Bugun 1 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/26 Kristal Pelas - Fulhem
01/01/26 Liverpul - Lids
02/01/26 Brentford - Tottenhem
02/01/26 Sanderlend - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lui van Galning gruziyalik shogirdi — Shota Arveladze

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xabaringiz bor, Toshkentning «Paxtakor» klubini 2017-2020 yillarda Shota Arveladze bosh murabbiy sifatida boshqargan va jamoa bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgandi. Ushbu mutaxassis yaqinda Rossiyaning «Krasnodar» klubida ish boshlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Avvalroq krasnodarliklar Viktor Goncharenko iste’fosidan keyin bo‘shab qolgan lavozimga aynan gruziyalik mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan «Sport-Ekspress» sayti Shota Yustinovichning futbolchilik va murabbiylik faoliyatiga nazar tashlashga qaror qildi.


Futbolchilik faoliyati

Joriy yilning 22 fevralida 49 yoshni qarshi oladigan Shota Arveladze Gruziya-ning mustaqillikka erishganidan keyingi tarixida «Milan»da ajoyib o‘yinlar namoyish etgan va ikki marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan Kaxa Kaladze hamda Giorgi Kinkladze bilan birga eng yorqin faoliyat yuritgan hamda muvaffaqiyat qozongan futbolchilardan biri sanaladi.

Shota Amsterdamning «Ayaks» klubida to‘rt mavsum (72ta gol urgan), keyin esa Shotlandiyaning «Glazgo Reynjers» jamoasida to‘rt yil (57ta gol) to‘p surgan. Niderlandiyada bir marta, Shotlandiyada esa ikki marta chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan. Turkiyada 1993/1994 yillar mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. E’tiborlisi, gruziyalik hujumchi bu nomga Istanbul shahrining kuchli uchligi jamoalari tarkibida emas, balki oddiygina «Trabzonspor» safida sazovor bo‘ldi.

Garchi Arveladze jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini 35 yoshda yakunlashiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa ham, uning o‘yinchilik faoliyatida eslashga arzigulik ko‘plab voqeliklar yuz bergan. «Ayaks»ga qarshi o‘yinlarni eslayman. Arveladze o‘shanda hujumchi uchun no-odatiy pozisiyani tanlaganligi bilan meni hayratda qoldirdi. U hujum ortida o‘ynadi. Shu bois, aka-uka de Burlar va Overmars hujum chizig‘ida o‘zlarini ko‘rsatishdi. Haqiqatan ham, Shotaga qarshi o‘ynash yoqimli edi», - deya yozgandi Shota to‘g‘risida rossiyalik sobiq himoyachi Vadim Yevseev «Instagram»dagi sahifasida.

Arveladze «Ayaks» va «AZ» klublarida birga faoliyat yuritgan Lui van Galni qadrlaydi. Qolaversa, mashhur niderlandiyalik murabbiyni o‘z ustozi deb ataydi. «Lui van Gal bilan ishlaganlarning barchasi sizga bir xil gapni aytadi. U menga ko‘p marotaba yordam berdi. OAVda Lui to‘g‘risida g‘alati maqolalar yozishsada, aslida u juda yaxshi inson. Ha, niderlandiyalik mutaxassisning ba’zilarga yoqmaydigan qarashlari bor. Balki, uning bu ko‘pchilikka ham yoqmas. Ammo u qanday bo‘lsa, shundayligicha qolaveradi», - degandi Arveladze «SE» nashriga bergan intervyularining birida.

Ta’kidlash joizki, Lui van Gal Shota Arveladzening taklifiga binoan, uning xayrlashuv o‘yinida Tbilisiga kelib, jahon yulduzlaridan tashkil topgan termani boshqargandi. O‘sha jamoa tarkibida rossiyalik Andrey Kanchelskis, niderlandiyalik Edgar Davids, Frank va Ronald de Burlar, daniyalik Mikael va Brayan Laudruplar, argentinalik Klaudio Kanidja, italiyalik Damiano Tommazi, nigeriyalik Tijani Babangida, turkiyalik Oryun Temizkano‘g‘li o‘ynashgandi. Umuman olganda, o‘sha jahon terma jamoasi safidan Shota Arveladze futbolchilik faoliyati davomida yo‘llari kesishgan ajoyib futbolchilar o‘rin olishgandi.

Aytish lozimki, bir paytlari Arveladze van Galni Moskvaning «Spartak»iga yuborishiga bir bahya qolgandi. Bu 2013 yilda sodir bo‘lgandi. O‘shanda birdan niderlandiyalik mutaxassisning «qizil-oqlar»ni boshqarishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Bu haqda gruziyalik murabbiy shunday deydi: «Bir kuni Valeriy Karpin bilan gaplashayotgandim, u Lui van Gal haqida so‘radi. U bilan bog‘lanmoqchi ekanligini aytdi. Men esa van Galning telefon raqamini topishga yordam berdim. Keyinchalik nima bo‘lgani, voqealar qanday rivojlanganini bilmayman».


Murabbiylik faoliyati

Shota Arveladze murabbiylik faoliyatini butsalarini mixga ilganidan keyinoq, ya’ni 2008 yilda boshladi. O‘sha yili «AZ»ni boshqarayotgan Lui van Gal Arveladzega yordamchi murabbiy bo‘lishni taklif qildi va qahramonimiz bunga darrov rozi bo‘ldi. Bir yil o‘tgach, niderlandiyalik mutaxassis iste’foga chiqarildi, ammo Shota Yustinovich Alkmaar klubida Ronald Kuman va Dik Advokat bilan birga faoliyat yuritishda davom etdi. Keyin esa Turkiyada besh yil davomida «Qayserispor», «Qosimposho» va «Trabzonspor» jamoalarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritdi.

Bundan tashqari, qisqa muddat Isroilning «Makkabi» (Tel-Aviv) klubini ham bosh­qardi. Keyin esa Toshkentning «Paxtakor» klubida 3,5 yil ishlagan Shota Arveladze ketma-ket ikki mavsum davomida (2019, 2020 yillar) «sherlar» bilan «dubl» qayd etdi - O‘zbekiston chempionligi va kubogini qo‘lga kiritdi.


Rossiya va «Krasnodar»

Shota Arveladze bundan o‘n yil oldin Rossiya futbolida faoliyat olib borishi ham mumkin edi. 2010 yili Rossiya terma jamoasini boshqargan Dik Advokat uni yordamchilikka chaqirgandi. «U murabbiylar shtabidan joy olishimni xohlagandi. Advokat hatto bu haqda fikrimni so‘radi va biz u bilan mavjud imkoniyatni muhokama qildik. Lekin o‘sha davr qanday bo‘lganligi o‘zingizga ma’lum... Bu haqda hattoki, o‘ylashga ham qo‘rqardim, umuman imkonsiz ish edi (Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarni nazarda tutmoqda - IF izohi). Dikka buni tushuntirmoqchi bo‘ldim, lekin avvaliga u hech narsani anglamadi, jahonning ko‘plab murabbiylari darhol bu taklifga rozi bo‘lishlarini aytdi. Lekin unga rad javobini berishimga to‘g‘ri kelgandi», - deydi gruziyalik mutaxassis.

Arveladzening so‘zlariga ko‘ra, u 2013 yildayoq «Krasnodar»ni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu haqda Shota Yustinovich shunday deydi: «Albatta, o‘shanda klub rahbariyatidan rasmiy taklif oldim, deb aytolmayman. Shunchaki, telefonda suhbatlashdik. Rossiya terma jamoasi bilan bog‘liq vaziyatda hammasi aniq edi - qarorni Advokat qabul qilardi. «Krasnodar»dan esa klub prezidenti emas, boshqa shaxs qo‘ng‘iroq qilib, rejalarim haqida so‘radi (o‘shanda Arveladze «Qosimposho» jamoasida faoliyat yuritardi - IF)».

Shota Arveladzening Rossiya janubidagi faoliyati yana keyinroqqa cho‘ziladigan ko‘rinadi. Chunki «Krasnodar» bosh murabbiy lavozimiga Daniel Farkeni tayinladi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 17:00, 23.01.2022. O'qildi: 2111 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.