Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Firibgar deya tosh otilayotgan italyan klublariga qarshi e’tirozlar asoslimi — kim haq, kim nohaq?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Transfer narxlarining oshirib yuborilishi feyr-fley qoidalarining buzilishiga olib keladi. Bu esa turli xil saviyadagi jamoalar o‘rtasida yuzaga kelgan balansni buzib yuboradi. Kecha ushbu holat yuzasidan "Yuventus" bilan bog‘liq qirq ikkita transferning oshirib yuborilish ishlari ko‘rib chiqildi. Bu ishda jami o‘n bir klub, ellik to‘qqiz klub vakillari ishtirok etgan.

Oktyabr oyi oxirida Italiyaning yirik nashri La Republica mamlakat futbolida yangi janjal avj olayotgani haqida maqola yozdi. Unda o‘yinchilarning transfer narxi hech qanday ob’ektiv sabablarsiz juda yuqori baholangani yozilgan. "Yuventus", "Napoli", "Sampdoriya", "Jenoa", "Empoli", "Pro Verchelli", "Parma", "Piza", "Kyevo", "Novara" va "Peskara" kabi jamoalar moliyaviy vaziyatni yaxshilash uchun fantastik shartnomalar imzolashga rozi bo‘lishgan. Italiya futbol federasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, naq 62 ta transfer qoidabuzarlik yo‘llari bilan amalga oshirilgan.

Quyida ular haqida qisqacha to‘xtalamiz.

Viktor Osimxen

Osimxen "Lill"dan "Napoli"ga 71,3 million yevroga o‘tgan edi. Biroq, Neapol klubi aslida futbolchi uchun ancha kamroq to‘lovni amalga oshirgan. Bu summaning 20 millioni to‘rt nafar futbolchi - Orestis Karnezis, Chiro Palmeri, Luidji Lijuri va Klaudio Mansining transferlari hisobiga amalga oshgan. "Udineze"ning asosiy darvozaboni bo‘lgan Karnezis uchun bu to‘lovlar o‘zini oqlashi mumkin. Biroq nomi keltirilgan qolgan futbolchilar Italiyaning quyi ligalarida o‘ynamoqda.

Yana bir misol sifatida "Yuventus" va "Barselona" o‘rtasidagi almashinuvni  aytish mumkin. Yarim himoyachilar Artur Turinga, Miralem Pyanich esa Kataloniyaga yo‘l oldi. “Byankonerilar” Artur uchun 72 million yevro va qo‘shimchasiga 10 million yevro bonus to‘lagan bo‘lsa, “ko‘k-anorranglilar” 60+5 million summa to‘lashgan. Shubhasiz, har ikkala futbolchi ham unchalik qimmatga tushmagandek ko‘rinishi mumkin, ammo bu transferlar ikki klubga kapital daromadlarini ko‘rsatishga imkon berdi.

Ushbu voqealar yuzasidan Turin prokuraturasi "Yuventus" shtab-kvartirasi ichida boshlangan tekshiruvlarga oydinlik kiritdi. Ushbu faoliyat jinoyat haqidagi farazlarni aniqlashga qaratilgan edi.

Keyinchalik boshqa klublarda ham shunday qidiruvlar o‘tkazildi. Bir necha oy davom etgan hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqilgach, ular egalariga qaytarib berildi. Ayrim ommaviy axborot vositalari ish yopilganini tezda xabar qilishdi, ammo aslida unday emas. Klublar sudda o‘zlarini oqlash uchun hujjatlarga ayrim o‘zgartirishlarni ham kiritishgani aytilmoqda.

2021-yil dekabr oyida Italiyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari o‘tmishda sodir bo‘lgan shunga o‘xshash bahsli hodisalarni tahlil qiluvchi materiallarni e’lon qildi.

Jumladan, La Stampa shunday yozadi: "Yuventus" va ayblanuvchi boshqa klublar federasiyaga katta jarima to‘lashlari mumkin. Bu “Kyevo” – “Chezena” bahsida bo‘lgan voqea kabi jiddiy emas. Biroq, hozirda jamoatchilik bunga juda kuchli bosimni amalga oshirmoqda».

Italiyada transferlar ancha sodda ishlaydi. Ikkita klubni tasavvur qilsak, A klub sotuvchi, B klub esa xaridor bo‘lsin. A klub o‘z futbolchisi uchun noma’lum miqdorni taqdim etadi. B klub esa bunga rozi yoki rozi emasligini bildiradi. Shu sababdan “Torino” prezidenti Urbano Kayro o‘n yillardan beri Belotti, Klaudio Lotito esa esa Milinkovich-Savichning ehtimoliy transferlarini uyoqdan buyoqqa "o‘ynatib" kelmoqda. Biroq ularning hiylasiga uchadigan va yirik summa to‘laydigan jamoa haligacha topilgani yo‘q.

Italiyada bu kabi holatlar juda ham ko‘plab topiladi. "Yuve", "Siti", "Barselona" va boshqa bir qancha top-klublarning qilayotgan ishlari ayrim hollarda shu kabi ishlarga yo‘naltirilgan, bu ko‘pincha taqiqlanmaydi. Top-klublar transferlar bo‘yicha daromad olish imkoniyatini shu tariqa qo‘lga kiritadilar.

Futbolchilarning Transfermarktdagi narxlari ham ba’zida ushbu "ishlar"ga to‘sqinlik qila olmayapti, balki bu kabi holatlar portal rasmiylarini ham chalg‘itib qo‘ymoqda. Xo‘sh, transferlar bilan bog‘liq ishlar qanday yakunlanishi mumkin? Italiya futbol federasiyasi bu ish may oyi o‘rtalarida yakunlanishiga umid qilgan. Barcha qonunbuzarlar to‘laligicha jarimaga tortilishi belgilandi. Ish boshida turganlar esa futboldan chetlashtiriladi. Biroq, hamma narsa kutilganidan ko‘ra teskari ko‘rinish oldi. Barcha klublar va funksionerlar har jihatdan o‘zini oqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Maurisio Bellakos, "Yuventus" huquqshunosi

"Yuventus" advokati Maurisio Bellakos sudda quyidagilarni aytdi: "Shikoyatlar asossiz bo‘lishidan tashqari, jinoiy va sport yurisprudensiyasiga ziddir. Ayblovlar prokuror maslahatchilari tomonidan ishlab chiqilgan parametrlarga asoslanadi va ularni qo‘llash mumkin emas. Sarmoyaning o‘sishi xayoliy ekanligi va shuning uchun noto‘g‘ri ma’lumotlar haqida xabar berilganligini aniqlash uchun normativ yoki texnik parametrdan ma’lumotnoma sifatida foydalanish kerak", - deydi funksioner.

Keyinchalik Bellakos ushbu voqeaga Milandagi Luidji Bokkoni nomidagi xususiy universitet professori Lorenso Pozzani ekspert sifatida taklif qildi. Uning yordami bilan Transfermarkt saytida e’lon qilingan narxlarga e’tiroz bildirildi. Bundan tashqari, sayt vakili sudda o‘yinchilarning narxini hisoblash juda ham ommaviy tus olib ketgani va "tirnoq ichidan kir qidirilayotganini" alohida ta’kidladi.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, transfer qiymatini baholash uchun boshqa manbalar ham mavjud, masalan, Shveysariyada joylashgan Xalqaro Sport tadqiqotlari markazi ko‘proq funksional mezonlarni ishlab chiqqan.

U, shuningdek, Italiya prokuraturasi maslahatchilari tomonidan ishlab chiqilgan kapital daromadlarini baholash modelining "noto‘g‘ri"ligiga e’tibor qaratdi. "Yuventus" talab qilayotgan yana bir jihat shundan iboratki, sport me’zonlarini ishlab chiqishda futbolchilarning yoshiga ham jiddiy e’tibor qaratish kerak. Bu ularga bosim yuklanishini oldini oladi.

Kiritildi: 08:00, 17.04.2022. O'qildi: 1687 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.