Bugun 2 noyabr, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.11.2026 00:45
      • Milan
      • 3:1
      • Inter
      • 01.11.2026 16:30
      • Komo
      • 1:0
      • Venesiya
      • 01.11.2026 19:00
      • Frozinone
      • 2:0
      • Torino
      • 01.11.2026 19:00
      • Lasio
      • 2:1
      • Kalyari
      • 01.11.2026 22:00
      • Lechche
      • 1:2
      • Jenoa
      • 02.11.2026 00:45
      • Yuventus
      • 2:0
      • Napoli
      • 02.11.2026 22:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Fiorentina
      • 03.11.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Parma
  • La-liga
      • 01.11.2026 01:00
      • Barselona
      • 6:1
      • Alaves
      • 01.11.2026 18:00
      • Xetafe
      • 3:1
      • Sevilya
      • 01.11.2026 20:15
      • Rasing
      • 0:3
      • Real Madrid
      • 01.11.2026 22:30
      • Elche
      • 0:1
      • Valensiya
      • 02.11.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 2:1
      • Real Sosyedad
      • 03.11.2026 01:00
      • Deportivo
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 01.11.2026 01:00
      • Aston Villa
      • 1:1
      • Fulxem
      • 01.11.2026 21:30
      • Liverpul
      • 0:1
      • Arsenal
      • 03.11.2026 01:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 01.11.2026 16:00
      • Lokomotiv
      • 1:2
      • OKMK

Aichi-Nagoya-ParaOsiyo-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 207 117 111 435
2 Yaponiya 64 60 62 186
3 O‘zbekiston 45 49 51 145
4 Hindiston 30 35 49 114
5 Janubiy Koreya 29 38 33 100
6 Eron 26 36 40 102
7 Tailand 19 40 66 125
8 Indoneziya 15 21 37 73
9 Qozog‘iston 12 16 22 50
10 Saudiya Arabistoni 8 8 1 17

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 25 58
2 Paxtakor 26 56
3 Navbahor 26 52
4 OKMK 26 45
5 Nasaf 26 42
6 Buxoro 26 42
7 Lokomotiv 26 40
8 Qizilqum 26 35
9 Dinamo 26 34
10 Andijon 26 31
11 So‘g‘diyona 26 30
12 Surxon 26 30
13 Bunyodkor 25 26
14 Qo‘qon-1912 26 24
15 Xorazm 26 23
16 Mash’al 26 4

O'tgan o'yinlar. 26-tur

26-tur Qo‘qon-1912 0-0 Qizilqum
26-tur So‘g‘diyona 1-1 Buxoro
26-tur Xorazm 0-1 Paxtakor
26-tur Surxon 1-1 Nasaf
26-tur Mash’al 0-3 Dinamo
26-tur Navbahor 1-0 Andijon
26-tur Lokomotiv 1-2 OKMK

Navbatdagi o'yinlar. 26-tur

14/11 00:00 Neftchi - Bunyodkor

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3330 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3839 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 02.11.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 02.11.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 02.11.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 02.11.2026

      05:30 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Барселоны" в Испании. Лучшие моменты.
      07:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Сантьяго.
      08:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Сантьяго.
      09:30 Снукер. Northern Ireland Open. Финал.
      11:00 Горнолыжный спорт. Зёльден. Женщины. Гигантский слалом. Кубок мира. 2-й заезд.
      11:45 Горнолыжный спорт. Зёльден. Мужчины. Гигантский слалом. Кубок мира. 2-й заезд.
      12:30 Снукер. Northern Ireland Open. Финал.
      14:30 Горнолыжный спорт. Зёльден. Женщины. Гигантский слалом. Кубок мира. 2-й заезд.
      15:30 Горнолыжный спорт. Зёльден. Мужчины. Гигантский слалом. Кубок мира. 2-й заезд.
      16:30 Снукер. Northern Ireland Open. Финал.
      18:30 Горнолыжный спорт. Зёльден. Женщины. Гигантский слалом. Кубок мира. 2-й заезд.
      19:15 Горнолыжный спорт. Зёльден. Мужчины. Гигантский слалом. Кубок мира. 2-й заезд.
      20:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Сантьяго.
      21:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Сантьяго.
      22:00 Горнолыжный спорт. Зёльден. Женщины. Гигантский слалом. Кубок мира. 2-й заезд.
      23:00 Горнолыжный спорт. Зёльден. Мужчины. Гигантский слалом. Кубок мира. 2-й заезд.
      00:00 Конный спорт. Конкур. Каир. Global Champions Tour.
      01:30 Снукер. Northern Ireland Open. Финал.
      02:00 Трейлраннинг.
      03:00 Трейлраннинг.
      04:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Noyabr, 2026
D S C P J S Y
           
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
           

Yevropada so‘nggi 10 yilda transferlar orqali eng ko‘p pul topgan klublar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Ko‘hna qit’a» futbolini biznesdan ajratish juda-juda mushkul. Ayniqsa, kuchli 5ta ligada kun ko‘rish uchun biznes yo‘nalishida ham aniq harakat qilish talab etiladi. Tadqiqotchilar APL, La Liga, «A» seriya, Bundesliga va Liga 1ning moliyaviy hisobotlarini o‘rganib chiqish asnosida oxirgi 10 yil davomida qaysi klublar biznesning transferlar bobida ishni a’lo darajada bajarganini aniqlashdi. Xo‘sh, bu davrda futbolchi oldi-sotdisi ortidan eng ko‘p foyda ko‘rgan kuchli 10talikda qaysi jamoalar bor?

10-o‘rin - «EMPOLI» (Italiya)

Xarajat: 75 mln. yevro

Daromad: 175 mln. yevro

Nisbat: +100 mln. yevro

«Empoli»da sotish masalasi hamisha birinchi raqamli maqsad sanalmaydi. Jamoa bir yilda transferlardan 1 million yevro topsa, keyingisida bu summa 20 «limon»ni tashkil etishi hech gap emas. Yana bir tomoni, kamtarin klub transferlarga ko‘p sarflamaydi, lekin kimnidir sotish imkoniyati tug‘ilsa, bu ishni paysalga solmaydi. Oxirgi eng yirik tushum Ismoil Bennosirning «Milan»ga transferidan tushdi - 12 million yevro.

 

9-o‘rin - «XOFFENXAYM» (Germaniya)

Xarajat: 227 mln. yevro

Daromad: 335 mln. yevro

Nisbat: +108 mln. yevro

Elit ro‘yxatga tushgan Bundesliganing yagona vakili. Zinsxaym jamoasi mavsum-2019|2020ning o‘zida Joelinton, Karim Demirbay, Niko Shuls va Nadim Amiri transferlari ortidan +100 million yevro yig‘di. «Xoffenxaym» bunga qadar Niklas Zyule va Sandro Vagnerni «Bavariya»ga manfaatli tarz­da pullagandi.

 

8-o‘rin - «SENT-ETYEN» (Fransiya)

Xarajat: 111 mln. yevro

Daromad: 222 mln. yevro

Nisbat: +111 mln. yevro

Liga 1 klubi reytingga asosan 2ta yirik transfer tufayli kirdi: Vilyam Saliba «Arsenal»ga, Vesle Fofana «Lester»ga jami 60 mln. yevrodan ko‘proqqa sotildi. «Sent-Etyen» kichik operasiyalarga e’tiborli. Ya’ni jamoa odatda futbolchilar transferida ko‘p qatnashadi.

 

7-o‘rin - «ATLETIK» (Ispaniya)

Xarajat: 109 mln. yevro

Daromad: 224 mln. yevro

Nisbat: +115 mln. yevro

«Atletik»ning asosiy falsafasi - moliyaviy tomondan mustaqil bo‘lish. Baskoniya klubi shuning barobarida kamdan-kam holda futbolchi sotadi. Qisqasi, bilbaoliklar bu ishga qo‘l urishdimi, katta foyda ko‘rishadi. Oxirgi 10 yillikdagi 2ta yirik transfer bunga dalil: «Chelsi» darvozabon Kepa Arrisabalaga uchun 80 million yevro to‘lagan bo‘lsa, «Manchester Siti» Emerik Lyaportga ega chiqish yo‘lida 65 «limon»­dan voz kechdi.

 

6-o‘rin - «MONPELYE» (Fransiya)

Xarajat: 89 mln. yevro

Daromad: 205 mln. yevro

Nisbat: +116 mln. yevro

Fransiyaning turli darajadagi klublari ko‘pincha aynan «Monpelye»dan futbolchi sotib oladi. Klubning o‘zi esa yangi iqtidorlar uchun deyarli pul sarflamaydi. Ko‘zga tashlangan oxirgi savdo - bu Gaetan Lyabordning «Renn»ga 15 «limon»ga pullangani,  yana Andi Delor kamroq summa evaziga «Nissa» tarkibini to‘ldirdi. Umuman, «Monpelye» deyarli har bir TB (transferlar bozori)da osongina 20 million yevrodan ko‘p topadi.

 

5-o‘rin - «ATALANTA» (Italiya)

Xarajat: 392 mln. yevro

Daromad: 554 mln. yevro

Nisbat: +162 mln. yevro

Bergamoliklar ayniqsa, oxirgi 10 yillikning o‘rtalarida juda ko‘p futbolchi sotishdi. So‘nggi ikki mavsumda esa faqat ortiqcha o‘yinchilarga javob berib, eng yaxshi ijrochilarni olib qolishga harakat qilishmoqda. Chunki hozirgi «Atalanta» «A» seriyada yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda.

 

4-o‘rin - «UDINEZE» (Italiya)

Xarajat: 244 mln. yevro

Daromad: 416 mln. yevro

Nisbat: +172 mln. yevro

«Udineze» - Italiyaning katta jamoalariga futbolchi yetkazib beruvchi «donor». Oxirgi yirik savdolar qatorida Rodrigo de Paulning «Atletiko» (35 million yevro) va Aleks Meretning «Napoli» (26 million yevro)ga transferini aytish mumkin.

 

3-o‘rin - «JENOA» (Italiya)

Xarajat: 265 mln. yevro

Daromad: 465 mln. yevro

Nisbat: +200 mln. yevro

Italiya grandlari uchun asosiy ta’minotchilardan biri. Genuya klubi butun Italiyadan pul yig‘adi. Oxirgi e’tiborli operasiya­lari - Eldor Shomurodovning «Roma» (17,5 million yevro), Kristian Romero va Nikolo Rovellaning «Yuventus» (31 va 23 million yevro)ga sotgani. Genuyaliklar yana ijara kelishuvlari bo‘yicha ham faol ishlashadi.

 

2-o‘rin - «LION» (Fransiya)

Xarajat: 439 mln. yevro

Daromad: 686 mln. yevro

Nisbat: +247 mln. yevro

Oxirgi dekadaga qarasak, faqat 1 yilda «Lion»ning transferlar bo‘yicha daromadi 10 million yevroga yetmadi. Umuman, bu davrda ajoyib kelishuvlar yetarli: «Arsenal» Aleksandr Lakazett uchun 55 million, «Bavariya» Korenten Tolisso uchun 25 million, «Barselona» Samuel Yumtiti uchun 25 million... Oxirgi yillarda esa «Lion» Tangi Ndombele («Tottenxem») va Forlan Mendi («Real») transferlaridan jami 100 million yevrodan ko‘p ishladi.

 

1-o‘rin - «LILL» (Fransiya)

Xarajat: 319 mln. yevro

Daromad: 668 mln. yevro

Nisbat: +349 mln. yevro

Futbol bozorida oldi-sotdi nuqtai nazaridan etalon klub. Qarang, «buldoglar» atigi 22 million yevroga xarid qilingan Viktor Osimxen uchun «Napoli»dan 75 «limon» undirishdi. Qolaversa, «Arsenal» Nikolya Pepe transferi yo‘lida 80 «limon»dan voz kechdi. Umuman, «Lill» har yili 3-4 nafar futbolchini 50-60 mln. yevroga sotish hadisini o‘zlashtirgan.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 19:39, 12.03.2022. O'qildi: 3784 marta. Fikrlar: 0 ta.

Matnda xatolik topsangiz, o'sha xatoni belgilab, bizga jo'nating (Ctrl + Enter).


Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Bilasizmi, Peter Shmeyxel Premyer-ligada gol urgan birinchi darvozabon hisoblanadi. U 2001 yil "Aston Villa" safida "Everton" darvozasini ishg‘ol qilgan.

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 So‘g‘diyona Lyupcho Doriyev 15
2 Neftchi Stipe Peritsa 14
3 Lokomotiv Temurxo‘ja Abduxoliqov 13
4 Dinamo Anvarjon Hojimirzayev 11
5 Nasaf Bobur Abduxoliqov 10
6 Buxoro Sherzod Esanov 10
7 Paxtakor Dostonbek Hamdamov 10
8 Navbahor Husayn Norchayev 10
9 Neftchi Zoran Marushich 9
10 Paxtakor Stefen Chinedu 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Qahramon Aslanov

"Futbol plyus"


Shuhrat Shokirjonov

Faqat futbol haqida


Sherzod Rajabov

Kuchli Beshlik


Hasanali Qodirov

Onlayn savol-javob


Stadion.uz

Sayt faoliyati bo'yicha savol-javoblar


Abdurahmon Fozilov

O'zbekiston futbol muxlislari


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.

счётчик