Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yulduzlikka intilayotgan kashfiyot

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

APL - yulduzlarga boy liga. O‘nlab millionlar evaziga toplar ro‘yxatini to‘ldirayotganlar orasidan ajralib chiqish osonmas, lekin quyidagi maqola qahramonlari buni sharaf bilan uddalashmoqda.


JARROD BOUEN 
(«Vest Xem»)

Devid Moyesning «Vest Xem»i top-4 uchun jiddiy kurashmoqda, jamoa xaloskoriga aylanib qolgan Jarrod Bouen esa mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatidan joy olishi aniq. Chaqqon yarim himoyachi APLda «gol}pas» tizimi bo‘yicha 8}8 ball jam-g‘ardi, boshqa turnirlar (Ang-liya kuboklari va YEL)da esa 5 (4}1) ochko to‘pladi. Bouenning tengsiz ekanligini tasdiqlaydigan real statistika bo‘lmasada, kutilayotgan ko‘rsatkichlar barchasidan darak berib turibdi. Jarrod - kutilgan gollar (10,44) bo‘yicha «Vest Xem» yetakchisi, kutilgan uzatmalar bo‘yicha yetakchilikni esa 27-turga kelib Maykl Antonioga (4,95) topshirdi. Butun liga darajasida bu mos ravishda 7- va 11-natijalardir. Shuningdek, xavbek WhoScored natijalariga ko‘ra, o‘z klubida eng yaxshi bahoga ega (10dan 7,31).

Bouen mavsum-2021|2022da shunchalik yuqori saviya namoyish etyaptiki, uni hattoki Yurgen Klopp ham maqtadi: «Bouen menga juda yoqadi. U «Xall»dan ko‘tarildi, Premyer-liga darajasidagi futbolchi ekanligini isbotlashi uchun ko‘p vaqt talab etilmadi. Jarrod katta qadamlarni qo‘yishga ulgurdi». Aftidan, «Liverpul»da Diogu Jota-2 paydo bo‘ladigandek.


KRISTIAN NYORGOR («Brentford»)

1-turda «Arsenal»ni yenggan «Brentford» mavsum startidayoq APLning bosh kashfiyotiga aylandi. O‘sha uchrashuvdagi ikki goldan birini Kristian Nyorgor urdi, ammo hujumkor harakatlar bu futbolchining asosiy quroli emas. Daniyalik - to‘pni olib qo‘yish, pressing qilishga urinish va to‘pga egalikni qaytarish bo‘yicha ligada eng yaxshi bo‘lib turibdi. Ha, bunga «Brentford»ning haddan ziyod shiddatkor o‘yini imkon yaratmoqda, lekin Nyorgordagi mehnatsevarlikni e’tirof etmaslik imkonsiz. Qolaversa, u hujumda ham sheriklariga yordamchi - APLda «gol}pas» tizimida 2}2 ko‘rsatkichga ega. «Brentford» fanatlari bu futbolchini shunchalik yaxshi ko‘rishadiki, hatto unga atab qo‘shiq ham o‘ylab topishgan: «Kriistan Nyorgor - Yer yuzida eng yaxshi».


EMMANUEL DENNIS («Uotford»)

«Uotford» ham beqarorlik bobida «Norvich»dan qolishmayapti, lekin uning tarkibida maqtovga loyiq futbolchi bor. Forvard Emmanuel Dennis ayni payt liganing top-5 to‘purarlari ro‘yxatida bormoqda, vaholanki, «Uotford» bu mavsum APLda atigi 25ta to‘p kiritdi. Nigeriyalik hujumchi jamoasining 36 foiz gollariga mualliflik qildi. Dennisning assistlari soni ham kam emas - 5ta samarali uzatma bilan liganing eng yaxshi assistentlari reytingida top-o‘nlikka kirgan. Emmanuel kutilgan statistikadan biroz yaxshiroq natija qayd etmoqda («ortiqcha» gollar va paslar ko‘rsatkichi, mos ravishda, o‘rtacha 3,39 va 1,73ga teng), shuningdek, tez-tez kartochkalar oladi (23 o‘yinda 7ta «sariq» va 1ta «qizil»). Ehtimol, shu salbiy natijalari bo‘lmaganda, uni e’tirof etishga sabablar yanada osharmidi. Darvoqe, nigeriyalik forvard Angliyaga ko‘chib o‘tishidan avval unga «MYU» va «Arsenal» ham qiziqqan, lekin «Bryugge» xasislik qilgandi (taklif etilgan 15 mln. funt o‘rniga 25 ming funt so‘radi). Natijada, shartnoma yakunlanadigan palla yaqinlashayotgani tufayli kamtarona 3,4 mln. evaziga «Uotford»ga o‘tdi.


JOZE SA 
(«Vulverxempton»)

Liganing eng yaxshi darvozaboni «Liverpul», «Manchester Siti», «MYU» yoki «Chelsi»dan emasligi kutilmagan hol. Top-klublar kiperlar, shubhasiz, ajoyib o‘yin ko‘rsatishmoqda. Joze Saning harakatlaridan olinayotgan taassurot esa yangicha. 29 yoshli posbon APLga yozda kelgan (8 mln. yevro evaziga «Olimpia­kos»dan), lekin chempionatga darhol moslashib, top-darajani namoyish etmoqda. Sa APLda 84,2 foiz zarbalarni qaytarmoqda (ligada eng yaxshi natija), barcha turnirlarda esa bu ko‘rsatkich 81,9 foizga teng - jahondagi eng yaxshi natija. Boshqa kriteriyalardagi statistika ham maqtovga loyiq: Joze PSxG-GA|90 (o‘rtacha 90 daqiqa ichida yo‘llangan zarbalardan so‘ng o‘tkazib yuborilgan gollarning kutilgan va real sonidagi farq) bo‘yicha top-5da David de Xeadan keyingi o‘rinda turibdi. Sa haqidagi eng qizg‘in e’tirofni uning sherigi Daniel Podense berdi: «U shunchaki, qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatmoqda. Jozening harakatlariga qarab, raqib qandaydir buyuk ishni amalga oshirmasa, gol urolmasligiga ishonaman». Aftidan, bu yerda Jeyms Uord-Prouzning jarimadan kiritgan to‘pi nazarda tutilyapti, shekilli.


KONOR GALLAXER 
(«Kristal Pelas»)

Salohiyati shubha ostiga olingan «Chelsi»ning yosh iqtidori navbatdagi (qatorasiga to‘rtinchi) ijara sari yo‘l oldi. «Kristal Pelas» yangi murabbiy Patrik Viyeyra bilan qayta shakllanish sharoitida start oldi, biroq Gallaxer yangi tizimga tezda moslashdi. Uning hisobida «gol}pas» tizimi bo‘yicha 13 (8}5) ball, Tomas Tuxelning quvonchi (germaniyalik mutaxassis Konor «Chelsi» futbolchisi ekanligidan baxtiyorligini ta’kidladi) va fentezi-menejerlardan minglab «layk»lar bor. Aytgancha, Gallaxer APL joriy mavsumida «Chelsi»ning har qaysi futbolchisidan ko‘proq gol urdi.

***

Mavsum-2021|2022da porlagan boshqa yorqin personajlar ham bor. Ularning qisqa ko‘rsatkichlari qayd etilgan ro‘yxat bilan quyida tanishtiramiz:

*** Ris Jeyms («Chelsi»): nafaqat alohida band, balki matnga ham loyiq. Asosiy ro‘yxatga kirmasligiga sabab shuki, uning rivojlanishi o‘tgan yildayoq kutilgandi. Mudofaaning o‘ng qanotida fenomenal o‘yin ko‘rsatmoqda, ikki oyga safdan chiqishiga sabab bo‘lgan jarohatga yo‘liqishidan avval Tomas Tuxel uni tayanch chizig‘ida ham o‘ynatgandi.

*** Armando Broya va Tino Livramento («Sautgempton»): har ikkisi «Chelsi»dan kelgan, albaniyalik forvard ijaraga, britaniyalik himoyachi esa muntazam o‘ynash uchun. Broya - gollar bo‘yicha «Sautgempton» yetakchisi (1237 daqiqa o‘ynab, 6ta to‘p kiritdi), Livramento esa to‘pni egallab olish borasida tengsiz (20 uchrashuvda 59ta samarali harakat; ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha jahonning 3 foiz eng yaxshi futbolchilari safida).

*** Mark Gexi («Kristal Pelas»): «Chelsi»ning yana bir sobiq futbolchisi. Gexi endigina 21 yoshni qarshiladi, lekin «Kristal Pelas» uning uchun 23,34 mln. yevro to‘ladi. Qo‘rqmay va tez-tez pas uzatadigan Gexi maydonda o‘tkazilgan daqiqalar ko‘pligi bo‘yicha klubda ikkinchi (Tayrik Mitchelldan keyin) natijani qayd etib turibdi. Bonus: APLning joriy mavsumida ikkita gol urishga ulgurdi.

*** Jeykob Remsi («Aston Villa»): gollar borasida (5ta) Jerrard bosh murabbiyligidagi jamoa yetakchisi va hujumdagi eng xavfli futbolchilardan biri. Garchi klubda eng yosh o‘yinchi maqomiga ega bo‘lsada, Trans-fermarkt unga 15 mln. yevro narx belgilagan, Remsi muntazam ravishda boshlan­g‘ich tarkibga kirmoqda.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:38, 23.03.2022. O'qildi: 3159 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик