Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nottingem Forest - Nyukasl

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Federiko Valverde: «Menga eng mos pozisiya – maydon markazi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Faoliyatidagi ilk Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etishga tayyorlanayotgan Federiko Valverdeni o‘yini, matonati va klubga bo‘lgan munosabati tufayli haqli ravishda «madridizm namunasi» deb hisoblash mumkin.

Ushbu futbolchi El Club del Deportista nashriga bergan intervyusida bo‘lajak o‘yindan nima kutayotgani haqida gapirdi.

- Uyga yuzingiz kir holda qaytishni sog‘inasizmi?

- Ha, bu futbolchining hayotidagi eng ajoyib narsa. Siz ko‘plab sovrinlar yutishingiz mumkin, xoh u «Penyarol», xoh terma jamoa, xoh «Real»da, lekin do‘stlaringiz bilan birgalikda ko‘chada futboldan zavqlanadigan bolalik davri - o‘ziga xos narsa.

- «Penyarol»dagi faoliyatingizda kumiringiz Diye­go Forlan bilan birgalikda o‘ynashga muvaffaq bo‘ldingiz. Uning sizga bergan eng yaxshi maslahati nima edi?

- Juda ko‘p tavsiyalar berardi. «Penyarol»ning asosiy jamoasiga o‘tganimda, u bilan uchrashish men uchun unutilmas tajriba bo‘ldi. Uning mashq qilishini, ishlashini ko‘rish men uchun baxt. Aytgancha, Diyego bazaga birinchilardan bo‘lib kelar va oxirgilardan bo‘lib ketardi. O‘sha payt juda ko‘p yutuqlarga erishgandi, lekin u o‘zini haqiqiy professional sifatida ko‘rsatdi. Har bir mashg‘ulotda undan nimadir o‘rganishga harakat qildim.

- 18 yoshda «Real» tarkibida bo‘lish oson emas: ota-onangizdan uzoqda, hayotingiz tubdan o‘zgardi...

- Qiyin bo‘ldi. «Real»ga kelish hayotimdagi eng muhim voqea bo‘ldi, lekin buning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor, chunki oilam haqida ham o‘yladim. Ispaniyaga ota-onamsiz keldim, ular avvallari doim yonimda bo‘lishgan. G‘alati tuyg‘ularni boshdan kechirdim, chunki ushbu klubda bo‘lganimdan quvonsam-da, oilamdan uzoqdaligim biroz xafa qilardi.

- Chempionat tugashiga 5 tur qolganda g‘olib chiqdingiz. Ustunligingizni his qildingizmi?

- Umuman yo‘q. Menimcha, La Liga juda murakkab turnir. «Bernabeu»da biroz ustunlik bor, ammo mehmonda raqiblarimiz juda kuchli va hamma bizni mag‘lub etishni xohlaydi. Lekin, albatta, turnir davomidagi yetakchilik bizga xotirjamlik bag‘ishladi.

- Modrichning yonida o‘ynash qanday?

- Ajoyib. Uning o‘yinini tomosha qilish, safdoshi bo‘lish va o‘z klubi uchun hamma narsaga tayyor ekanini ko‘rish juda yoqimli. Unga doim hazil qilaman, chunki uning yoshida qanday formada bo‘lishimni bilmayman, hatto hozir o‘yinlardan keyin ham butun vujudim og‘riyapti. Shu sababli ham Lukani barchamiz uchun o‘rnak sifatida bilaman.

- «Real»da turli pozisiyalarda o‘ynaysiz, lekin qayerda o‘zingizni qulay his qilasiz?

- To‘g‘risi, lateral pozisiyasida o‘zimni unchalik qulay his qilmayman. Maydon markazida o‘ynashni yaxshi ko‘raman, o‘ylaymanki, aynan shu chiziqda o‘z qobiliyatimni, jismoniy salohiyatimni ko‘rsataman, himoyada yordam bera olaman - bu men uchun eng mos pozisiya.

- «PSJ», «Chelsi» va «Siti»ga qarshi bahslarda musobaqa bilan xayrlashishga bir qadam qolganida, «Real» qanday qilib CHL finaliga yo‘l olganini tushuntirib bera olasizmi?

- Buni tushuntirish qiyin, lekin birinchi navbatda, muxlislarga minnatdorchilik bildirishimiz kerak. O‘yin boy berilgandek, erkin zonalar yo‘qdek tuyulganida, jamoa yomon ahvolda edi va ana shu pallada muxlislarimiz qo‘llab-quvvatlashdi. Bu bizga turtki bo‘ldi, aqlga sig‘mas energiya berdi. Siz har doim kurashishingiz kerak, hakam hushtak chalmaguncha uchrashuv tugamaydi.

- Raqiblar «Real»dan qo‘rqishini his qilyapsizmi?

- Ha, seziladi. Bu qo‘rquvmi, bilmayman, lekin stadion va muxlislar bosimining ta’siri ekanligi aniq. Natija ham muhim, ular «Real» hamma narsaga qodir ekanligini bilishadi. Murabbiylar shtabi, jamoa va muxlislar birga bo‘lsa, «Bermud uchburchagi»ga aylanadi. Bizga qoladigani - oldinga borib, gol urish.

- Ko‘pchilikning «Real» omad tufayli g‘alaba qozonadi, deyishi sizni xafa qiladimi?

- Agar bu yerda omad yo‘q, desam yolg‘on bo‘ladi. Lekin omadingiz bormi, yo‘qmi, har doim maqsad belgilab, unga erishishga intilishingiz kerak. Chempionlar Ligasining o‘sha uchta o‘yinida ham omad biz tomonda edi, o‘zgacha voqealar ro‘y berdi.

- Ilk marta CHL finalida o‘ynaysiz. Bunday katta o‘yin oldidan qanday tuyg‘ularga egasiz?

- Birinchidan, bunday yakunni tasavvur qilmaganman. Do‘stlarim bilan «Liverpul» - «Milan» finalini muhokama qilgandik, uni ota-onam bilan tomosha qildim va endi o‘ynash navbati menga keldi. Orzuim «Real»da o‘ynash edi, lekin CHL finalida ishtirok etishim mumkinligini hech o‘ylamagandim. Maqsadimiz - g‘alaba, aks holda, bu bosqichga chiqishdan foyda yo‘q edi.

- Muhammad Saloh finalda tenglikni ta’minlash uchun «Manchester Siti»ni emas, «Real»ni ko‘rishni xohlayotganini aytdi. Uning so‘zlari sizni ruhlantiradimi?

- Ha. Umuman, bunday gaplarni har kim o‘zicha qabul qilishi mumkin. Lekin menimcha, bu «Real» o‘yinchilari va uning emblemasini yerga urishdir... Biz qila oladigan yagona narsa - qo‘limizdan kelganini ko‘rsatish, nima uchun finalda ekanligimizni ko‘rsatish va umid qilamizki, madridlik muxlislar uchun yana bitta sovrin bera olamiz.

- Nega o‘yin oxirida jismonan kuchliroq ko‘rinasiz?

- Menimcha, bu kuchli tomonlarimni ko‘rsatishim mumkin bo‘lgan jihat. Sog‘lom bo‘lish uchun ko‘p ishlayman, to‘g‘ri ovqatlanaman, dam olaman, ruhiy holatim ustida ishlayman. To‘g‘ri, o‘yin davomida o‘zimni yanada qulay his qilaman, kuch-quvvatimni sezaman va bundan maksimal foydalanishga intilaman.

- Fede Valverdega professional darajada yaxshiroq bo‘lishi uchun yana nima yetishmayapti? Gollarmi?

- Ha, gol urish jamoaga yordam berishning bir usuli. Mening ishim ko‘pincha ko‘zga tashlanmaydi. Ko‘proq gol urishni, assistentlik qilishni xohlayman, lekin hali yoshman, har kuni yangi narsalarni o‘rganaman.

- Qatar mundiali yaqinlashmoqda. Sizningcha, Urugvay termasi qanchalik uzoqqa boradi?

- Bu men uchun katta sinov. Vatanim sha’nini ko‘p marotaba himoya qilganman, lekin jahon chempionati o‘ziga xos narsa va albatta, kubok uchun kurashamiz. Fikrim boshqacha, desam yolg‘on gapirgan bo‘laman. O‘zimning eng yaxshi tomonlarimni ko‘rsatishni, jamoaga yelka berishni xohlayman, chunki bor kuchimni sarflashga qodirman va buni amalga oshirishim kerakligini his qilyapman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 22:53, 02.06.2022. O'qildi: 1782 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик