Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Brayton 34 50
7 Chelsi 34 48
8 Brentford 33 48
9 Bornmut 33 48
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

MSN o‘rniga FOT. «Barselona»ning yangi hujum triosi nimalarni o‘zgartira oladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barselona» yanvar oyida hujum chizig‘ini tubdan yangiladi va yangi hujum triosini tashkil qildi. «Stadion.uz» nashri Xavining yangi o‘yinchilar bilan nimalarni o‘zgartira olishi haqida biroz fikr yuritishga qaror qildi.

Xavi «Barselona» boshqaruviga kelgan ilk kunlarida hujum chizig‘i bo‘yicha ko‘plab muammolargan duch keldi. Ispaniyalik mutaxassis asosiy o‘yinlarda gol urishga erishib, jamoasining g‘alabasiga yordam bergan Lyuk de Yongga ishonch bildirmadi. Usmon Dembele bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muammoga duch keldi va Xavi fransiyalik futbolchini jamoada qolishini, qolgan taqdirda ham ortiq maydonga tushirmasligini bildirdi. Ansu Fati jarohatlar bilan bog‘liq muammoga o‘ralashib qolgan. Natijada, murabbiy bazaga «La Masiya» tarbiyalanuvchilarini jalb qilishga majbur bo‘ldi - Yutgla, Abde, Akomach.

Biroq, bu futbolchilar bilan yuqori natijalarga erisha olmasligini payqagan klub rahbariyati yanvar oyida yangi goleador hujumchi sotib olishga qaror qildi. «Barselona» 21 yoshli Ferran Torres uchun «Man Siti»ga 55 million yevro to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu yosh va tajribali futbolchini qo‘lga kiritilishi, ko‘plab mutaxassislar tomonidan yaxshi qabul qilindi. Shundan so‘ng, «ko‘k-anorranglilar» klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Adama Traoreni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib oldi. Agar, Adama Kataloniya klubi safida yaxshi natijalar ko‘rsata olsa, «Barsa» uni yozda to‘liq sotib olishi haqidagi band shartnomaga kiritildi. Shuningdek, transfer oynasini so‘nggi kunida erkin agent sifatida «Arsenal»ni tark etgan va London jamoasi bilan ko‘plab muammolarga duch kelgan Pyer-Emerik Obameyangni o‘z safiga qo‘shib oldi. Natijada «Barselona» yangi hujum triosini shakllantirdi. E’tiborli tomoni shundaki, yuqorida nomi keltirilgan har uch futbolchi ham yaqin-yaqingacha Angliya Premyer-ligasida o‘ynagan. Albatta, bu MSN triosi emas, lekin FOT nomi ostida tashkil etilgan yangi uchlik ko‘plab raqiblarga qiyinchilik tug‘dirishi tayin.

Eng qizig‘i, Xavi Traoreni qanday pozisiyada o‘ynatadi degan savol bor. Adama ham xuddi Ferran Torres kabi o‘ng qanot hujumida o‘ynashdi. Har ikki futbolchini katta umidlar bilan qo‘lga kiritgan jamoa qaysi ftbolchiga ishonch bbildiradi?! Ana shu savol ochiq! Tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, kataloniyaliklar ijara asosida o‘ynaydigan futbolchiga emas, balki allaqachon to‘liq sotib olingan yosh ispaniyalikka ko‘proq ishonch bildirishi mumkin. Shuningdek, ulardan birini chap qanot hujum chizig‘ida o‘ynatishi ham mumkin, ammo Xavi Kuman iltimosiga ko‘ra shartnoma imzolangan Depayga, jarohatini tiklagandan so‘ng, asosiy tarkibga qaytishi kutilayotgan Fati uchun qayerdan joy topish haqida o‘ylashiga to‘g‘ri keladi.

Albatta, Depay markazda o‘ynasa bo‘ladi. Golland futbolchisi bu o‘rin uchun Obameyang bilan kurash olib boradi. Gabonlik futbolchining o‘yin uslubini kuzatib borish qiziq bo‘lsa kerak. Chunki, so‘nggi mavsumda «Arsenal»da deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchi Kataloniyada nimalarni qoyillatishi mumkin?! Ammo, Pyer-Emerikning o‘yin salohiyatini hisobga olib aytishimiz mumkinki, Gabon terma jamoasi sardori «Barsa» safida yarim mavsum davomida kamida 10+ gol urishni uddalasa kerak. Qolvayersa, Ispaniya La Ligasi o‘yin borasida Angliya Premyer-ligasidan pastroq. Obameyang esa 32 yoshda va u yana bir-ikki yil yuqori darajada o‘ynashi mumkin. Esingizda bo‘lsa, avvaliga Xavi Alvaro Moratani sotib olishni xohlagan edi, ammo klub rahbariyati «Real»ning sobiq hujumchisi transferi borasida «Atletiko» va «Yuventus» bilan kelisha olmadi. Alvaroning ham yoshi deyarli Pyer-Emerik bilan deyarli bir xilligini hisobga olsak, «Barsa» muxlislari Morata borasida xafa bo‘lmasa ham bo‘lishadi.

Har holda, Xavi endi asosiy tarkibga qanday futbolchini qo‘yish haqida emas, aksincha kimni tushirish haqida bosh qotirishidan xursand bo‘lishi mumkin. Ammo, deyarli top bo‘lmagan hujumchilar bilan murabbiydan qandaydir natija talab qilish qiyin.

Xavi jamoaga kelgan zahoti o‘zi uchun kashf qilgan futbolchi Abdening taqdiri  biroz qiyinlashdi. Abdeda ajoyib iqtidor borligi aniq, ammo endi asosiy tarkibdan joy uchun kurashish futbolchiga ancha qiyin bo‘ladi. Yaqinda uning asosiy tarkib uchun kurashayotgan raqiblari unchalik mashhur futtbolchilar emas edi. Ammo, hozir Angliya Premyer-ligasida o‘ziga yarasha nom qozongan futbolchilar bilan kurashishga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan, raqobat Abde o‘sishiga yordam berishi.

«Barselona» rahbariyatiga yanvar oyidagi transferlar uchun eng yuqori bahoni berilishi mumkin. Kataloniyaliklar katta byudjetga ega bo‘lmasdan turib, yillar davomida yopishi kerak pozisiyani yosh va istiqbolli ispaniyalik futbolchi bilan to‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi, shuningdek, hujumda yana ikkita bo‘sh o‘rinni mustahkamladi. Bu yog‘iga Xavi jamoani to‘g‘ri boshqarishi va La Liganing kuchli 4 taligidan joy olishi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 16:04, 04.02.2022. O'qildi: 6130 marta. Fikrlar: 18 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик