Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bekxemdan Ronaldugacha... Angliya Premyer-ligasida jarima zarbasidan eng ko‘p gol urgan futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Individual qobiliyati haqida gap ketganda, hech narsa jarima zarbasidan ko‘ra jozibaliroq ko‘rinmaydi. Shunday emasmi?

Ingliz futboli Devid Bekxem, Krishtianu Ronaldu, Tyerri Anri kabi jarima zarbalari ustalarining o‘yinlariga guvoh bo‘lishgan. Va yaqinda ular safiga “Sautgempton”dan 27 yoshli futbolchisi Jeyms Uord-Prouz ham qo‘shildi. Futbolchi 15 yanvar kuni “Vulverxemton” darvozasiga “Free Kick”dan to‘p kiritdi. Bu Jeyms uchun APLdagi faoliyati davomida jarimadan kiritgan 12-gol bo‘ldi.

Keling, Angliya Premyer-ligasida kim jarima zarbasidan eng ko‘p gol kiritganiga aniqlik kiritamiz.

 

10. Frenk Lempard (9 gol)

Ko‘pchilik jarima to‘pini tepadigan futbolchilar o‘zlarining aniq zarbasi   va zargarona harakatlari bilan mashhur bo‘lishadi. Biroq, Lempardning qobiliyati uning zarbasi kuchiga bog‘liq. Frenk ko‘pina jarima to‘pi oldiga kelganda, ko‘proq zarba kuchiga e’tibor qaratgan..

“Chelsi” afsonasi to‘qqizta jarima zarbasini aniq amalga oshirgan. Shu sababdan ham uning “Stemford Brij”dagi faoliyati hech qachon unutilmaydi.

 

9. Ian Xart (10 ta gol)

Xart jarima zarbasini ijro etuvchi kamdan-kam qanot himoyachisi hisoblanadi. Ko‘pchilik Ianni Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi jarima zarbasini amalga oshiruvchi himoyachi deb biladi. Ian futbolchilik karyerasining eng yaxshi yillarini “Lids” safida o‘tkazgan va ushbu klub safida naqd 10 marta jarimadan gol urishni uddalagan. Himoyachi uchun shunchaki, ajoyib natija.

 

8. Morten Gamst Pedersen (10 ta gol)

Norvegiyalik yarimhimoyachi “Blekbern” futbolchisi sifatida uzoq masofadan jarima zarbalarini ajoyib tarzda amalga oshirgan. Uning sehrli chap oyog‘i Lankashirda Mortenni chinakam afsonaga aylantirdi.

Bundan tashqari, Pedersen har doim o‘zining ajoyib sochlari bilan ajralib turardi.

 

7. Loran Robert (11 gol)

Loran Robert ko‘pchilikning fikricha, Premyer-liga tarixidagi eng kuchli chap oyoq zarbasi sohibi edi.

Fransiyalik futbolchi “Nyukasl-apon Tayn” klubida o‘ynagan vaqtida jarima zarbasidan 11 ta gol urgan. Loran ko‘pincha jarima to‘plarini Solano bilan baham ko‘rgan va agar ushbu holat bo‘lmaganida, Robertning “Free Kick”dan qancha gol urganini taxmin qilish qiyin...

 

6. Krishtianu Ronaldu (11 gol)

Muxlislar Krishtianu Ronalduni ko‘p yillar davomida eslab qoladi. Uning ishtirokidagi bir jarima zarbasi ajralib turadi. Uning “Portsmut”ga qarshi o‘yindagi ajoyib zarbasi qolganlaridan ancha chiroyliroq desak adashmaymiz. Portugaliyalik jarima zarbasi tepish san’atida inqilob qilib, nuqtadan ajoyib gol urgan. U “Manchester Yunayted” safida 11 ta jarima golini kiritdi. U 2008 yildagi “Stok Siti”ga qarshi o‘yinda  birdaniga ikki marta gol urishga erishgan.

 

5. Sebastyan Larsson (11 gol)

Tarixan Premyer-liga “Sanderlend” muxlislari uchun biroz omadsiz bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Albatta, ushbu klub muxlislarini xursand qiladigan holatlar ham yetarlicha topiladi.  

Larsson “qora mushuklar” safida kiritgan ajoyib gollari bunga misol bo‘la oladi. Uning nafaqat “Sanderlend” safida, balki “Birmingem”da ham ajoyib gollar kiritgan. Futbolchi APLdagi faoliyati davomida jami 11 marta raqib darvozabonlarini uzoq masofali jarima zarbasidan xafa qilishni uddalagan.

 

4. Janfranko Zola (12 gol)

Odatda yuqori burchakka yo‘llanadigan Janfrankoning jarima zarbasidan ko‘ra chiroyliroq narsa yo‘q edi.

Italiyalik futbolchi “Chelsi”dagi 8 yillik faoliyati davomida jarima zarbasidan 12 ta gol urgan. Bu uni Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida ko‘rsatdi.

 

3. Tyerri Anri (12 ta gol)

Tyerri ajoyib to‘purar bo‘lganini hisobga olsak, uning jarima zarbalarini tepish qobiliyatini futbolchining salohiyatini yanada oshiradi.

Ajoyib texnika va kuch bilan tepilgan zarba. Bu biz Premyer-ligada ko‘rgan eng yaxshilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bir paytlar fransuz “Chelsi” darvozaboni Petr Chex va uning mustaxkam jonli devoridan ajoyib gol urishga erishgan.

 

2. Jeyms Uord-Prouz (12 gol)

Uord-Prouz “Sautgempton” afsonasiga aylanishi aniq, chunki u allaqachon Metta Le Tissyedan “avliyolar” yetakchisi unvonini tortib olgan.

2020 yil 1 noyabr kuni “Aston Villa”ga qarshi bitta o‘yinda, Jeyms ikkita jarima zarbasini amalga oshirgan va bu borada Premer-ligadagi to‘qqizinchi futbolchiga aylandi. Har ikki safar ham u “sherlar” jonli devori ustidan ajoyib zarba berdi va har safar yuqori burchakni mo‘ljalga olishni uddalagan.

 

1. Devid Bekxem (18 ta gol)

“Qizil iblislar”ning afsonaviy yarimhimoyachisi Angliya Premyer-ligasi tarixidagi jarima zarbadan gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. U raqiblaridan naqd oltita ko‘p to‘p kiritishni uddalagan. Hech qachon jarima zarbasini Bekxemdan ko‘ra muvaffaqiyatli amalga oshiruvchi futbolchi. U birinchi raqamli super yulduz edi. Devid o‘zining to‘p bilan ishlash qobiliyati orqali dunyo bo‘ylab shuhrat qozondi. Uning ijro etish texnikasi nafis go‘zalligi bilan ajralib turardi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 18:33, 19.01.2022. O'qildi: 5725 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик