Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone «Manchester Siti»ga qarshi Chempionlar ligasining chorak finali dastlabki uchrashuvidan so‘ng argentinalik murabbiyga qilingan tanqidlarga izoh berdi.
YECHLning 1/4 final dastlabki uchrashuvidan keyin «matraschilar» ustozi 5-5-0 sxemasidan foydalanganlikda ayblangan edi.
"Otam har doim aytadi: "Baliq og‘zidan chiriy boshlaydi" - deb. Hech kim gapirishni taqiqlamaydi, bu har kimning huquqidir. Har bir murabbiyning o‘z uslubi bor, men allaqachon o‘zimning uslubimni tanlaganman. Ammo, shu bilan birga, men hamkasblarimni doim hurmat qilganman” - dedi Simeone o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti"ga qarshi birinchi o‘yinda "Atletiko" safarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.