Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Malyorka 22 24
15 Sevilya 22 24
16 Xetafe 22 23
17 Valensiya 22 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
22-тур Malyorka 4-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Madrid mo‘jizasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

London jamoasi avvaliga “Santyago Bernabeu”da o‘zi uchun zarur bo‘lgan uchta golni urdi, keyin esa ikki bor o‘tkazib yubordi va “Qirollik klubi”ga Liga yarim finali yo‘llanmasini boy berdi.

Tuxelning murakkab rejasi

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z jamoasining Madriddagi o‘yini haqida qisqacha tushuntirdi: "Bizga fantastik ssenariy kerak". Haqiqatan ham, mehmonda gol urish qoidasining bekor qilingani londonliklarning g‘oyalarini biroz yengillashtirdi, ammo birinchi uyindagi 1:3 hisobidan keyin ham ko‘k-anorranglilarga mo‘jiza kerak edi. "Santyago Bernabeu"da kamida ikkita gol urish - kurashni qo‘shimcha bo‘limga o‘tkazish – bu juda qiyin vazifa.

Mo‘’jizaga shunchaki ishonib qolish xato, siz harakat qilishingiz kerak. Buning uchun esa Tuxel, Karlo Anchelotti kutmagan rejani o‘ylab topishi kerak edi. Baza bor edi: “Stemford Brij”dagi birinchi o‘yinning ikkinchi bo‘limida inglizlar yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Benzema bor yo‘g‘i bitta zarba bergandi ikkinchi bo‘limda.

O‘sha uchrashuvdagi tanaffusdan so‘ng, "Chelsi" qanotlarni yanada faollashtirdi - bu aynan Tuxel "Santyago Bernabeu"da tanlagan blokdir. Shanba kuni "ko‘klar" Premyer-ligada "Sautgempton"ni mag‘lub etishdi va ikkinchi bo‘limda murabbiy kutilmagan taktik g‘oyani sinab ko‘rdi: u Jeymsni markaziy himoyachi, Loftus-CHikni esa o‘ng qanot himoyachisiga aylantirdi. "Real Madrid"da tarkib e’lon qilinganidan so‘ng, ko‘pchilik "Chelsi" bu safar ham xuddi shunday o‘yin olib borishini taxmin qilishdi.

Mehmonlar uchun ajoyib start

Ammo Tuxel 4-3-1-2 taktikasini tanladi va o‘yin oldidan bergan intervyusida Madridga qarshi nima qilmoqchi ekanligini aytmadi. Nemis hakam hushtagi chalinishiga 15 daqiqa qolganida ham taktikani oshkor qilishni istamadi. Ehtimol, bu ham rol o‘ynagan. Jeymsni to‘rtlikda ko‘rish ham g‘ayrioddiy, chunki u hujumkor himoyachi, ammo bu yerda Ris Vinisiusning so‘zlariga ko‘ra tartibli va aniq harakat qildi. Umuman olganda, «Chelsi»ning himoyadagi rejasi ish berdi: «Real» yarim soat davomida na yaqindan, na jarima maydonchasi tashqarisidan zarba bera olmadi. Barcha zarbalar uzoqdan yo‘llandi va darvoza yonidan o‘tib ketdi. Hattoki Benzemaning sehri ham qutqarmadi - fransuz o‘yinning o‘sha segmentida shunchaki g‘oyib bo‘ldi.

Real Madrid haqida nima deyish mumkin? Anchelotti o‘yin tuzilmasini o‘zgartirmadi va umuman bazada faqat bitta majburiy o‘zgartirishni amalga oshirdi - diskvalifikasiya qilingan Eder Militaoning himoya markazidagi o‘rnini Nacho egalladi. Aynan mana shu zona 15-daqiqada sust harakat qildi: uzoq davom etgan hujumdan so‘ng "Chelsi" markaziy himoyadagi kamchilikni topib hisobni ochdi. 0:1 - Tuxel uchun ideal start. Bunday o‘yinda tezkor gol juda muhim edi.

"Real Madrid" juda passiv o‘ynadi - deyarli "PSJ" bilan 1/8 finalning birinchi o‘yinidagi kabi. Biroq, bosim sezilarli darajada yaxshilandi, faqat "Chelsi" undan qanday chiqishni o‘rgandi: birinchidan, Londondagi dahshatli tushdan keyin darvozabon Mendi to‘pga tegishiga deyarli ruxsat berilmadi, ikkinchidan, qanotlar juda faol ishlashdi. Ammo tanaffusga qadar inglizlar muhim ikkinchi golni ura olmadilar.

Vernerning kashfiyoti

Murakkab sxemadan tashqari, Tuxel boshqa ko‘plab g‘oyalarni tayyorladi. Verner qo‘lidan kelganini qildi: himoyachilarni chalg‘itib, hujumlarga doimo bog‘langan Havers va Loftus-CHikga joy bo‘shatib berdi. Rubenning o‘zi esa gibrid rolda ham yaxshi o‘ynay olishini ko‘rsatdi. O‘tgan mavsumda "Fulxem"da u ba’zida yagona hujumchi pozisiyasida to‘p tepgan edi. Tomas undan qanday foydanish kerakligini bilib oldi.

"Real Madrid" asta-sekin "Chelsi"ning pozision hujumlariga moslashdi, ammo standardlarda ustun emas edi - Ryudiger burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan yo‘llagan holda umumiy hisobni tenglashtirdi. To‘g‘ri, ijtimoiy tarmoqlarda “Qirollik klubi” muxlislari darrov hayqiriq ko‘tarishdi: aslida burchak yo‘q, to‘p “Chelsi” futbolchisi tomonidan chiqib ketdi.  Oradan bir necha daqiqa o‘tgach Alonso Madridda “Real”ni “realniy” ko‘mib qo‘ygandek ko‘rindi, ammo uning goli VAR aralashuvi bilan haqqoniy bekor qilindi.

Umuman olganda, bunday qarordan so‘ng har qanday jamoa so‘nib qolishi mumkin, ammo "Chelsi"ga omad kulib boqdi - o‘sha epizoddan so‘ng darhol Benzema to‘sinni nishonga oldi. To‘g‘ri, ko‘klarga hali gol kerak edi. Yana "Real Madrid"ning himoya markazi bo‘shlik qildi va shu bilan birga Verner haqida - so‘nggi bir yarim yil ichida nemisning ustidan kulish odat tusiga kirgan, ammo bu yerda u mutlaqo iqtidorini namoyish qildi. Butun boshli “Real” himoyasi golni tomosha qildi.

Madridliklar uyg‘onishi

Zo‘rg‘a - chunki "Real Madrid", hatto shunday yomon futbol bilan ham, Luka Modrich nomli o‘z mo‘’jizasiga ega. Xorvatiyalik ham butun madridliklar kabi eng yaxshi uchrashuvini o‘tkaza olmadi, lekin kerakli vaqtda u zahiradan maydonga tushgan Rodrigoga huddi pultda boshqariladigandek mo‘jizaviy uzatmani amalga oshirdi. Rodrigo esa bu vaziyatdan unumli foydalandi.

 Tuxel birinchi o‘yindan so‘ng "Chelsi"ning yarim finalga chiqish imkoniyati yo‘qligini aytgandi, ammo yangi g‘oyalar bilan u deyarli imkonsiz ishni qildi. Londondagi 1:3dan keyin Bernabeudagi 0:3 - bu allaqachon ajoyib hikoya va fantastik o‘yin belgisi edi.

Ammo "Real Madrid" bu hikoyani o‘zi tomonga o‘girib oldi: qo‘shimcha vaqt boshlanishi bilanoq Benzema 90 daqiqa davomida undan kutilgan narsani bajardi. U Madrid halaskori kechagi kun qiroli bo‘ldi.

Ikkinchi qo‘shimcha bo‘lim Tuxelning jinni ko‘zlari, jamoadoshlari va hakamga baqirgani, shuningdek, "Chelsi"ning umidsiz hujumlari bilan esda qoladi. Ammo londonliklar kambekga qarshi kambek bo‘lishini kutishmagandi va bu vaziyatga tayyor emas edi.

Birinchi o‘yindan so‘ng “Real” katta ehtimol yarim final masalasini hal qilgandi. Ammo javob o‘yini bunday qiyin kechishini hech kim o‘ydashmagan edi. Darhaqiqat, 0-3dan so‘ng “Chelsi”ni chorak keyingi bosqichga chiqishi haqida ham oz-muncha gap bo‘lmadi.

 Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:29, 13.04.2022. O'qildi: 3244 marta. Fikrlar: 16 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.