Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 10.04.2026 23:45
      • Roma
      • 3:0
      • Piza
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • -:-
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • -:-
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • -:-
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • -:-
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 71
2 Manchester Siti 30 61
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 31 54
5 Liverpul 31 49
6 Chelsi 31 48
7 Brentford 31 46
8 Everton 31 46
9 Fulhem 31 44
10 Brayton 31 43
11 Bornmut 32 43
12 Sanderlend 31 43
13 Nyukasl 31 42
14 Kristal Pelas 30 39
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 31 32
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 31 30
19 Byornli 31 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yozda jamoasini tark etishga yaqin bo‘lgan top-6 futbolchi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yozgi transfer oynasi ochilishiga uch oy qolganida futbol bozori atrofidagi yangiliklarini kuzatishda davom etamiz.

Antonio Ryudiger («Chelsi»dan «Real»ga)

«Chelsi»dagi faoliyati davomida Antonio Ryudiger oldinga katta qadam tashladi va bugungi kunda nemis himoyachisi nomi nafaqat o‘z pozisiyasida eng yaxshilaridar biri bo‘lgani, balki erkin agent maqomidaligi uchun ham juda faol ravishda muhokama qilinmoqda.

Ochig‘i, futbolchining o‘zi qadrini biladi. Antonio potensial xaridorlarga yiliga 12 million yevro maosh olish istagini bildirdi. Shundan keyin «Bavariya» Ryudiger variantidan voz kechdi. Xuddi shu sababga ko‘ra, Londonning «Chelsi» klubining o‘zi 29 yoshli himoyachini saqlab qola olmadi.

Ryudigerning o‘ziga kelsak, oxirgi kunlarda uning kelajagi oydinlashdi. «Manchester Yunayted»ning taklifini «Chelsi»ga hurmat yuzasidan rad etgan nemis futbolchisi «Real» bilan yiliga 11 million yevro maosh oladigan 4 yillik shartnoma borasida kelishib oldi. Sababi, Ryudiger yaqinda «Santyago Bernabeu»dagi goli bilan «qaymoqranglilar» rahbariyatini markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash kerak ekanligiga to‘liq ishontira oldi.

Luis Suares («Atletiko»dan «Inter Mayami»ga)

Hujumchi so‘nggi 10 yildagi eng yomon mavsumini o‘tkazmoqda. Urugvaylik futbolchining amaldagi shartnomasi shu yozda tugaydi va Suares keyinchalik klubni tark etishi, hamda shu bilan karyerasiga sekin-asta tugatishi hech kimga sir emas. Luis allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy muxlislarga murojaat qilib, ularga ko‘p yillik qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan, «matraschilar» bosh murabbiyi Diyego Simeone esa Suares o‘rnida hamyurti Lautaro Martinesni ko‘rishni hohlashini omma oldida ma’lum qilgan. To‘g‘ri, «Inter» goleadori uchun «Atletiko» kamida 80 million yevro ajratishi kerak bo‘ladi. Ammo hozir bu haqida emas.

Suaresning o‘ziga kelsak, «Fenerbaxche»ning taklifini xushmuomalalik bilan rad etgan futbolchi faoliyatini 2020 yildan beri Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan va bir necha yildan beri yuqori saviyada o‘ynab kelayotgan «Inter»da, aniqrog‘i quyoshli Mayamida davom ettirishi aniq. Taniqli ingliz futbolchisi Messi va Ronalduni o‘z futbol klubi bayrog‘i ostida birlashtirishni orzu qilishini yashirmayati va ungacha klub Suares transferi bilan cheklanib turishadi.

Paulo Dibala («Yuventus»dan «Interga», «Barselona»ga yoki Premyer-liga klubiga?)

2018 yilga qadar bir necha mavsum davomida Paulo «keksa sinyora»ning deyarli asosiy umidi hisoblanardi. Ammo «Yuve»ga Krishtianu Ronaldu o‘tishi bilan argentinalik futbolchining o‘yinida nimanidir buzildi. Aniqrog‘i, klubning bor e’tibori portugaliyalikka qaratildi va Paulo chetda qola boshladi.  «Yuventus»ning talabchan muxlislari uning ijobiy fazilatlaridan ko‘ra, yetakchilik fazilatlari yo‘q va bosim ostida ishlashni istamaydigan futbolchi sifatlariga e’tibor qarata boshladi. Biroq 2021 yilda, amaldagi kelishuv muddati tugashiga bir yil qolganda, turinliklar rahbariyati Pauloga 11 million yevrolik shartnoma taklif qilishdi, ammo tomonlar murosaga kela olishmadi va futbolchi yozda klubni tekinga tark etishi 90 foiz aniq bo‘lib turibdi.

Agar Paulo quyoshli Italiyani tark etishni istamasa, unda «Inter» argentinalik futbolchiga yiliga 6 million yevro maosh oladishag uzoq muddatli shartnoma taklif qila oladi. Bunday maosh bilan Dibala Marselo Brozovich va Lautaro Martines bilan birga klubdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilarqatoriga kiradi. Dibala«Barselona»da o‘zini sinab ko‘rish istagini bir necha bor bildirgan, ammo Kataloniya klubi uni Leo Messining merosxo‘ri sifatida ko‘rmayapti va Pauloga javob qaytarishga shoshilmayapti. Aytish kerakki, Premyer-liganing bir qator klublari ham hujumchini qo‘lga kiritish uchun faol harakat qilmoqda. Kechagina Erik ten Xag futbolchini «Manchester Yunayted» ko‘rishni xohlayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Kilian Mbappe («PSJ»dan «Real»ga?)

Parijdagi ajoyib pulmi yoki Madridda orzuamalga oshadimi?

Afsonaviy fransuz hujumchisi Jan-Pyer Papin o‘z vorisiga shartnomadagi nollar soniga e’tibor bermaslikni va orzusiga ergashishni maslahat berdi. O‘z navbatida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronham hozirgi davrning eng yaxshi hujumchisigaParijda o‘ynashni davom etishi kerakligini ta’kidlamoqda. Killian qaysi yo‘lni tanlaydi?

21 maygacha bu savolga ishonchli javob olmaymiz. Shu kuni Fransiya chempionatining so‘nggi turi bo‘lib o‘tadi va shu kungacha Mbappe o‘z klubiga yakuniy qarorini qabul qilmaslikka va’da berdi. Ispaniyada matbuotida futbolchi va «Real Madrid» o‘rtasidagi og‘zaki kelishuv haqida yozishmoqda. Ammo shunga o‘xshash xabarlar salkam uch yildan beri yozilmoqda.

Bir kun avval Parij klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi Qatarda Mbappening onasi bilan uchrashgan, biroq manbaga ko‘ra, bu hozirgi vaziyatga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Eslatib o‘tamiz, yaqinda «PSJ» hujumchiga 50 million yevro maosh va klubga sodiqligi uchun ko‘p millionlik shartnoma taklif qilgan edi.

Erling Xoland («Borussiya D»dan «Manchester Siti»ga?)

Norvegiyalik hujumchi, muntazam ravishda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga qaramay, Bundesligada o‘zi o‘ynagan deyarli har bir o‘yinda gollari bilan raqiblarni xafa qilishga harakat qilmoqda. Ammo Erlingning jarohatga moyil futbolchiga aylangani va hozirgacha atigi 21 o‘yinda maydonga tushgani ko‘plab grand klublarning fikrini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, futbolchining sevimli chempionati La ligasida Xoland nomzodiga qiziqish sezilarli darajada susaygan. Hozirda «Real Madrid» Karim Benzemaning ajoyib formasiga ishonmoqda va Kilian Mbappe ularning asosiy transfer maqsadi sifatida ko‘rilmoqda. «Qaymoqranglilar» Xolandning yuqori moliyaviy talablari, shuningdek, forvardning keragidan ko‘proq jarohat olishidan qo‘rqishadi. «Barselona»ga kelsak, bir kun avval klub prezidenti Joan Laporta Dortmundliklar so‘ragan 160 million yevro Kataloniya klubining qo‘lidan kelmaydigan narsa ekanligini qisqa va aniq aytdi.

Ko‘rinib turibdiki, «Man Siti» hozirda yosh hujumchi uchun yagona da’vogar. Manbaga ko‘ra, tomonlar allaqachon ba’zi narsalarni kelishib olgan. Xoland haftasiga 500 ming funt maosh olishi kutilmoqda. Bu «Siti»ning hozirgi kundagi yetakchi futbolchisi Kevin de Bryuyne oladigan summadan taxminan uch baravar ko‘p.

Robert Levandovski («Bavariya»dan «Barselona»ga?)

«Bavariya» Lyuk Ernandesga yiliga 20 million yevro maosh taklif qilib, o‘z hayotini qiyinlashtirdi. Ushbu voqeadan so‘ng darhol klubning barcha yetakchi o‘yinchilari o‘zlarining keyingi shartnomasidagi maoshinifransuz himoyachisinikidan kam bo‘lmagan raqamlarda ko‘rishni xohlashdi. Shunday ekan, hozirgi vaziyatda «Bavariya» uchun faqatgina Robertni emas, barcha asosiy o‘yinchilarni bazada ushlab turish juda qiyin bo‘lmoqda.

Levandovskining o‘ziga keladigan bo‘lsak, polshalik klub rahbariyatiga anchadan beri xafa. Bundesliganing so‘nggi besh mavsumidagi eng yaxshi to‘purari o‘tgan yozda «Bavariya» uni «PSJ»ga sotishdan bosh tortganidan keyin Myunxenda uzoq muddatli shartnoma imzolashi kutilgandi, biroq unday bo‘lmadi. Yaqinda «Bavariya» sport direktori Hasan Salihamidjich polshalik hujumchining shartnoma muddati tugaguniga qadar Myunxenda yana bir yil qolishini qat’iy ta’kidladi.

Shunga qaramay, Yevropada 33 yoshli to‘purar futbolchi uchun kurashmoqchi bo‘lganjamoa bor. «Barselona» direktori Mateu Alemanining so‘zlariga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi uchun «Bavariya»ga 35 million yevro, Levandovskining o‘zi bilan esa ikki yillik taklifi bilan chiqishga tayyor. Ammo, bu qanchalik amalga oshadi, hozircha bu noma’lum.

 

Kiritildi: 14:02, 03.05.2022. O'qildi: 5801 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 19
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик