniya OAV va “ESPN Brazil” nashrlari bilan suhbat olib bordi.

 

Sulsher — ajoyib murabbiy, Rangnikka esa vaqt kerak

Avvaliga Krishtianu Sulsherning Rangnik bilan almashtirilganini va nemis mutaxassisining vazifalari ko‘lamini yuqori baholadi.

“U besh hafta oldin kelgan va jamoaga yaxshi kirishib keta oldi. Lekin, o‘yinchilarga o‘z g‘oyalarini singlirish uchun unga biroz vaqt kerak. U jamoaning o‘yinini yaxshi tomonga o‘zgartira olishiga ishonaman. Biz mukammal futbol namoyish etmayotganimizni bilamiz, ammo vaziyatni yaxshilash uchun bizda ko‘plab o‘yinlar bor.

Futbolchilarning ruhiyatini va o‘yin uslubini, madaniyatini, tizimini o‘zgartirish unchalik oson emas. O‘ylaymanki, Rangnik muvaffaqiyatga erishadi”.

Sulsher? Murabbiy ishdan ketgani doim qayg‘uli. Men u bilan birga birga bir jamoada o‘ynaganimiz haqida gaplashdim, keyin u mening murabbiyim bo‘ldi. U  ajoyib inson. Ole ketganida hammamiz xafa bo‘ldik, lekin bu hayotning bir qismi. Ishlar klub va muxlislar xohlagandek ketmasa, klub nimanidir o‘zgartirishi kerak. Men xafa bo‘ldim, lekin shu bilan birga Sulsher klub qarorini tushundi. Hayot tugamaydi.

Yangi murabbiyning g‘oyalarini amalga oshirish biroz vaqt olishini bilardik. Birinchidan, Ole o‘rniga Karrik keldi, biroq, u tajribasiz murabbiy hisoblanadi. Jamoada juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lsa, unga qiyin bo‘lardi. Lekin, men hali ham mavsumni yaxshi o‘tkazishimizga ishonaman”.

“Manchester Yunayted” mentalitetini o‘zgartirishi kerak - Krishtianu 5, 6 yoki 7-o‘rinlar uchun kurashishni xohlamaydi

Krishtianuning fikricha, “Yunayted” futbolchilari kuchli to‘rtlikka kirish uchun ruhiyatini o‘zgartirishi kerak. Busiz cho‘qqiga chiqish mumkin emas.

“Menimcha, futbolda mentalitet asosiy narsa. Bizning mentalitetimiz hech bo‘lmaganda kuchli 3 talikka mos kelishi kerak, boshqa hech narsa kerak emas. Yaxshi narsa qurish uchun ba’zida nimanidirlardan  voz kechish kerak. Xo‘sh, nega bizda shunday bo‘lmaslik kerak - yangi yil, yangi hayot... Umid qilamanki, “Manchester Yunayted” muxlislar orzu qilgan darajaga chiqa oladi. Ular bunga loyiq. Biz o‘zgartirishga qodirmiz. Men o‘zgarishlarni nimadan boshlash kerakligini bilaman, lekin hozir bu haqida gapirsam, MYU rahbariyatiga nisbatan hurmatsizlik bo‘ladi. Faqat shuni aytishim mumkinki, biz yaxshiroq o‘ynay olamiz. Hozirgi vaziyatni o‘zgartirishimiz kerak.

Men oltinchi, yettinchi yoki beshinchi o‘rinlar uchun kurashishini istamayman. Men g‘alaba qozonish, raqobatlashish uchun bu yerga keldim. O‘ylaymanki, biz raqobat yaratamiz va yaratmoqdamiz, lekin hali eng yaxshi darajamizga erishganimiz yo‘q. Hali ko‘p narsalarni amalga oshirishimiz kerak. Hammamiz jamoani yaxshilash uchun shu yerdamiz.

Biz yangi yilda yangi sahifani varaqlayapmiz. Jamoada g‘alaba qozonish uchun hamma narsa yetarli. Biz bunga ishonishimiz kerak, aks holda bu dahshatli tushga aylanadi.

 

“Ehtimol tana 33 yildan keyin har qanday vazifani bajara olmasligi mumkin, ammo, futbolda haqiqiy jang, bu — aql jangidir”

Ronaldu allaqachon 36 yoshda - u hali futbolni tugatmoqchi emasga o‘xshaydi. Nega?

“Genetik jihatdan o‘zimni 30 yoshli odamdek his qilyapman. Men tanamga yaxshi e’tibor beraman. Yaqinda tushundimki, 33 yildan keyin tana har qanday vazifalarni bajara olmaydi, ammo haqiqiy jang bu — aql jangidir.

Ko‘p qiyinchiliklardan o‘tish, bor e’tiborni faqat bitta maqsadga qaratish - yuqori darajada qolish demakdir. Men ko‘proq futbolda aqlimni ishlatishni o‘rganmoqdaman. Bilaman, tanam men nima istasam bajara oladi, chunki men uni avaylayman va uning signallarini tinglayman.

Hayotda yaxshi va yomon turli xil muhim paytlar bo‘ladi, ammo yiqilishdan keyin ko‘tarilish uchun kuch bo‘lishi kerak. Men baxtliman, futbolda qolishni va u bilan qayergacha olib borishimni ko‘rishni xohlayman. 40, 41, 42 yoshgacha o‘ynaynashni rejalashtirganman. Lekin asosiysi, futboldan zavq olishdir”.

Albatta, Ronaldu ham jamoaga yordam berishni xohlaydi.

“Siz buni ruhiy jihatdan to‘g‘ri qabul qilishingiz kerak. Men o‘zimni ko‘zguda ko‘raman va shunday deb o‘ylayman: “Krishtianu, o‘z darajangni oshirish va jamoaga yordam berish uchun nima qilasan? Ha, qaysidir ma’noda men yaxshiroq bo‘lishim mumkin. Agar, biror narsa yuz bersa, sheriklar charchagan bo‘lsa, jamoa yetakchiligini qo‘lga olish kerak. O‘yin davom etar ekan, ba’zi paytda siz boshqalardan aqlliroq va ayyorroq bo‘lishingiz kerak.

Barcha o‘yinlar har xil, barcha o‘yinchilar boshqacha, barcha stadionlar turlicha, barchasi har xil sxema bo‘yicha o‘ynashadi. Bir jamoa bo‘lish uchun o‘yin davomida birlashish zarur. Shuning uchun, jamoani “Manchester Yunayted” deb atashadi. Qiyin paytlarda hamjihat bo‘lishimiz kerak”.

 

Yoshlar tajribali o‘yinchilarni tinglashlari kerak. Lekin, endi ular tanqidni qabul qilishmayapti

“Etuk, yoshi kattalar futbolchilar har doim yoshlarga yordam bera oladi. Masalan: Men boshqalarga maslahat beraman, lekin uni amalda qo‘llamasangiz, qiyin bo‘ladi. Siz kun bo‘yi biror kishi bilan gaplashishingiz mumkin, ammo sin undan biror foydali maslahat olmasangiz, unda u bilan tezda orani uzish kerak. Esimda, 18, 19, 20 yoshimda men bilan yoshi kattaroq futbolchilar gaplashishardi.

Men o‘zimga shunday dedim: “Krishtianu, o‘zing yaxshilanishing kerakligini bilasan. Ular sendan ko‘ra ko‘proq biladi, sendan ko‘ra tajribaliroq”. Ular allaqachon ko‘p yomon kunlarni boshdan kechirishgan. Ammo boshqalar tanqidni qabul qilmaydi. Buni jamoadoshlarimga nisbatan emas, umuman olganda aytyapman. Ba’zida siz biroz qattiqqo‘lroq bo‘lsangiz, ular buning aksini qiladilar. Suhbatda to‘g‘ri muvozanatni topishingiz kerak. Siz o‘zingiz bilan faxrlanishingiz kerak, oynaga qarang va ayting: “Men ko‘p mehnat qilayapman va yetuk inson bo‘lishga haqliman”.

Men buni hammamiz qilishimiz kerak deb o‘ylayman. Shaxsiyat - bu asosiy narsa. Biz yordam berish uchun shu yerdamiz. Agar kimdir mening yordamim, qo‘llab-quvvatlashim, maslahatimga muhtoj bo‘lsa, men birinchilardan bo‘lib ko‘maklashishga tayyorman. Ammo mening yordamim kerak bo‘lmasa, o‘z ishing bilan shug‘ullan, o‘zingning yo‘lingni topib, jamoaga qo‘ldan kelgancha yordam ber”.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 16:33, 14.01.2022. O'qildi: 4855 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик