Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kontening xafsalasi pir bo‘ldi. «Tottenxem»ning muammolari nimada?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Tottenxem» muxlislari ham o‘z sevimlilarining yaxshi natijalarga erisha olishidan umid qilmay qo‘ydi. Nunu Eshpiritu Santuning ishdan bo‘shatilishi va Antonio Kontening uning o‘rniga tayinlanishi jamoaning natijalarini barqarorlashtirmadi. Aksincha, 23 yanvardan keyin «shporlar»ning Premyer-ligadagi natijalari butunlay pasayib ketdi - 5 uchrashuvda 4 ta mag‘lubiyat. Bu seriyadagi yagona g‘alaba «Manchester Siti» ustidan qozonilgan. Biroq, klub muxlsilari bunday g‘alabalarni «Sautgempton», «Vulverxemton» va «Byornli» ustidan erishilgan g‘alabalarga almashtirgan bo‘lardi...

Kontening «tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi»

Italiyalik futbolchi 2021 yilning noyabr oyida «Tottenxem» boshqaruviga tayinlanganidan beri jamoa barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta g‘alaba, 3 ta durang va 7 bor mag‘lubiyatga uchragan. «Shporlar» 39 ochko bilan APL turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. Chempionlar Ligasi zonasidan zahiradagi ikkita o‘yin bilan 7 ochko ajratib turibdi.

Bunday holatlar klubga aloqador barcha muxlislardan tortib, menejerlargacha allaqachon jamoaning YECHL yo‘llanmasiga ega chiqishiga shubha qilmoqda. O‘z vaqtida Konte klubga g‘alaba qozongan, tajriba va murabbiylik mahorati orqali natija bera oladigan murabbiy sifatida taklif qilingan edi, ammo Antonioning o‘zi ham jamoasi bilan biror natijaga erishishiga shubha bilan qaramoqda. 23 fevral kuni «Byornli»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng murabbiy shunday dedi:

«Men bu yerga klubga yordam berish uchun keldim, agar muammo murabbiyda bo‘lsa, men ketishga tayyorman, muammo yo‘q. Men bu holatga o‘rganmaganman. Qo‘limdan kelgancha harakat qilyapman, lekin vaziyat o‘zgarmayapti. Men klub nima istayotganini muhokama qilishga tayyorman. Men klubga yordam berishni xohlayman, qattiq ishlayman, juda qattiq ishlayman, kuniga 20 soatimni «Tottenxem»ga bag‘ishlayman va qolgan to‘rt soatini uxlayman, ammo bu yetarli emas.

Balki yaxshi o‘yin namoyish etgandirmiz, ammo mag‘lub bo‘ldik. Men uchun bu qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Beshta o‘yindan to‘rttasida mag‘lub bo‘lish «Tottenxem» uchun falokat hisoblanadi.

Men haqiqatan ham vaziyatni yaxshilash uchun keldim. Balki men hozir vaziyatni unchalik yaxshi o‘zgartira olmayotgandirman. Men ko‘zlarimni yumib, shunday davom etib keta olmayman, chunki men juda halolman.

Biz, albatta, klub bilan gaplashib, eng to‘g‘ri yo‘l topishga va jamoani bu vaziyatdan olib chiqishga harakat qilamiz. Hozir buning uchun to‘g‘ri payt. Men juda xafaman. Oxirgi beshta o‘yinda xuddi tirik qolish uchun kurashayotgandek o‘ynadik. Haqiqat shu. Ehtimol, biror narsani noto‘g‘ri qilayotgandirmiz.

Men mas’uliyatni o‘z zimmamga olmoqchiman. Agar shunday bo‘lsa, men har qanday qarorga tayyorman. Men mag‘lub bo‘lishni yomon ko‘raman. Ayni damda maoshimni olishga loyiq emasman. Bunday o‘yin bilan biz 10, 12, 13-o‘rinlarni egallashimiz mumkin. Men jamoaga kelganimdagi o‘rni bilan mavsumni yakunlashimiz mumkin»

Oldinda «Tottenxem»ni «Lids», «Midlsbro» (Angliya kubogida), «Everton», «Manchester Yunayted» va «Brayton» bilan o‘yinlar kutib turibdi. Bunday omadsiz o‘yinlar seriya jamoaning keyingi o‘yinlariga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Keyn yana «to‘nini teskari kiyib oldi»

Kontening fikri jamoaning futbolchilariga ham ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Xususan, The Express nashri italiyalik murabbiyning so‘zlaridan so‘ng, Kontening ehtimoliy ketishi Xarri Keynning ham jamoadan ketishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Hujumchi o‘tgan yozda «Tottenxem»ni tark etishni xohlaganiga hech qanday shubha yo‘q. Futbolchi «Manchester Siti» uning transferi bo‘yicha harakatni boshlaganidan so‘ng jamoa mashg‘ulotlariga kelmay qo‘ydi. «Shporlar» rahbariyati qanday qilib bo‘lmasin Xarrini jamoada olib qoldi. Futbolchi bundan norozi bo‘ldi va shu sabab Nunu boshqaruvi paytida Xarrining natijalarida keskin tarzda pasayish kuzatildi.

Kontening tayinlanishi hujumchini yana ruhlantirdi va u yana tez-tez gol ura boshladi. Matbuotning yozishicha, agar Konte London klubidan ketsa, Keyn ham yozda jamoani tark etishga qaror qiladi.

Uchta variant

Matbuot Xarri o‘tishi mumkin bo‘lgan uchta klub nomini ma’lum qildi. Birinchi variant – «Manchester Siti». Pep Gvardiola haqiqiy markaziy xujumchisiz yaxshi natijalar ko‘rsatishiga qaramay, bu pozisiya uchun hujumchi sotib olish kerakligini ta’kidlamoqda. «Siti»ning yozda Keynni qo‘lga kiritish borasidagi urinishlari haqida so‘ralganda, ispaniyalik mutaxassis shunday javob berdi:

«Biz Keyn bilan shartnoma imzolashga harakat qildik, ammo kelishuv amalga oshmay qoldi, chunki «Tottenxem» uni sotishni istamadi. Biz o‘z tarkibimizga nazar tashladik va jamoamiz butun mavsum bir xil saviyada o‘yin ko‘rsatishiga ishonchimiz komil emas edi».

Hozircha ekspertlarning fikricha, Gvardiola jamoasiga o‘tish orqali, Keynning barcha orzusiga erishishiga shubha yo‘q, chunki «Man Siti» bu mavsumda yana Angliya futbolida dominant jamoa sifatida o‘zini namoyon qilmoqda.

Ikkinchi variant - «Manchester Yunayted». «The Express»ning ta’kidlashicha, «Manchester Yunayted» yozda hujumchi sotib olishga harakat qiladi, chunki ularga goleador markaziy hujumchi kerak. Edinson Kavanining shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi, agar «qizil iblislar» safini Krishtianu Ronaldu ham tark etishga qaror qilsa, ular yangi futbolchi sotib olishga majbur bo‘lishadi.

Biroq, angliyalik ekspertlarning fikricha, Keyn ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritish istaydi va bu transfer amalga oshmasligi mumkin. Chunki «Yunayted» 2017 yilda Yevropa ligasida g‘olib chiqqanidan buyon hech bir musobaqada g‘alaba qozona olmadi. Kelgusi yoki ikki yil ichida ham buning amalga oshishiga shubha bor.

Uchinchi variant - «Real». «Shporlar» Premyer-ligadagi raqiblarini kuchaytirishni istamasligi «Madrid»ning Keynni qo‘lga kiritish imkoniyati ko‘proq ekanligini anglatishi mumkin.

Kilian Mbappe va Erling Xoland «qaymoqranglilar» uchun muhimroq transfer maqsadlari sifatida ko‘rilmoqda, ammo rejalardagi har qanday o‘zgarishlar, kimningdir rad etishi yoki kutilmagan holatlar Madrid klubini Keyn nomzodiga olib kelishi mumkin. Kuzatamiz.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

 

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 14:51, 26.02.2022. O'qildi: 3648 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик