Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Lokomotiv» 20 yoshda, barcha «temiryo‘lchilar»ga yubiley muborak!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Lokomotiv
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bundan 20 yil muqaddam, 2002 yilning 14 fevral kuni «Lokomotiv» futbol klubiga asos solingan edi.

Ya’ni 14 fevral kuni klub tashkil etilgani to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan va oradan bir kun o‘tib 15 fevralda 234-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgandi. Shundan beri mana 20 yildirki «Lokomotiv» futbol klubi O‘zbekiston futbolida faoliyat yuritib kelmoqda. Bilasizmi, avvaliga klub «Davr-Lokomotiv» nomi ostida Toshkent shahar ikkinchi ligasida o‘yinlarni o‘tkazgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay klub rahbariyati «Davr-Lokomotiv»ni «Lokomotiv»ga o‘zgartirishni lozim topgan va shundan beri klub nomi o‘zgarishsiz kelmoqda.

Yutuqlar

O‘tgan 20 yil ichida «Lokomotiv» bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bir boshdan boshlaydigan bo‘lsak: 2016, 2017, 2018 yillarda jamoa ketma-ket uch marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Shuningdek, vise-chempionlik ham uch bor qo‘lga kiritilgan: 2013, 2014 va 2015 yillarda «temiryo‘lchilar» ikkinchi o‘rin bilan kifoyalangandi. 2012 yilgi chempionatda esa «Lokomotiv» bironza medallarga sazovor chiqqan.

O‘zbekiston Kubogidagi yutuqlar ham uchtani tashkil etadi - 2014 yil Olmaliqda bo‘lib o‘tgan finalda «Loko» «Bunyodkor»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor "billur sovrin" sohibi bo‘lgandi. 2016 yilda jamoa Samarqandda «Nasaf»dan ustun kelib, yana Kubok sohibi bo‘ladi. Oradan bir yil o‘tib esa Toshkentda «Bunyodkor» mag‘lub etiladi va «Loko» uchinchi bor mamlakat Kubogini baland ko‘taradi. Mana shu final OFK prezidenti Shayx Salmon bin Xalifaning tashrif etgani bilan ham yodda qolgan. 2015 va 2019 yillarda esa «Lokomotiv» O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirok

«Lokomotiv» faoliyatida Osiyo chempionlar ligasi ham muhim o‘rin tutadi. Xususan jamoa ketma-ket besh yil OCHL guruh bosqichida o‘ynagan va bu 2015-2019 yillarni o‘z ichiga oladi. Lekin «temiryo‘lchilar» faoliyatida 2016 yilgi mavsum alohida ahamiyat kasb etadi. O‘shanda «Loko» guruhdan chiqibgina qolmay, musobaqaning chorak finaliga qadar yetib borgandi.

2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasini yodga oladigan bo‘lsak, jamoamiz guruh bosqichida Saudiya Arabistonining eng nomdor klublaridan biri "Al Ittihod"ni mag‘lub etib, nimchorak finalda kimsan "Al Hilol"dan ustun kelgandi. Va faqatgina chorak finalda «temiryo‘lchilar»dan biroz omad yuz o‘girib, BAAning "Al Ayn" klubiga kichik hisobda imkoniyatni boy berganmiz.

Buyuk qaytish

Albatta, klub tarixida omadsiz mavsumlar ham bo‘lgan, chunki sportda g‘alaba va mag‘lubiyat ko‘pincha yonma-yon yuradi deyishadi va bundan qochishning imkoni yo‘q. Bugun siz cho‘qqida bo‘lsangiz, ertaga pastda bo‘lib qolishingiz mumkin. Xususan 2010 yilgi mavsum ham «Lokomotiv» uchun muvaffaqiyatsiz kelib, jamoa oliy ligadan birinchi ligaga tushib ketgandi.

Lekin bu omadsizlik uzoq cho‘zilmadi va jamoa bir yil ichida «temiryo‘lchilar» yana oliy ligaga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. «Loko» qaytganda ham oddiy qaytmadi, balki kuchli jamoa bo‘lib, ya’ni chempionlikka kurashadigan jamoa sifatida katta sakrashni amalga oshirdi. Klubga futbolni astoydil sevuvchi rahbariyat va homiylarning jalb etilishi «Lokomotiv» uchun yangi tarix yozishga sabab bo‘ldi. Aynan shundan keyin jamoaning yutuqli mavsumlari ko‘rina boshladi.

Gvardiyachilar

O‘tgan 20 yil ichida «Loko» safida bir qancha yulduz futbolchilar to‘p tepishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan jamoamiz safida eng kp o‘tkazgan futbolchi Islom To‘xtaxo‘jayev hisoblanadi. U birgina oliy ligada 192ta bahsda «Loko» sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev, Ignatiy Nesterov, Sadriddin Abdullayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Marsel Idiatullin, Oleg Zoteev, Sardor Mirzayev kabi futbolchilar ham «temiryo‘lchilar» safida maydonga tushish bo‘yicha rekordchilar hisoblanadi.

Jamoa tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchi Marat Bikmayev bo‘lib, uning hisobida barcha musobaqalarda kiritilgan 72ta gol bor. Bu borada keyingi o‘rinni 67ta gol bilan Temurxo‘ja Abduxoliqov egallab turibdi. Bugungi kunda «Lokomotiv» futbol maktabida bolalar murabbiyi bo‘lib ishlab kelayotgan Marsel Idiatullin esa 52ta gol urgan.

Bundan tashqari «Loko» libosida eng ko‘p gol urgan funbolchilar orasida Farhod Tojiyev, Sanjar Shoahmedov, Sardor Mirzayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Ivan Nagayev, Olim Navkarov va Zayniddin Tojiyevlar ham bor.

Maqolamiz so‘nggida «Lokomotiv» futbol klubini, jamoaga bee’tibor bo‘lmagan ishqibozlarni hamda barcha «temiryo‘lchilar»ni klubning 20 yillik to‘yi bilan muborakbod etib qolamiz. «Lokomotiv» doim olg‘a qadam bosishda davom etsin!

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 13:43, 15.02.2022. O'qildi: 1520 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик