Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Nemis mashinasi”ning to‘xtatilishi. Germaniya terma jamoasi tarixidagi eng shov-shuvli muvaffaqiyatsizliklar

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

  Germaniya termasi o‘zi ishtirok etgan 90 foiz musobaqada favarit deya tan olingan. 2022 yil bo‘lib o‘tadigan mundialda ham ular kuchlilar qatorida. Ammo “nemis mashinasi” ba’zida “qovun tushiradigan” odat chiqarib olgan. Yani ular o‘zlariga nisbatan ancha kuchsiz jamoalarni mag‘lub etishda qiynaladi. Ayniqsa katta turnirlarda ko‘p bor buning guvohi bo‘lganmiz. Quyiida “Bundestim”ni to‘xtatgan kamtarona terma jamoalar va o‘sha o‘yinlar haqida so‘z yuritamiz. Ular orasida ba’zi kuchli termalarga ham ko‘zingiz tushishi mumkin. Ulardagi hisob ko‘plab muxlislarni hayratga solgan.

1991 yil. Yevro-92 uchun saralash

Uels 1:0 Germaniya

Yevro-1992 uchun saralashda Germaniya terma jamoasi guruhning yaqqol favoriti hisoblangan, ularning raqiblari Lyuksemburg, Belgiya va Uels edi. Berti Fogts jamoasi uchun muammolar kutilmaganda uelsliklarga qarshi o‘yinda ko‘zga tashlandi.

Klinsmann, Feller, Sammer va Matteusdan iborat barcha yulduzlar jamoasi Kardiffda mag‘lub bo‘lgan. 60-daqiqada nemislar ozchilikda qolishdi, shundan olti daqiqa o‘tib himoyachilar Yan Rashni ko‘zdan qochirishdi, bu esa unga darvozabon bilan yakkama-yakka holatda qolishga imkon berdi. O‘n kishi bilan Uels ustidan g‘alaba qozonish juda qiyin bo‘lib chiqdi.

Nemis muxlislarining baxtiga ularning jamoasi o‘z uyida 4:1 hisobida javob qaytardi va bu ularga Uelsni 1 ochkoga ortda qoldirish va Yevropa chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkonini berdi.

1996 yil. JCH-98 saralashi

Germaniya 1:1 Shimoliy Irlandiya

Yana Britaniya jamoasiga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyatsizlik. Faqat bu safar kamtarona Shimoliy Irlandiya nemislarni to‘xtata oldi.

Bu 1998 yilgi Jahon chempionatiga saralashning eng boshida sodir bo‘lgan voqeadir. Armaniston ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabadan keyin (5:1) Shimoliy irlandlar bilan o‘yinda hech qanday muammo yo‘q edi. Ammo Brayan Xemilton jamoasi Nyurnberg jamoatchiligini hayratda qoldirdi. 38-daqiqada “Stok Siti” va “Lester”ning sobiq himoyachisi Yerri Taggart jarima maydonchasidagi palapartichlikdan unumli foydalanibto‘p kiritdi. Ikki daqiqadan so‘ng Andreas Myuller uzoq masofadan zarba berib, muvozanatni tikladi, ammo qolgan vaqt davomida Shimoliy Irlandiya avtobusi bexato harakat qildi.

1998 yil. Jahon chempionati chorak-98

Germaniya - Xorvatiya 0:3

Nemislarga Xorvatiya futboli tarixidagi eng kuchli avlodlardan biri qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, 1998 yilgi jahon chempionatining 1/4 finalidagi bunday yirik hisobdagi mag‘lubiyatni oqlab bo‘lmaydi.

Birinchi bo‘lim oxirida Kristian Verns qizil kartochka oldi, xorvatlar bundan darhol unumli foydalanishdi - Robert Yarni jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni darvozaga kiritdi. Oxirgi o‘n daqiqada Berti Fogts jamoasini Goran Vlahovich va Davor Shuker jazoladi.

Shundan so‘ng xorvatlar Fransiyaga 1/2 finalida mag‘lub bo‘ldi, uchinchi o‘rin uchun bahsda esa gollandlardan ustun kelgan edi. To‘g‘ri, Berti Fogts uchun o‘sha o‘yin “nemis mashinasi” boshqaruvidagi so‘ngisi bo‘lgan.

2000 yil. Yevro-2000 guruh bosqichi

Portugaliya 3:0 Germaniya

Yevro-2000 Germaniya terma jamoasi tarixida qora sahifa bo‘lib qolgan. U Portugaliya, Ruminiya va Angliya bilan guruhda oxirgi o‘rinni egallagan. Vaholanki, nemislar so‘nggi turda portugaliyaliklarni mag‘lub etganlarida hammasini o‘zgartirishi mumkin edi. Buning o‘rniga ularni haqiqiy fiasko kutib turardi.

Ribbekning “qo‘qinchli tushi” afsonaviy Serxio Konseysau bo‘lib, u xet-trik qayd etgan. Mixael Ballak, Mehmet Sholl, Karsten Yanker, Ulf Kirsten va boshqa nemis futbol yulduzlari o‘sha o‘yin maktab o‘quvchilaridek ko‘ringandi.

Portugaliyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat Ribbekning nafaqat Germaniya termasidagi ishiga, balki butun faoliyatiga ham nuqta qo‘ydi.

2001 yil. Jahon chempionati-2002 saralashi

Germaniya – Angliya 1:5

Yevro-2000da Di Manshaftning muammolari tugamadi. 2002 yilgi jahon chempionati uchun saralashda nemislar o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatlardan birini qabul qilishgan. Myunxendagi gavjum Olimpiastadion o‘z sevimlilarining Angliyaga qarshi o‘yinda 5 ta gol o‘tkazib yuborishini tomosha qilgan.

Garchi o‘sha uchrashuv Rudi Feller shogirdlari uchun juda yaxshi boshlangan bo‘lsa-da - 6-daqiqada Karsten Yanker hisobni ochdi. Ammo o‘zining eng yaxshi davrida bo‘lgan Maykl Ouen ishga kirishgan, u Oliver Kanni uch marta xafa qilishga muvaffaq bo‘lgan. Stiven Jerrard va Emil Xeski ham gol urishgan.

2003 yil. Yevro-2004 saralashi

Germaniya - Litva 1:1

Yevro-2004 uchun saralashda nemislar yomon o‘yin ko‘rsatishda davom etishdi. 2002 yilning oktyabr oyida ular o‘z uylarida havaskor Farer orollarini zo‘rg‘a mag‘lub etishdi (2:1), keyin esa kamtarona Litvani yenga olishmagan.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida Karsten Ramelov jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 72 daqiqada Tomas Razanauskas “Bundestim” darvozasiga to‘p kiritib, jamoasiga 1 ochko keltirgan. Nyurnbergdagi stadionga kelgan 40 ming muxlis bir vaqtning o‘zida jim bo‘lgan. Buni mutlaqo hech kim kutmagan edi.

2004 yil. Yevro-2004 guruh bosqichi

Latviya - Germaniya 0:0

Latviya terma jamoasining Yevro-2004ga chiqishining o‘zi mo‘jiza edi. Bundan ham katta mo‘’jiza shundaki, ular Germaniyadan ochko olishgan.

Germaniya nafaqat kamtarona Boltiqbo‘yi terma jamoasini mag‘lub eta olmadi, balki mag‘lub bo‘lishi ham mumkin edi. Birinchi bo‘limda Maris Verpakovskis yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmagan.

Nemislar keyingi bosqichda Chexiyaga imkoniyatni boy berib (1:2) Yevropa chempionatini tark etdi.

2008 va 2009 yillar. Jahon chempionati-2010 saralashi

Germaniya - Finlyandiya 3:3 va 1:1

Kamtarona Finlyandiya ham nemislarni to‘xtata olishgan va ular bu ishni 2010 yilgi Jahon chempionatiga saralash paytida ikki marta qilishgan.

Xelsinkida hattoki afsonaviy Miroslav Klozening xet-triki ham “Bundestim”ga yordam bermagan, Gamburgda esa 90-daqiqada Lukas Podolskining goli evaziga durang qayd etilgan.

Finlar bu saralashda Germaniyadan ochko olgan yagona jamoa edi. Nemislar Rossiya, Ozarbayjon, Uels va Lixtenshteynga qarshi bahslarda ishonchli g‘alabaga erishgan.

2012 yil. JCH-14 saralashi

Germaniya - Shvesiya 4:4

Aftidan, Germaniya va Shvesiya o‘rtasidagi durangda shov-shuvli narsa yo‘q, ammo 2012 yilning mart oyida o‘tgan o‘yin o‘zgacha bo‘lib chiqqandi.

56-daqiqaga kelib nemislar 4:0 hisobida oldinda borayotgandi – Kloze hisobidagi dubl, Per Mertesaker va Mesut O‘zil esa bittadan gol urishgan edi. Ammo muvaffaqiyatni rivojlantirish o‘rniga, Lev jamoasi g‘alabani qo‘ldan boy berishgan. Zlatan Ibragimovich, Mikael Lyustig, Yoxan Elmander va Rasmus Elm yarim soat ichida hisobni tenglashtiruvchi gollarga mualliflik qilib butun Yevropani hayratda qolirishgan edi.

2018 yil. Jahon chempionati-2018 guruh bosqichi

Janubiy Koreya 2:0 Germaniya

Butun Germaniya imkon qadar tezroq unutishni xohlaydigan o‘yin. Lekin buning foydasi yo‘q. Amaldagi jahon chempionlari bo‘lib tashrif buyurgan Germaniyaning Rossiya jahon chempionatidagi dahshatli o‘yini xotirada uzoq saqlanib qoladi.

Ayniqsa, koreyslarga qarshi o‘yin yodda qoladi. Pley-off bosqichiga chiqish uchun amaldagi jahon chempionlari o‘sha paytda turnirdan chiqarib yuborilgan koreyaliklarni mag‘lub etishlari kifoya edi. Ammo Kim Yong Gvon va Son Xyon Minning gollari butunlay nemislarni “ko‘mib tashlagan” edi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:43, 31.03.2022. O'qildi: 3321 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик