Bugun 9 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 72
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 52
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol va biznes: Milliarderlar qancha sarflashmoqda?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Oddiy tushunchaga ko‘ra, futbol muxlislar uchun zavqli tomosha bo‘lsa, o‘ta badavlat kishilarga qimmatbaho ermak hisoblanadi. Har holda, hozir eng sara klublar dunyo milliarderlariga tegishli. Ekspertlar xulosalari bo‘­yicha aytsak, ular klublarga daromad manbai sifatida qaramaydilar, ba’zan hattoki, katta-katta zarar ham ko‘radilar. Oddiy misol, Forbes reytingiga qarasak, futboldan milliard-milliard foyda ko‘rayotgan biznesmenlar yo‘q.

Ha, top-jamoalarda aylanma mablag‘ miqdori yil sayin oshmoqda. Biroq teletranslyasiya va homiylik shartnomalari ortidan keladigan daromad ko‘payishi bilan parallel ravishda transferlar xarajati, agentlar ulushi, xodimlar va futbolchilar maoshi tinmay o‘smoqda. Shu faktlarga qaramay, futbolni nochorlikka mubtalo qiladigan ermak sifatida ta’riflash noo‘rin. Chunonchi, ko‘plab klub sohiblarining boyliklari ham tobora ortib bormoqda. Eslasangiz, o‘tgan yili gazetamizda Yevropadagi kuchli 5ta liganing 98ta klubi sohiblari va ularning moliyaviy ko‘rsatkichlari haqida turkum maqolalar bergandik. Yakuniy xulosa oddiy: klub sohibining boyligi futbol musobaqalaridagi natijalarga bog‘liq emas.

***

5ta kuchli liga klublari sohiblari orasida «Renn»ni moliyalashtirayotgan fransiyalik milliarder Fransua Pino hamon yetakchi. Gucci, Yves Saint Laurent, Balenciaga kabi brendlar sohibi 20 yildan buyon «Renn» bilan birga, ammo klub hanuz Liga 1da o‘rtamiyonalar darajasida qolmoqda. Jamoa badavlat sohib davrida 1 marta Fransiya kubogini yutdi, yana bir bora chempionatning kumush medaliga ega chiqdi.

***

Italiya futbolidagi eng badavlat sohiblardan biri - bu kanadalik (asli kelib chiqishi Italiyadan) Joui Saputo. Uning moliyaviy ko‘magi evaziga 2014 yili «A» seriyaga qaytgan «Bolonya» mavsum-2018|2019ni 10-o‘rinda yakunladi. Jamoa tarixidagi eng yuqori natija shu.

***

APLda «MYU»ni o‘z tasarrufiga olgan Gleyzerlar oilasi moliyaviy jihatdan «Aston Villa» sohibi, misrlik Nassef Siviris va «Vulverxempton» xo‘jayini, xitoylik Go Gounchandan ortda. Tabiiyki, har qaysi sohibning biznes uslubi va ko‘zlagan maqsadi turlicha. Deylik, Fransua Pino ham «Renn»ga xuddi qatarlik shayxlar kabi katta sarmoya kiritishga qodir. Biroq u kamtarona xarajat bilan cheklanmoqda. Asosiysi, ona shahrining jamoasi bemalol faoliyat yaratishini ta’minlamoqda.

«Aston Villa»ning misrlik sohibini hisobga olmaganda, Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq vakillari o‘z klublaridan mablag‘ni sira ayamaydilar. Ular uchun top-chempionatlar, ayniqsa, APL klublari sohiblari qatorida yurish - Yevropaning biznes va siyosiy davrasiga yo‘llanma. Bunda kutilgan samaraga erishish uchun klubni shunchaki, boshqarish emas, yuksak saviyaga olib chiqish talab etiladi.

***

Kimlar uchundir klub xaridi - barqaror daromad imkoniyatini beruvchi biznes-kelishuv. Yevropa klublarining sohiblari orasida amerikalik sarmoyador-bankirlar safi kengayotgani bejiz emas. TV-shartnomalar ularga o‘z hisoblaridan pul sarflamay, bosh­qaruvni top-menejerlarga ishonib topshirish imkonini beradi. «MYU»dagi Gleyzerlar oilasi va «Arsenal»dagi Sten Kronke bunga yaqqol misol.

***

E’tiborli tomoni, klub sohiblari yanada boyimoqdalar. Klub sohiblariga baho berishda  Forbes jurnalining yillik reytingi qo‘l keladi. Unga qarasak, qaysidir milliarder biror klubni o‘z tasarrufiga olishi bilan uning boyligi ko‘paya boshlagan. Ayrim holatlarda o‘sish darajasi qisqa vaqtda 100 foizdan ham oshgan. Masalan, 2019 yili «Fio­rentina»ni xarid qilgan amerikalik Rokko Komissoning boyligi 3 mlrd. dollardan deyarli 7 milliardga ko‘tarilgan. Biroq u klubga ortiqcha sarmoya kiritmoqchi emas: 340 mln. dollar «Fio»ning talab darajasida faoliyat yuritishiga yetarli. To‘g‘ri, na Komisso va na 2017 yili «Atletiko»ni o‘z qaramog‘iga olgan isroillik Idan Ofer boyligining ko‘payishida futbol yo‘nalishi ulushi bor. Hammasi asosiy biznes ishidagi ijobiy o‘zgarishlar mahsulidir.

***

Shaxsiy boylik o‘sishini foiz emas, raqamlarda ifodalasak, Fransua Pino yetakchi. Keyingi o‘rinlar «Red Bull» asoschisi Ditrix Mateshis, neft magnatlari - shayx Mansur va «Lukoyl» egalari Vagit Alekperov - Leonid Fedun juftligiga tegishli. Klub sohiblari ro‘yxatida yagona salbiy ko‘rsatkichli shaxs - Dmitriy Ribolovlev. Uning boyligi «Monako»ni xarid qilganidan ke­yingi 10 yilda 2,3 mlrd. dollarga kamaydi. Chunonchi, rossiyalik biznesmen Fransiya klubi bilan kelishuv arafasida asosiy daromad manbai - «Uralkaliy»ni sotgandi. Qisqasi, pasayishning asosiy sababchisi «Monako» emas. Deylik, Ribolovlev noyob san’at asarlarini xarid qilishga naq 2 mlrd. dollar sarflagan.

***

«Chelsi»ni sotishga qaror qilgan Roman Abramovich klubdagi 17 yillik davrida boyligini 2 mlrd. dollarga ko‘paytirdi. Umuman, uning London klubiga kiritgan sarmoyasi samara berdi. Har holda, «Chelsi»ning APLdagi nufuzi ham, bahosi ham sezilarli darajada oshdi.

***

Sohiblarning klubga qancha mablag‘ sarflashganini to‘liq aniqlash ilojsiz. Zero, UYEFA tatbiq etgan moliyaviy cheklovlar tufayli sarmoya turli usullarda rasmiylashtiriladi. Lekin moliyaviy hisobotlar bilan tanishish asnosida xarajatlar reytingini tuzish mumkin. Klublar egalari xarajati bir qator yo‘nalishlarda ko‘rsatiladi: aksiya­lar xaridiga; infratuzilma va tarkibni kuchaytirishga; byudjet tanqisligida moliyaviy ehtiyojlarni qondirishga. Bu masalada yaxlit yo‘nalish belgilashning imkoni yo‘q: har bir jamoa va uning sohibida o‘z rejasi bor.

***

Xarajat bobida kutilganidek, Roman Abramovich va shayx Mansur yetakchi rolida. Ular yirik sarmoya evaziga o‘z klublarini APL va YECHL favoritlari qatoriga olib chiqishdi. «Chelsi» hisobotlaridan ma’lum bo‘lishicha, Abramovichning jami xarajati 2020 yilning 30 iyunidayoq 2,06 mlrd. dollarga yetgandi. Klub uchun 1 mlrd. dollardan ko‘p xarajat qilgan yana bir sohib - amerikalik Sten Kronke («Arsenal»). Ammo u muxlislar o‘rtasida Abramovich kabi nufuzga erisholmadi. Nega? Kronke sarmoyasining asosiy qismi (1 mlrd. dollardan ko‘prog‘i) «Arsenal» xaridiga sarflandi. Jamoa o‘sha davrda APL yetakchilaridan biri edi. Qolaversa, amerikalik biznesmen klubni bosqichma-bosqich sotib oldi. U Alisher Usmonovga tegishli so‘nggi paket (30,05 foiz)ni 2018 yilning avgustida xarid qildi. Abramovich esa o‘sha vaqt «to‘pchilar» oldiga tusholmaydigan «Chelsi» xaridiga atigi 140 mln. funt sarflagandi.

***

«Spartak»dagi sohiblar dueti ham saxovatli sarmoyadorlar safida. Leonid Fedun va Vagit Alekperov 17 yil ichida 1,7 mlrd. dollarni «xalq jamoasi» ravnaqi yo‘lida ishlatishdi. Stadion qurilishining o‘ziga 0,5 mlrd. dollar ketdi. Boz ustiga, Moskva klubida TV-huquqlar daromadi ancha past, chempionatdagi omadsizliklar esa YECHLda ishtirok uchun beriladigan bonuslarni yo‘qqa chiqardi. «Spartak» sohiblari xarajat bo‘yicha milliard dovonidan 2014 yildayoq o‘tishgandi. Umuman, Rossiya va Yevropa top-chempionatlarida klubga egalik qilish o‘rtasida katta farq bor. Ha, Yevropada ham klub sohiblari o‘z loyihalarini tezlik bilan amalga oshirish uchun katta xarajatga boradilar. Biroq aslida kuchli 5ta ligadagi jamoalar saxovatli sohibning ko‘magisiz ham bemalol faoliyat yurita oladi. RPLda esa hisob-kitob tamoman o‘zgacha. Shuning uchun arab shayxlarining Rossiya klublariga qiziqayotganlari xususidagi xabarlarni kinoyasiz qabul qilib bo‘lmaydi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 18.03.2022. O'qildi: 2064 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик