Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yulian Brandt: «Raqib tajovuzkor ekanimizni his qilishi kerak»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Yulian Brandt RN nashriga bergan intervyusida suhbatdoshining turli mavzudagi savollariga javob qaytardi.

- Frankfurtdagi g‘alabadan so‘ng (2022 yil 8 yanvar. «Ayntraxt» - «Borussiya Dort­mund» - 2:3), Erling Xolanddan «Tvitter»da sochini kaltalatishini so‘rashdi. U esa oddiygina «yo‘q» deb javob berdi. Sizning sochingiz ham sezilarli darajada o‘sibdi. Muxlislar nima deyishyapti?

- Bu borada fikrlar turlicha (kuladi). Ko‘rinib turibdiki, kalta soch turmaklari hozir ancha urf bo‘lgan. Ammo Erlingning javobi ham yomon emas.

- Ayrim sportchilar o‘zgarish istagini ko‘rsatish uchun tashqi ko‘rinishiga o‘zgartirishlar kiritishadi. Sizni bunga nima undadi?

- Sochimni o‘stirishimga alohida sabab yo‘q, bunda hech qanday yomonlik yoki xavfni ko‘rmadim. Erling 2020 yil mart oyidan, koronavirus pandemiyasi boshlangan paytdan beri sochini o‘stiradi. Birinchi karantin paytida biz kuniga ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazardik. O‘shanda Xoland o‘saversin, deb aytgandi. Uning uchun bu uzoq muddatli loyiha. Menda ham 8-9 oydan beri davom etmoqda. Lekin bu haqda o‘ylaydigan darajada bekorchi emasman: maydonda ahmoqqa o‘xshayman va endi yana kalta soch bilan yugurishim kerak.

- O‘tgan mavsum ishlaringiz unchalik yurishmadi. Qayerda xato qildingiz?

- Bu yerda gap ko‘plab mayda detallardadir. Men uchun juda qiyin bo‘ldi, chunki mavsum tomoshabinlarsiz o‘tgan o‘yinlar bilan yakunlandi. 50, 60 yoki 80 ming muxlis ko‘z oldida o‘ynashni afzal ko‘rishimni yashirmayman. Shunday bo‘lsada, shaxsan meni qiziqtirgan boshqa narsalar ham bor edi, albatta. Bu mutlaqo mening yilim emasdi. Oddiy tartibsiz hayotga kirisholmadim va o‘zim bilan kurashdim. Har holda, «jarlik»ka tushib qolgandan so‘ng, undan chiqish unchalik oson emas. Boz ustiga, murabbiy Lyusyen Favr Edin Terzichga almashtirildi. Natijada, menga to‘g‘ri kelmaydigan bir nechta o‘zgarishlar kuzatildi. Hammasini qanday bo‘lsa, shunday qabul qilaman, deb o‘zimga qasam ichdim. Bu men uchun yaxshi tajriba bo‘ldi, shu tufayli ko‘p narsalarni o‘rgandim. Ko‘pchilik sizni qiynashni yoki klubda kelajagingiz borligini so‘rashni boshlasa, oson emas ekan. Bu meni butunlay shakllantirdi. Endi esa hammasini ortda qoldirib, faqat oldinga qarayman.

- Marko Rozening aytishicha, jamoa muvaffaqiyatsizliklardan keyin, jumladan, butun 90 daqiqa davomida yaxshi kurashishni o‘rganishi kerak. O‘yindagi xatolardan qanchalik g‘azablanasiz? Ularni qanchalik tez unutasiz?

- Bizning hozirgi o‘yin falsafamiz bunga yordam beradi. Murabbiy xatolarni zudlik bilan unutib, darhol raqibga yana bosim o‘tkazishimizni talab qilmoqda. Demakki, nima bo‘lishi haqida uzoq o‘ylamasligingiz kerak. Shaxsan men tavakkal qilishni afzal bilaman. Orqaga to‘p uzatishni yoqtirmayman va bu hech qachon mening tabiatimda bo‘lmagan. Natijada, ehtimol, xatolar ko‘proq bo‘lar, lekin eng muhimi - reaksiya. O‘zim bilan umuman ziddiyatga kirishmayman, lekin «Gerta» bilan o‘yindagi kabi xatolarim o‘tkazib yuborilgan gollarga olib kelsa yoki salbiy oqibatlarga sabab bo‘lsa, albatta, xavotirga tushaman. O‘shanda o‘yindan so‘ng juda ranjidim. Qanday bo‘lmasin, old chiziqdagi harakatlarim bilan farq yaratishga harakat qilaman. Axir bu mening ishim. Albatta, xatolar sonini imkon qadar kamaytirish maqsadim ham bor.

- Koronavirus hayotingizni qanchalik o‘zgartirdi?

- Odamlar ko‘proq o‘zlariga e’tibor berishadi. Bu haqiqiy tajriba. Hozir ko‘p vaqtimni uyda o‘tkazyapman. Oilam davrasida o‘tkazgan onlar men uchun yanada qadrliroq bo‘ldi. Ota-onam ikki yildan beri stadionga kelishmagan va biz bir-birimizni kamroq ko‘ra boshladik. Ikki yarim yildan beri shu yerdaman. Bu vaqt ichida 8-9 oy davomida «Borussiya» stadioni muhitini to‘liq his qila oldim va bu, albatta, rostini aytsam, ancha achinarli. Jud Bellingem kabi bir qator futbolchilarimiz hech qachon muxlislarga to‘la stadionda o‘ynashmagan. Siz buni shunday qabul qilasiz. Shaxsan men bu mavzuga unchalik ahamiyat bermayman. Faqat tunnel oxirida yorug‘lik paydo bo‘lishiga umid qilaman. Yozda muxlislar stadionga borishdi, qishda esa yana yopildi. Umid qilamanki, kelajakda yaxshiroq yechimlar topiladi.

- «Ayaks» bilan o‘yin oldidan jamoaga kirib kelgan «kichik kirlar» haqida gapirgandingiz. Mavsumning ikkinchi yarmida muvaffaqiyat qozonish uchun «Borussiya»ning o‘yini qanchalik «iflos» va qanchalik «toza» bo‘lishi kerak?

- To‘p bilan iloji boricha sokin, to‘psiz esa, mos ravishda, tajovuzkorroq bo‘lish kerak. Albatta, bu o‘rinda gap raqibni sindirish yoki sariq kartochka olish haqida ketmayapti. Raqib bizni o‘zidan ancha «qo‘pol»roq ekanimizni his qilishi kerak. Lekin raqibga bu tarzda ta’sir o‘tkazish uchun qo‘lidan kelganini qiladigan emas, aksincha, ko‘plab yaxshi futbol o‘ynashni xohlaydigan futbolchilarga ega jamoamiz. Bu meni, Rafael Gerreyroni yoki Torgan Azarni Arturo Vidalga aylantirmaydi. Ushbu yo‘nalishni qisman bo‘lsa-da yaxshilashimiz biz uchun juda muhim. Va, menimcha, tajovuzkorlikni oshirishimiz mumkin. Chunki bu bizning to‘psiz o‘yinimizga mos keladi. Shundagina o‘zimizni ko‘rsatish va ko‘p gol urish imkoniyati ortadi, Jud va Erling «Ayntraxt»ga qarshi o‘yinda pochin qilishgani kabi (kuladi).

- Mavsumning ikkinchi yarmida ko‘plab futbolchilar, jumladan, siz uchun ham ko‘p narsa xavf ostida qoladi. Kalit so‘z - bu jamoa. Siz esa unga noyabr oyidagina qaytdingiz, JCH-2022 saralash bosqichini va 14ta o‘yin-ni deyarli o‘tkazib yubordingiz. Tashqi kuzatuvchi bo‘lish qanday ekan? Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCHda qanday istiqbollarni ko‘rasiz?

- Albatta, bu men uchun noodatiy tajriba bo‘ldi. Ammo shu vaqt ichida ko‘p narsalarni o‘rgandim. Endi qaytdim va Xansi Flik bilan yaxshi aloqadaman. U darhol men bilan bog‘landi va ayrim jihatlarda o‘z nuqtai nazarini tushuntirdi. U mendan nima kutayotganini aniq aytdi. Hammada jamoaga kirish imkoniyati bor. Xansi barcha futbolchilarni diqqat bilan kuzatib boradi. Albatta, jahon chempionati - katta voqelik. Mundialda avval ham bo‘lganman, baribir, bu men uchun bolalik orzum edi. Biz yil boshida turibmiz, jahon chempionatigacha esa hali ancha bor.

- O‘sha vaqtgacha sochingiz qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

- (kuladi) To‘xtash vaqti keldi. Ular endi o‘smaydi. Men Erling kabi bo‘lmayman. Ularni yana kesib tashlaydigan vaqt keladi, chunki ortiqcha soch meni bezovta qiladi. Ammo hali qishdamiz, sochlar esa boshni issiq tutishga yordam beradi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:45, 05.02.2022. O'qildi: 1035 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.