Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 0:3
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • 0:2
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • 2:2
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 07.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 5:0
      • Suriya
      • 07.01.2026 16:30
      • Janubiy Koreya
      • 0:0
      • Eron
      • 07.01.2026 19:00
      • O‘zbekiston
      • 3:2
      • Livan
      • 07.01.2026 21:30
      • Qatar
      • 0:2
      • BAA
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • -:-
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 18 42
2 Milan 17 38
3 Napoli 18 38
4 Yuventus 19 36
5 Roma 19 36
6 Komo 18 33
7 Atalanta 19 28
8 Bolonya 18 26
9 Lasio 19 25
10 Udineze 19 25
11 Sassuolo 19 23
12 Torino 19 23
13 Cremonese 18 21
14 Kalyari 18 18
15 Parma 18 18
16 Lechche 18 17
17 Jenoa 18 15
18 Fiorentina 19 13
19 Verona 18 13
20 Piza 19 12

O'tgan o'yinlar.

19-тур Piza 0-3 Komo
19-тур Lechche 0-2 Roma
19-тур Sassuolo 0-3 Yuventus
19-тур Bolonya 0-2 Atalanta
19-тур Napoli 2-2 Verona
19-тур Parma 0-2 Inter
19-тур Torino 1-2 Udineze
19-тур Lasio 2-2 Fiorentina

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Anchelottini «Liverpul»ga qarshi finaldan mosuvo qilgan tizzalari bugun unga shalpangquloq kubokni ko‘tarib yugurishiga imkon beradimi? — Karloda «qizillar»ga qarshi qora xotiralar qolgan

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Esingizda bor, 1984 yilgi finalda Anchelotti tizzasidan olgan jarohati tufayli «Liverpul»ga qarshi muhim bahsni o‘tkazib yuborgan edi.

Ha, bu fakt. Anchelotti va «Liverpul» o‘rtasida prinsipiallik mavjud. Quyida bu haqida qisqacha to‘xtalamiz. Karlo Anchelotti - Chempionlar Ligasi qiroli. U Yevropaning asosiy klublar musobaqasida besh marta g‘alaba qozongan - ikkitasi futbolchilik davrida va uchtasi murabbiy sifatida. Va yana ikki marta italiyalik mutaxassis finalda mag‘lub bo‘ldi.

«Futbolchi sifatida 1984 yili yevrokuboklar finalida «Liverpul»ga qarshi o‘ynaganman. 2005 va 2007 yillarda esa murabbiy sifatida. Va endi yana bir uchrashuv oldimizda turibdi», - deydi Anchelotti.

Yuqorida ta’kidlanganidek, 1984 yilda u jiddiy jarohati tufayli «Liverpul»ga qarshi finalni o‘tkazib yuborgan. 1979 yilda 20 yoshli futbolchi «Parma» yarim himoyachisi sifatida yuqori mavqega ko‘tarildi va «Roma» bazasida o‘ynay boshladi. 1983 yilda Nils Lidxolm boshchiligidagi jamoa klub tarixidagi ikkinchi Skudettoni qo‘lga kiritdi. Anchelotti o‘ng tizzasidagi paylari shikastlangani sababli mavsum startini o‘tkazib yubordi, biroq oktyabr oyi o‘rtalarida maydonga qaytdi va oxir-oqibat A Seriyada 23 ta o‘yin o‘tkazdi - ulardan 22 tasi boshlang‘ich tarkibda sodir bo‘lgan.

«Roma» chempionlik himoyasiga kelasi mavsum jadal kirishgan: ular dastlabki 7 uchrashuvdan 6 tasida g‘alaba qozonishgan va Chempionlar kubogining chorak finaliga yo‘l olishdi. Unda «Gyoteborg» va «SSKA Sofiya»ni turnirdan chiqarib yuborgan. Karlo uchun alamli damlar 1983 yil 4 dekabrda «Yuventus» bilan mehmon o‘yinida sodir bo‘lgan. 30-daqiqada Antonio Kabrini bilan to‘qnash kelib, u chap tizzasini shikastlab oladi. Keyingi safar u 1984 yilning 18 noyabridan u safga qaytdi va yana «Roma»da o‘ynay boshladi. Anchelotti o‘zining avtobiografiyasida dahshatli jarohati va uzoq tiklanish bosqichini yorqin tasvirlab bergan:
«To‘p uchun kurash, men boshim bilan to‘pga zarba berdim. Kabrini yelkamdan ushlab qoldi. Natijada muvozanatni yo‘qotib, chap tizzam bilan yerga noqulay tushdim. Yana bir operasiya va fizioterapiyaning yangi kursi meni kutib turardi. Olti oy o‘tdi, men hali ham oyog‘imni buka olmasdim. Bu juda achinarli. Ma’lum bo‘lishicha, professor Perudja yana bir kichik operasiya qilinishi kerakligini ta’kidladi. Dahshat!»

1984 yilgi Yevropa kubogi finalini Karlo tribunadan tomosha qildi. Uning kelajakdagi karyerasi shubha ostida edi. Rimliklar yevrokubokning hal qiluvchi bahsiga asosiy yarim himoyachisiz yetib kelishdi. Italiya chempioni uchun esa deyarli hammasi yarim finalda tugagan edi. «Roma» birinchi o‘yinda «Dandi Yunayted»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, ammo Roberto Prusso 38-daqiqada dubl qayd etdi va ikkinchi bo‘limda Di Bartolomeyning goli «Roma»ni finalga olib chiqdi.

Va nafaqat finalga, balki uy finaliga ham. «Liverpul» bilan chempionlik uchun kurash Rimdagi «Olimpiko» stadionida 70 000 tomoshabin ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Jamoalar penaltilar seriyasiga qadar o‘ynashdi (1:1), lotareyada italiyaliklar ikki marta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi.

Karlo Anchelotti tribunadan turib o‘yinni afsus bilan kuzatdi. U «Roma»ga seriyada yordam bera olmaganidan afsuslandi. Faoliyati davomida Anchelotti 41 ta gol urgan: hech biri penaltidan amalga oshmagan, hammasi o‘yindan.

«O‘zimni yomon his qilgan kunim - «Roma» «Liverpul»ga yutqazgan kuniyoq shifokor bilan uchrashdim. Darhaqiqat, o‘yinni minbardan kuzatgan bo‘lsam ham, shifokorlar behushlikka tushgan paytim meni qutqarib qolishdi. Ular juda samimiy va do‘stona edi, lekin men baribir doktorlardan g‘azablandim. Chunki ular meni to‘shakka mixlanishimni aytishdi. Biroq, oradan vaqt o‘tib, oxir-oqibat, men tuzalib ketdim».

5 yildan so‘ng Karlo «Milan» bilan Chempionlar Kubogini qo‘lga kiritdi, bir yildan keyin 1985 yilning yozida «Roma»ni Sven-Yoran Eriksson boshqargan. U Anchelottini jamoa sardori qildi. Ikki yildan so‘ng Karlo «Milan»ga ko‘chib o‘tdi va u yerda ketma-ket ikki marta yevrokuboklarni qo‘lga kiritdi. 1989 yilgi («Styaua»ga qarshi 4:0) va 1990 yilgi («Benfika»ga qarshi 1:0) finallarda u ajoyib harakatlari bilan ajralib turgan.

«Liverpul»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan jarohatlari haqida Anchelotti falsafiy tarzda xotirlaydi:

«Tanamda og‘riq yo‘q. Bu mening ruhiyatim bilan bog‘liq. Mening tizzalarim - mening dushmanlarim, ular bilan kurashishim kerak. Yugurmoqchi bo‘lsam, miyam buyruq beradi, tizzalarim darrov shishib ketishiga qaramay, yuguraman. Menga nima qiziq? Ular azob cheksin, lekin men bunga ortiq chiday olmayman. Tizzalarim hayotni do‘zaxga aylantirdi, lekin endi mening vaqtim keldi. Men ulardan o‘ch olaman: o‘rmon bo‘ylab yuguraman, tepaliklarga chiqaman, yugurish yo‘lakchasida soatlab vaqt o‘tkazaman. Xo‘sh, og‘riyaptimi? Endi kim g‘olib? Qanchalik tizzalarim shishib ketsa, shunchalik yuguraman. Men ular bilan doim gaplashaman, ko‘pincha juda qo‘pol tarzda. Ba’zida hatto xafa bo‘lib, gapirmay qolaman. Balki, ruhiy kasalliklar shifoxonasi men uchun yig‘layotgandir. Qo‘ying! Men u yerda bo‘lishdan xursand bo‘laman, chunki tizzalarim men bilan birga boradi.

Anchelotti kubok bilan «Stad de Frans» atrofida yuguradimi yoki yo‘qmi, buni tez orada bilib olamiz».

Kiritildi: 11:38, 28.05.2022. O'qildi: 3307 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Наполи Rasmus Xeylund 7
4 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
5 Комо Niko Pas 6
6 Интер Markus Tyuram 6
7 Ювентус Kenan Yildiz 6
8 Комо Anastasios Duvikas 6
9 Милан Rafael Leau 6
10 Интер Xakan Chalxanoglu 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.