Bugun 31 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • 3:1
      • Jenoa
  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

G‘alati “Barselona”

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / moliyaviy hisobotlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 

Qishki transfer oynasida ispan klubining kimlarni harid qilganidan xabaringiz bor. Klubning moliyaviy axvoli yomonligi haqida bir yildan beri gapirib kelamiz. Ammo kataloniyaliklar shunday holatda ham qo‘rqmay futbolchi sotib olmoqda. Jamoadagi futbolchilar soni ortib ketgan klubni tark etishni istovchilar esa topilmayapti. “Barselona” moliyaviy feyr pleyni muvozanatda ushlash uchun Koutinyodan vaqtinchalik bo‘lsada qutila olgani yaxshi bo‘ldi.

 

Barchasiga Bartomeu aybdormi?

“Barselona”da bir paradoksga ko‘zingiz tushadi. Bir tomondan, ko‘k-anorranglilar qishki transfer bozorining eng faol jamoalaridan biriga aylandi. Boshqa tomondan, sobiq rahbariyat faoliyati auditi natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Katalon klubi prezidenti Joan Laporta moliyaviy qarzdorlik haqida gapirdi.

 "Barsa"ning qarzi 1,35 milliard yevro. Oxirgi ikki mavsumdagi yo‘qotishlar 600 millionni tashkil etadi va bu summaning to‘rtdan bir qismi pandemiyadan ko‘rilgan zarardir. Auditorlar asossiz pul sarflashlari va yolg‘on bahonalar ostida to‘lovlar amalga oshirilganligini, shuningdek, transfer amalga oshirishda vositachilarga nisbatan oshirilgan foizlarni aniqladilar. Bunga Antuan Grizmanning "Atletiko Madrid"dan transferi bo‘yicha to‘lov sxemasi misol bo‘la oladi.

Bunday voqealar yashirin emas va uzoq vaqtdan beri ko‘pchilikka ma’lum. Rahbariyat va shaxsan sobiq prezident Xosep Bartomeuning ijobiy imidjini targ‘ib qilish uchun barchaga bir xil ish haqi dasturini oling. Yoki Arturni Pyanichga almashtirish, bu bir necha yillar davomida xarajatlarni taqsimlash va bitta moliyaviy davrda bir martalik foyda olish imkonini berdi. Endi ko‘k anorranglilar yangi prezidenti Laporta bu sxemani soxta deb hisoblashini, Bartameu boshchiligida ancha pul mablag‘i yo‘qolgani va buni tergovga olib borishi haqda aytdi.

  Umuman olganda, Bartomeuni ko‘pchilik insofsiz deb bilishadi, ammo uning jamoaga yordami tekkan kezlari bo‘lanini ham aytib o‘tish kerak. Endi yangi rahbar bir qator chora-tadbirlar, jumladan, qisqa muddatli qarzlarni restrukturizasiya qilish tufayli moliyaviy inqirozning oldini olishi va bu botqoqlikdan chiqib ketishi uchun murakkab sxemalarni ishlab chiqishlari kerak.

Misol uchun, Umtitining uzoq vaqtdan beri qutulishga urinayotgan yangi shartnomasi bilan bog‘liq paradoksal tuyulgan voqeani olaylik. Yoki faxriylar o‘z maoshlarini qisqartirishgan bir nechta holatlar, bu yangi kelganlar guruhini mavsum boshlanishidan oldin qaydnomaga qo‘shish imkonini berdi va ularning maoshlarini La Ligadagi joriy ish haqi chegarasiga moslashtirdi. Faqat bu umuman xayriya emas, kelajakda Jerar Pike, Xordi Alba va boshqa futbolchilar avvalgidek maosh olishadi. Bu ko‘rsatkichlarning barchasi kataloniyaliklarning yanvardagi transfer bozorida ishlagan ko‘lamiga unchalik mos kelmaydi.

 Usmon Dembele.

Fast-fud iste’mol qildi, mashg‘ulotlarga kechikdi va hozir u klub bilan janjallashib qolgan. Dembele 105 million yevroga tushdi va uning transfnridan klubdagilar 105 million marta afsuslangan bo‘lsa kerak.

Yozda - yangi jamoa qurish

Umuman olganda, yagona jiddiy transfer bu "Manchester Siti"dan Ferran Torresning 55 million yevroga harid qilgani bo‘lib, "Barselona" yozda uning transfer summasini to‘laydi. U hali ancha yosh va ispan futbolining umidli vakili hisoblanadi. Albatta uning transferi o‘zini oqlashi kutilmoqda.

   Hammasi aniq va mantiqiy, ammo bundan keyin Adam Traore kerakmi? Albatta, bu boshqa shogirdning qaytishi haqidagi go‘zal hikoya, ammo jismoniy qobiliyatlari va o‘yin aql-zakovati jihatidan ajoyib driblingi bilan Traore Torresdan sezilarli darajada pastroq. Agar "Barselona"da u qanot himoyachisi bo‘lib o‘ynamasa.

 Ammo bu holatda, “ko‘k-anorranglilar” futbolchini majburiy sotib olish shartisiz ijaraga olishgani o‘zlari uchun yaxshi bo‘ldi. Ya’ni hammasi Traorening qo‘lida. U o‘zini ko‘rsata olsa - to‘liq transfer yozda 30 million evaziga amalga oshirilishi mumkin.

 

Umuman olganda, transfer oynasining ohirgi soatlarida Obameyangning jamoaga kelishidan foyda bormi? U ajoyib futbolchi va katta nom ekanligi aniq, ammo 32 yoshli forvardning ancha dog‘langan obro‘si haqida nima deyish mumkin?

 

Pyer-Emerik Obameyang.

So‘nib borayotgan Obameyang. “Arsenal” yulduzi jamoa bilan kelishmovchiligi tufayli klubdan xaydalgan.

Muntazam intizom buzilishidan charchagan "Arsenal” o‘z sardorini oldingi xizmatlariga va bir yarim yil avval imzolangan yangi shartnomasiga tupurib, eshikdan chiqarib yubordi. Nafaqat klub - hatto Gabon terma jamoasi ham navbatdagi shov-shuvli kechadan keyin Obameyangdan voz kechdi. Agar biz futbolchi o‘yinlardan chetlatish haqida gapiradigan bo‘lsak, sodir bo‘lgan voqeani mahalliy favqulodda holat deb hisoblash mumkin edi, ammo asosiy yulduz Afrika kubogi boshlanishidan oldin termadan haydalgani esa butun dunyo futbol ishqibozlari uchun kutilmagan xabar bo‘ldi.

 Mish-mishlarga ko‘ra, "Barselona" Obameyang bilan shartnomaga intizomiy sabablarga ko‘ra shartnomani bekor qilish haqidagi bandni kiritgan.

Lyuk De Yong futbolchi Xavining o‘yin falsafasiga to‘g‘ri kelmasligi aniq, shuning uchun yozda jamoa qanday qayta qurishni hech kim bilmaydi. Hatto Frenki de Yong va Depay, shuningdek, Dest ham ortiqcha bo‘lib chiqishi mumkin. Albatta, optimistik yangiliklar ham bor. Masalan, yangi titul homiylari bilan tarixdagi eng yirik shartnomalarni imzolash haqida. Biroq, Chempionlar ligasiga yo‘l olish moliyaviy nuqtai nazardan prinsipial muhimligicha qolmoqda. Obameyang bilan shartnoma imzolanishi bu vazifa bajarilsagina o‘z samarasini beradi. Asosiysi, hujumchi o‘z kelajagini tanlaydi, chunki "Barselona"dagi muvaffaqiyatsizlik uning faoliyatiga nuqta qo‘yadi.

Manba: www.sport-express.ru
Kiritildi: 15:46, 04.02.2022. O'qildi: 8138 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.