Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l olgan Madridning «Real» klubi joriy mavsum musobaqa g‘olibiga aylanishi mumkinmi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi.
Nima uchun ular chempion bo‘lishi mumkin?
Agar «Real» nimchorak finalda «PSJ»ga qarshi hamda chorak final doirasida amaldagi chempion «Chelsi» jamoalari bilan bahsda namoyish etgan o‘yinini ko‘rsatsa, ilojsiz ishning o‘zi yo‘q. Karim Benzema futbolchilik faoliyati davomidagi eng yorqin mavsumni o‘tkazmoqda. U joriy mavsum musobaqada 12 gol urishga erishdi va to‘purarlik poygasida Levandovskidan 1 to‘p farqi bilan ortda bormoqda. Vinisius Juniorning texnik qobiliyati va aldamchi harakatlari, markazda Luka Modrichning zargarona uzatmalari jamoani 14-chempionlik sari yetaklashiga sabab bo‘la oladi. Bu oson emas. Ammo, ilojsiz ham emas.
Madridliklar yarim finalda «Atletiko» yoki "Manchester Siti" bilan to‘qnash kelishadi. Klub «matraschilar»ga qarshi 10 marta Chempionlar Ligasida bahs olib borgan va 5tasida g‘alaba qozongan (2 durang, 3 mag‘lubiyat). To‘plar nisbati - 16:11.
"Manchester Siti" bilan jami 6 marotaba to‘qnash kelgan va u yerda mutlaq tenglik. Ikkitadan g‘alaba, mag‘lubiyat hamda durang. To‘plar nisbati - 7:7.
UYEFA reytingidagi o‘rni: 5
Yevrokuboklardagi eng yaxshi natijasi: g‘oliblik (1955/56, 1956/57, 1957/58, 1958/59, 1959/60, 1965/66, 1997/98, 1999/2000, 2001/02, 2013/14, 2015/16, 2016/17, 2017/18)
O‘tgan mavsum: yarim finalda «Chelsi»ga imkoniyat boy berilgan (umumiy 1:3)
Joriy mavsum Chempionlar Ligasida 10 ta o‘yin o‘tkazgan «Real» 7 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati - 22:9.
To‘purar: Karim Benzema (12 gol)
Chorak final: umumiy 5-4, «Chelsi»
1/8 final: umumiy 3-2, «PSJ»
"D" guruhi g‘olibi
O‘tgan yozda Karlo Anchelotti «Real» boshqaruvini o‘z qo‘liga olgandi. Mutaxassis 2014 yilda jamoa bilan YECHLda zafar quchganini bilsangiz kerak. U 3 marta yevrokuboklarda g‘alaba qozongan murabbiylardan biri hisoblanadi.
Bilasizmi?
«Real» joriy mavsum nimchorak finalda «PSJ»ga qarshi bahsga qadar ketma-ket 23 Chempionlar Ligasi o‘yinlarida gol urib kelayotgan edi.