"Brentford" yarim himoyachisi Kristian Eriksen "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin, deb xabar beradi Mirror.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xagning shaxsan o‘zi daniyalik futbolchining o‘yini va professionalligidan qoyil qolgan. Niderlandiyalik mutaxassisga Eriksenning yurak muammolari tufayli reabilitasiya davrida "Brentford"ga o‘tishdan oldin "Ayaks"da mashg‘ulot o‘tkazgan munosabati va istagi yoqdi.
Eriksen qishki transfer oynasida "Brentford" jamoasiga qo‘shildi va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Yangi jamoasi uchun 11 o‘yinda yarim himoyachi 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli yarim himoyachining hozirgi narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.