Bugun, 15 yanvar kuni Germaniya Bundesligasining 19-turidan o‘rin olgan “Borussiya Dortmund” – “Frayburg” uchrashuvi yakuniga yetdi. Uchrashuv Germaniyaning Dortmund shahridagi “Signal Iduna Park” stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yin mezbonlarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Yulian Brandtning pasidan so‘ng Tomas Myonye hisobni ochdi. 15-daqiqadan so‘ng mezbon jamoa futbolchilari ikkinchi golni urishdi va belgiyalik dubl qayd etdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Erling Xoland ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi (Jud Bellingemning uzatmasi). Ermedin Demirovich hisobni bittaga qisqartirdi, ammo 75-daqiqada Xoland dubl qayd etdi va “Borussiya”ning 3 ta to‘p farqini qaytardi. Uchrashuv yakunida Mahmud Daud jamoasining beshinchi golini kiritdi.
Dortmundning “Borussiya” klubi 40 ochko jamg‘arib, Germaniya chempionati turnir jadvalida 2-o‘ringa joylashdi. Frayburg (30) - 4-o‘rin.
“Borussiya Dortmund” – “Frayburg” – 5:1
Gollar: 1:0 – 14 MenYE, 2:0 – 29 MenYE, 3:0 – 45 Xoland, 3:1 – 61 Demirovich, 4:1 – 75 Xoland, 5:1 – 86 Daud.
“Borussiya D” – Kobel, Menye (Volf, 75), Xummels, Djan (Akandji, 46), Gerreyru (Shuls, 71), Brandt, Daud, Bellingem (Vitsel, 85), Roys (Azar, 71), Malen, Xoland.
“Frayburg” – Upxoff, Kyubler, Gulde, Linxart, Gyunter, Shallai (Vaysxaupt, 65), Grifo (Shade, 46), Xefler, Xaberer (Kaytel, 65), Chjon Vu Yen (Demirovich, 46), Xeler (Petersen, 81).
Ogohlantirishlar: Brandt (76), Xoland (88).