Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bobur Abduxoliqov: «Yulduzlik kasalligiga chalinadiganlar toifasidan emasman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbek o‘g‘loni bugungi kunda Belarus chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylanib ulgurdi.

Gap «Energetik-BGU» sharafini himoya qilayotgan hujumchi Bobur Abduxoliqov haqida borayotganini darhol payqagan bo‘lsangiz kerak. Yaqinda www.football.by sayti legionerimiz bilan eksklyuziv intervyu uyushtirdi. Quyida mazkur suhbatning diqqatga molik qismlarini e’tiboringizga havola etamiz.

- Hozir deyarli har bir uchrashuvdan keyin jurnalistlar siz tomon oshiqmoqdalar. O‘zbekistonda ham ayni e’tiborga sazovor bo‘lganmisiz?

- Ha. To‘g‘ri, katta intervyular berishni, ko‘p gapirishni yoqtirmayman. O‘yindan keyin qisqa formatda suhbat o‘tkazgan ma’qul deb hisoblayman.

- Chempionatimizdagi sermahsulligingiz o‘tgan yilgiga nisbatan yaxshi bo‘layotgani sababi nimada?

- Chunki Ukrainada yarim yil o‘ynamadim. Yozda Minskka kelganimda esa jismonan tayyor emasdim. Boz ustiga, jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida to‘liq qatnashmadim. Bir necha yil oldin O‘zbekistonda ham ayni holat kuzatilgandi. 2018 yili 13ta gol bilan oliy ligada to‘purarlari orasida to‘rtinchi bo‘lganman. 2020 yili yanada yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etib, 17ta to‘p kiritib, snayperlar bahsida ikkinchi o‘rinni egalladim. Shu ikki mavsum orasi esa muvaffaqiyatsiz o‘tgan. Chunki tayyor emasdim. Jarohat tufayli «Nasaf» yig‘inida to‘liq qatnashmadim, uch oy o‘ynamadim va atigi uchta to‘p kiritdim. Keyin mavsumlar oralig‘idagi yig‘inda astoydil mehnat qildim va sermahsulligim qaytdi. Yig‘inlarsiz nafaqat men, balki hamma qiynaladi.

- Qishda «Energetik-BGU»dagi yuklamalardan keyin hammasini tashlab ketish istagi tug‘ilmaganmi?

- Futbolni yaxshi ko‘raman, shu bois, uni tashlab ketishni istamayman. Albatta, ancha qiynaldim. Ayniqsa, qishda. Chunki mavsumoldi yig‘inlar payti katta yuklamalar beriladi. Kuniga ikki mahaldan shug‘ullandik, chidamkorlik bilan ishlashda davom etish kerak. Ota-onam ham «Kasbing futbolchimi, bundan boshqa varianting yo‘q», deyishdi. Otam: «Imkon topilsa, mash­g‘ulotlardan keyin qolib, o‘z ustingda ishla. Bundan faqat o‘zing yutasan. Hujumchisan va darvozaga ko‘p zarba berishing kerak», deydi.

- «Energetik»da shtatdagi penaltichiga aylanib ulgurdingiz. O‘zbekistonda ham shundaymidi?

- Ha. 2020 yili ikki marta penaltini amalga oshirib, ikkisida ham mo‘ljalda adashganman. To‘p to‘sin va ustunga tegib qaytgandi.

- Keyin «nuqta»ga yaqinlashmay qo‘ydingizmi?

- Yo‘q. Shundan so‘ng jamoamiz foydasiga penalti belgilanmadi. Mabodo, bo‘lganda yigitlar baribir, tepish huquqini menga berishardi. Chunki o‘shanda to‘purardan bir nechta golga ortda qolayotgandim, unga yetib olish istagi kuchli edi.

- O‘z vaqtida «Energetik» to‘purariga aylangan Jasur Yaxshiboyevni yaxshi taniysiz...

- U bilan yoshlar termasida tanishganman, 2016 yili birga o‘ynaganmiz. Ikki yildan keyin esa olimpiya jamoasi safida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionati g‘olibiga aylandik. Milliy termada ham bir paytda debyut qildik. Urugvayga qarshi safarda kechgan o‘rtoqlik o‘yinida zaxiradan tushgandik. Raqib safida maydon markazida Bentankur o‘ynardi. Hujumda Luis Suares va Edinson Kavani. Himoyada Kaseres, Godin, Ximenes va Pereyra. Darvozada Muslera turgan.

- Bu sizga qarshi o‘ynagan eng mashhur futbolchilarmi?

- Ha. Shuningdek, «Tottenxem»dagi Son Xyun Minni ham aytishim mumkin. U bilan 2018 yili Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida to‘qnash kelganmiz.

- O‘zga yurtda sizga eng ko‘p yetishmayotgan narsa nima?

- Oila a’zolarim va yaqinlarimdan uzoqda ekanligim noqulaylik tug‘diradi. Ularni sog‘inaman. Qishda uyimda ikki haftagina bo‘ldim. «Energetik»da ta’tilga ko‘p vaqt ajratilmaydi.

- Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz?

- Play Station kabi o‘yinlar o‘ynayman, kinoni kam ko‘raman. Undan ko‘ra, Benzema, Levandovski va Xoland singari o‘z ampluamdagi futbol yulduzlari ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilganim ma’qul.

- Chempionlar Ligasida qaysi jamoa g‘olib chiqadi?

- «Liverpul» yutsa kerak. Bu hozir dunyodagi eng yaxshi klub. «Qizillar»ning o‘yini bolaligimdan muxlislik qiladigan «Chelsi»nikidan ko‘ra ko‘proq yoqyapti. «Aristokratlar»ga Lempard va Drogba o‘ynagan davrlardan buyon muxlislik qilaman.

- «Energetik»ning tonggi mashg‘ulotlari payti uy­g‘onish qiyin kechadimi?

- Eng muhimi - ko‘nikish. Erta turish - yaxshi odat. Chunki erta kunda, kechki soat 10da yotishga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa, uyquga to‘yib, holatingizni tiklab olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

- «Energetik» tabiiy chimli maydonda o‘ynay boshladi. Sun’iy qoplamada to‘p surish qanday bo‘ldi?

- Normal holat. Qarshidagi akademiyada sun’iy qoplamali maydonimiz bo‘lardi. Bunga ko‘nikkanman. Lekin sun’iy qoplamali maydonda mashg‘ulot o‘tab, tabiiy chimda futbol o‘ynasangiz, oyoq og‘riydi.

- Chempionat startida nech­ta gol urishni rejalashtirgandingiz?

- Kamida 15ta. Yaxshisi, 20ta. Har qanday hujumchi qatori men uchun ham bu yaxshi ko‘rsatkichdir.

- Xo‘sh, ushbu reja o‘zgarmadimi?

- O‘z oldimga doim yuqori maqsadlarni qo‘yishga odatlanganman. Birinchi davra yakuniga 9ta tur qoldi. Shu vaqt oralig‘ida 12ta to‘p kiritmoqchiman. O‘xshasa, 15taga yetkazib qo‘yaman.

- Agar yozda boshqa jamoa, aytaylik, «Shaxtyor»dan taklif tushsa, javobingiz qanday bo‘ladi?

- Agentlarim bilan maslahatlashib, jiddiy o‘ylab ko‘raman. Ukrainada bo‘lgani kabi, faoliyatimda ikkinchi marta yanglishishni istamayman. Endi bunday xatoni to‘g‘rilash qiyin bo‘ladi. Aprelda 25 yoshga to‘ldim va doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish men uchun muhim.

- Anatoliy Yuryevich nima deyapti?

- Bo‘shashma, ishlashda davom et, sening ishing gol urish...

- Albatta, axir u yulduzlik kasaliga chalinishingizni istamaydi-da...

- O‘zim ham bundaylar toifasidan emasman. Boz ustiga, har bir o‘yinda barqaror to‘p suryapman, deyolmayman. Biri o‘xshaydi, ikkinchisi esa - yo‘q. «Slusk» va «Isloch» bilan bellashuvda golli vaziyatlarga ega bo‘lsamda, ulardan foydalana bilmadim. Hujumchilarni aniq uzatmalar bilan ta’minlaydigan pleymeykerlar kerak. To‘p menga yetib kelsa, vaziyatlar har doim bo‘ladi. Shunda to‘pni darvoza to‘riga joylash qoladi, xolos. Vaziyatlar qancha ko‘p bo‘lsa, gollar soni ham shunga yarasha ortaveradi.

H.ATAVULLAYEV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 16:00, 17.05.2022. O'qildi: 2297 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик