Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 18.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • 1:0
      • Yuventus
      • 18.01.2026 16:30
      • Parma
      • 0:0
      • Jenoa
      • 18.01.2026 19:00
      • Bolonya
      • 1:2
      • Fiorentina
      • 18.01.2026 22:00
      • Torino
      • 0:2
      • Roma
      • 19.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:0
      • Lechche
      • 19.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Verona
      • 20.01.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Komo
  • La-liga
      • 18.01.2026 01:00
      • Betis
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 18.01.2026 18:00
      • Xetafe
      • 0:1
      • Valensiya
      • 18.01.2026 20:15
      • Atletiko
      • 1:0
      • Alaves
      • 18.01.2026 22:30
      • Selta
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 19.01.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • 2:1
      • Barselona
      • 20.01.2026 01:00
      • Elche
      • -:-
      • Sevilya
  • APL
      • 18.01.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:0
      • Nyukasl
      • 18.01.2026 21:30
      • Aston Villa
      • 0:1
      • Everton
      • 20.01.2026 01:00
      • Brayton
      • -:-
      • Bornmut
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 20 49
2 Real Madrid 20 48
3 Vilyarreal 19 41
4 Atletiko 20 41
5 Espanyol 20 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Real Sosyedad 20 24
9 Atletik Bilbao 20 24
10 Jirona 20 24
11 Elche 19 23
12 Osasuna 20 22
13 Rayo Valyekano 20 22
14 Malyorka 20 21
15 Xetafe 20 21
16 Sevilya 19 20
17 Valensiya 20 20
18 Alaves 20 19
19 Levante 19 14
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Espanyol 0-2 Jirona
20-тур Real Madrid 2-0 Levante
20-тур Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
20-тур Osasuna 3-2 Real Ovyedo
20-тур Betis 2-0 Vilyarreal
20-тур Xetafe 0-1 Valensiya
20-тур Atletiko 1-0 Alaves
20-тур Selta 3-0 Rayo Valyekano
20-тур Real Sosyedad 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Daydi o‘g‘il» Londonga qaytishni istamoqda. Azar «Chelsi»da o‘z karyerasini tiklay oladimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Insayder Xose Feliks Diasning so‘zlariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi Eden Azar Londonning «Chelsi» klubiga qaytishi mumkin. Futbolchi Tomas Tuxel bilan ishlashni istamoqda. Yana bir ishonchli manba - jurnalist Ramon Alvares de Montning aytishicha, «Real» va «Chelsi» allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan.

«Real Madrid» Xoland transferi uchun Azardan voz kechishga tayyor

• Azarning maoshi juda katta va Peres uchun Kilian Mbappe va Erling Xolandni bir vaqtning o‘zida qo‘lga kiritish uchun belgiyalikdan qutilishi kerak bo‘ladi. Eden soliqlarni hisobga olmaganda yiliga taxminan 15 million yevro maosh oladi. Shuningdek, «qirollik klubi»ning yana bir a’zoasi Garet Beyl ham shuncha miqdorda ish haqi oladi va bu ikki futbolchi «Real»dagi eng yuqori maosh oladigan futbolchilardan biri hisoblanadi. Ikkisi ham madridliklar safida unchalik ko‘p maydonga tushmaydi, lekin Garet bilan vaziyat hal bo‘lgan: Yozda uelslik futbolchi madridliklar safini erkin agent maqomida tark etadi.

• Edenning shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi va bu jamoa uchun katta muammo. «Real Madrid» Azarning noprofessionalligi va jarohatlarga moyilligi sabab undan hafsalasi pir bo‘lgan. Qolaversa, belgiyalik futbolchi sog‘lom bo‘lgan paytda ham unchalik foydasi yo‘q: u raqobatda Vinisiusga imkoniyatni boy berdi, o‘ng qanotda esa Anchelotti Rodrigo yoki Asensioni Edendan afzal ko‘radi.

 

• Azar bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan chiqishib ketmadi. Futbolchi maydonga tushirmayotgani uchun italiyalik mutaxassisdan juda norozi. Ispan nashrlarining ta’kidlashicha, Azar va Anchelotti nafaqat maydonda, balki  echinish xonasida ham bir-biri bilan kelishmaydi.  Shu sabab belgiyalik futbolchi madridliklar safidan ketish haqida o‘ylamoqda.

• «Real Madrid» Erling Xolandni sotib olmoqchi. Mbappe bilan shartnoma imzolanishi deyarli hal qilingandek ko‘rinsa-da, norvegiyalik haqidagi savollar hamon ochiq qolmoqda. Germaniyaning Bild nashri xabariga ko‘ra, Xoland uchun kurashda «Man Siti» peshqadam, lekin «Real Madrid» ham osonikcha taslim bo‘lmoqchi emas». Ammo, «qaymoqranglilar» Mbappening transferini inobatga olgan holda, 2022 yilning yozida Xolandni sotib olish kerakmi yoki yo‘qmi, hali qaror qilgani yo‘q. Ispan nashrlari xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» rahbariyati Xolanddan yana bir mavsum «Borussiya D» qolishini iltimos qildi. Ko‘ramiz, vaziyat qay tomonga o‘zgarar ekan?!

Erling «Real Madrid»ga juda qimmatga tushadi. To‘lovlarning ko‘pligi tufayli aniq raqamlar yo‘q – agent Mino Rayola va Xolandning otasi ham shartnomadan yaxshigina foyda ko‘rishi mumkin. Shu sabab, ispan klubi Azarni sotish orqali norvegiyalikning transferiga pul yig‘moqchi.

• Bonus - «Real» «Chelsi» himoyachisi Ris Jeymsga qiziqish bildirmoqda va u nazariy jihatdan Azar transferining bir qismi bo‘lishi mumkin. Ammo 22 yoshli ingliz futbolchisi Tuxel jamoasining muhim futbolchisi hisoblanadi, shuning uchun londonliklarning bu shartnomaga rozi bo‘lishi juda qiyin bo‘ladi. Buni «Real» prezidenti Plorentino Peres ham yaxshi tushunib turibdi va vaziyatni hozircha kuzatib turibdi.

Nega aynan Chelsi?

• Futbolchining o‘zi «Real» rahbariyatidan «Chelsi»ga qo‘yib yuborishini talab qilmoqda: Azar Tuxel bilan ishlashni xohlaydi va u o‘z karyerasini aynan eski klubida tiklay olishiga ishonadi. Londonga qaytish uchun Eden maoshining katta qismidan voz kechishga ham tayyor. Shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, hozircha futbolchini sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa da’vogarlar yo‘q.

 

• «Chelsi» ham Azarni qaytarishga tayyor, lekin «aristokratlar» belgiyalikka «Real»da oladigan maoshi kabi to‘lay olmaydi. Ba’zi manbalarning xabar berishicha, Beylning «Tottenxem»ga ijaraga berilishi haqidagi ssenariy takrorlanishi mumkin. Ya’ni yozda belgiyalik futbolchi katta ehtimol bilan «ko‘klar» safiga ijara asosida o‘tadi.

• Marca xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchining to‘liq transferi hali muhokama qilinmagan. Sababi «Chelsi» Eden bilan uzoq muddatli shartnoma imzolab, tavakkal qilishni istamayapti.

Azarning barcha muammolariga qaramay, Londonga qaytishi, yangi hikoyaning boshlanishiga o‘xshaydi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 20:39, 27.02.2022. O'qildi: 3752 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 19
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Вильярреал Alberto Moleyro 8
6 Бетис Kucho Ernandes 8
7 Осасуна Ante Budimir 8
8 Барселона Rafinya 7
9 Атлетико Xulian Alvares 7
10 Сельта Borxa Iglesias 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.