Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"O‘zbek Messi"si - Jasur Jaloliddinov "Qayrat" jamoasini kuchaytira oladimi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov "Qayrat" jamoasining mavsumlar oralig‘idagi ilk yangi futbolchisi bo‘lsa kerak. Vesti.kz sayti muxbiri Moskvaning "Lokomotiv" klubida o‘ynagan va O‘zbekiston chempionatida tarix yarata olgan yosh futbolchi haqida mulohaza yuritadi.


O‘zbekistonni hayratda qoldirdi va dunyoning asosiy iste’dodlari ro‘yxatiga kirdi

Jussasi kichkina bo‘lgan yarim himoyachining iqtidori yoshligidayoq sezilgan. Jasur o‘zining 16 yosh 80 kunligida Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi safidagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi va Jasur shu tariqa O‘zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2019 yilning oktyabr oyida Britaniyaning nufuzli The Guardian nashri Jaloliddinovni 2002 yilda tug‘ilgan dunyoning eng iqtidorli 60 nafar futbolchilar ro‘yxatiga kiritdi. Hamyurtimizda juda yaxshi texnika, tezlik, kuchli zarba va oldindan aytib bo‘lmas qarorlar borligini, shuningdek, kelajakda uni ajoyib martaba kutib turganini taxmin qilindi.


"Lokomotiv" (Moskva)ga shov-shuvli o‘tish: asosiy tarkibda bitta ham maydonga tushmadi va transferi uchun million yevro.

Oradan bir yil o‘tib Jaloliddinov O‘zbekiston chempionatida o‘zini ko‘rsata oldi va Moskvaning "Lokomotiv" klubiga yo‘l olib, ajoyib sakrashni amalga oshirdi. Futbolchining vakili - Yuriy Belous (FK "Moskva" sobiq rahbari - muallif) o‘zbek iqtidori Portugaliyalik Joau Mariudan (Portugaliya terma jamoasi a’zosi) kuchli bo‘lishini va yaqin yillar ichida "Lokomotiv"ning asosiy futbolchilaridan biriga aylana olishini kamtarlik bilan ishontirdi.

Yakunda Jasur "Lokomotiv"ning rasmiy o‘yinlarida maydonga tushmadi, hatto RPL mavsumi uchun ro‘yxatdan ham o‘tkazilmadi. Rossiya matbuotining ta’kidlashicha, Yuriy Belous Vasiliy Kiknadze ("Lokomotiv"ning o‘sha paytdagi rahbari - muallif) bilan do‘st bo‘lgani uchun Jaloliddinov "temiryo‘lchilar" safiga o‘tgan. "Bu transfer - Jaloldinovni haqiqiy Messi deb qaror qilgan ikki kishi o‘rtasidagi kelishuv", - degandi "Lokomotiv"ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov.

Bundan tashqari, moliyaviy komponent qiziqarli edi. Xabar qilinishicha, Jasurga Turkiyaning "Beshiktosh" klubidan taklif bo‘lgan", biroq, turklar uning transferi uchun 300 ming yevro sarf qila olishlarini bildirishgan. Rossiya matbuotining ma’lumotiga ko‘ra, "Lokomotiv" Jasurning transferi uchun bir million dollarga yaqin mablag‘ sarf qilgan, bu summaning katta qismi shartnoma bo‘yicha agentlarga to‘langan komissiya puli bo‘lgan. O‘sha paytda bu transfer uchun O‘zbekistonda chinakam janjal kelib chiqdi. Ushbu transferdan so‘ng darhol "Bunyodkor" klubi bosh diretkori Ulug‘bek Mirzayev iste’foga chiqarildi va Jaloliddinovning ishi mahalliy federasiyada keng muhokama qilindi.


"Tambov", "Andijon", "Lokomotiv" (Toshkent)

"Lokomotiv" (Moskva) "O‘zbek Messi"sini "Tambov" klubiga ijaraga berib yubordi, biroq, hamyurtimiz u yerda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Jasur "Tambov"da atigi bir marta Rossiya Kubogi doirasida maydonga tushdi, xolos. 2021 yilning mart oyida esa O‘zbekiston Superligasida arang jon saqlab qolib, yangi mavsumda yaxshiroq o‘rinlar uchun kurashishni niyat qilgan "Andijon" jamoasiga safiga borib qo‘shildi. Jaloliddinov "Andijon" tarkibida oyiga 8 ming dollar maosh olib, birinchi davradan so‘ng, Toshkentning "Lokomotiv" klubi safiga tekinga o‘tib ketdi va mavsum oxirigacha toshkentlik "temiryo‘lchilar" safida to‘p surdi.



O‘yin uslubi va statistika

Muhokamalardan so‘ng futbolchi faoliyatining futbolga yaqin qismi haqida savol tug‘iladi: futbolchi Jaloliddinov haqiqatdan qanday? Masalan, "Lokomotiv"ning sobiq skauti Denis Kolev shunday degan:

"Men u o‘yinni yaxshi tushunadigan texnik futbolchi ekanligi haqida ijobiy tarif yozganman. Ma’lum darajada atletizm yetishmasligiga (ehtimol katta darajada) kam baho berganman.

Lekin men bu transferning istiqbolini biroz boshqacha ko‘rdim. Men Jaloliddinovni RPL klublariga emas, balki Sharqiy Yevropaning qaysidir mamlakatlariga, balki Belorussiyaga ijaraga berib yuborilishini hisobga olib yozganman.

Albatta, bu bitimning narxi 300 ming yevro bo‘lishini yozgandim. Men buni 300-400 ming yevro miqdoridagi xavf bor deb yozganman" - dedi Kolev.

Aytib o‘tganimizdek, Jaloliddinov hech qachon Rossiya chempionati darajasida o‘ynay olmadi. U O‘zbekiston chempionati va Kubok bahslarida 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol kiritdi va to‘rtta golga assistentlik qildi. Milliy terma jamoasi tarkibida esa atigi bir marta - 2020 yili Belorussiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan, xolos.

U "Qayrat"ga kerakmi?

Olma-ota klubi turli mamlakatlardan "bo‘lajak Messi"ni yig‘adi, degan hazil ibora yana dolzarbligacha qolmoqda. Negaki, O‘zbekistonda argentinalik daho bilan chinakam qiyoslangan Jaloliddinovdan tashqari, "Qayrat"da tarkibida "Qirg‘izistonlik Messi" - Guljigit Aliqulov va "Qozog‘istonlik Messi" - Yerkebulan Seydaxmetlar bor.

"Qayrat"dan futbolchilarning ommaviy ravishda ketishi munosabat bilan hozirda deyarli har bir transferlar batafsil o‘rganib chiqilmoqda. Bir tarafdan, "Qayrat" tarkibida chap oyoq yarim himoyachilari yo‘q va bu hujumga o‘zgaruvchanlikni oshirishi mumkin. Lekin, yana bir tarafdan, Jaloliddinov jamoani kuchaytira oladi deb ham bo‘lmaydi. Statistik va o‘yin ko‘rsatkichlari bo‘yicha u hali Aliqulov yoki Seydaxmetdan kuchli emas.

Ammo, "Qayrat"ning qishki transfer kampaniyasi - o‘sishi mumkin bo‘lgan yosh, arzon futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

P.S: Jasur Jaloliddinovga Qozog‘iston chempionatidagi o‘yinlariga omad tilaymiz!

Kiritildi: 22:20, 07.02.2022. O'qildi: 2764 marta. Fikrlar: 23 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик