Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 25 30
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 25 27
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xorxe Valdano: «Karim – boshqalar uchun ta’sirli shaxs»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi va murabbiyi Xorxe Valdano Cadena SER radiostan-siyasining El Larguero dasturida Manu Karrenyoga intervyu berib, unda jamoaning hozirgi ishlari haqida gapirdi.

- «Real»ning Chempionlar Ligasidagi ishtiroki haqida nima deysiz?

- Bu yil sodir bo‘lgan voqealar ilgari umuman kuzatilmagan, chunki «Real»ning har bir raqibi murakkab edi. «Pley-off» bosqichida o‘yinlarning aksariyatida mag‘lub bo‘ldi va shunga qaramay, yakunda muvaffaqiyat qozondi.

- Jamoaning YECHL joriy mavsumidagi ishtiroki - haqiqiy mo‘jiza...

- Ha, axir darvozani dun-yoning eng zo‘r kiperi qo‘riqladi, maydonning narigi qismida esa tengsiz hujumchi. Aynan shu omil madridliklarning g‘alaba qozonishga loyiq bo‘lmagan o‘yinlarda ham zafar quchishganiga sababdir. Jamoangizda shunday yuqori iqtidor egalari bo‘lsa, muvaffaqiyatga erishish osonroq kechadi.

- Karim Benzema haqida nima deysiz?

- U xulq-atvor jihatidan ham ancha o‘zgargan. Karim bosh-qa futbolchilar uchun juda ta’sirli shaxsga aylandi. U butun o‘yin haqida gapiradi, porlaydi - buni 5 yil oldin tasavvur qilib bo‘lmasdi. Va u ajoyib gollar statistikasiga ega. Messi va Krishtianuga teng keladigan boshqa futbolchini tez orada topamiz, deb o‘ylamagandim. Bu - Benzema. Uning ajoyib iste’dodini doim qo‘llab-quvvatlaganman. Karimda samaradorlikdan ko‘ra noziklik ko‘proq edi. Endi u o‘zini nafaqat so‘zlar, balki raqamlar bilan ham himoya qiladi. Statistikaga qarasangiz, Benzema o‘z so‘zini aytganiga guvoh bo‘lasiz. Lekin qo‘shimchasiga, bu yil Anchelottiga taalluqli voqealar ham tez-tez yuz berdi: barcha futbolchilar avvalgi mavsumlarga qaraganda yaxshiroq ko‘rinishdi. Don Karlo ularning hammasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Hatto taniqli o‘yinchilarni, ayniqsa, yoshlarni o‘z yo‘liga solishni uddaladi.

- Yoshlar deganda Rodrigo va Vinisiusni nazarda tut­yapsizmi?

- Jumladan, shunday. Vinisiusda katta ustunlik bor - qat’iyatlilik. Uning uchun dun­yo-dagi eng muhim qadam keyingi qo‘yilgan qadamdir. Avvalgisini noto‘g‘ri qo‘yganmi, to‘g‘rimi, farqi yo‘q, navbatdagi yurishni xuddi shunday xohish va istak bilan amalga oshiradi. Vinni «Real»ning ajralmas qismiga aylandi. U har qanday raqib uchun doimiy tahdiddir. Rodrigoga kelsak, u xotirjamroq, nafisroq. Juda iste’dodli, lekin biz uni hali to‘liq ochib berganimiz yo‘q. Rodrigo boshi bilan qanday gol urganini eslang! Bu yigitlarning kamolotga yetishi uchun nisbatan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi, lekin biz ularning muhim fazilatlari borligini allaqachon bilardik.

- Eden Azar ham «Real»da o‘z o‘rnini topa olarmikan?

- Unga ishonaman. Eden dun­yo-ning eng yaxshi futbolchilaridan biri, shunchaki, butun mavsum davomida muammolarga duch keldi. Jarohatidan tuzalgach, kovidga yo‘liqdi. Tuzalgach esa mushaklari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi. Lekin unda o‘z obro‘sini tiklash niyati borligini his qilyapman. Oldinda jahon chempionati bor, bu juda muhim musobaqa, ayniqsa, Azar darajasidagi futbolchilar uchun. Bu unga qo‘shimcha motivasiya beradi.

- YECHL finalidan olgan taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?

- Har ikki jamoa ham asosiy bo‘lishni xohladi. «Liverpul» to‘p yo‘q bo‘lganda ham yetakchilik qilishni va hujum qilishni istaydigan jamoa. Ularda to‘p bo‘lmasa, suruvga o‘xshashadi. Bellashuv juda qiziq bo‘ldi, «Real»ning eng katta ustunligi tajriba edi. Mazkur finalda ham aynan shu masala asosiy rolni o‘ynadi, menimcha.

- «Real»ning muvaffaqiyatlarida Karlo Anchelottining qanchalik hissasi bor?

- U favqulodda murabbiy - hamma narsani osonlikcha bajaradi. Boshqa hech kim bunday qilolmaydi. Karloning aytishicha, yaxshi o‘ynash - yaxshi himoyalanish va yaxshi hujum qilish demakdir. U taktikaning nafisligiga e’tibor bermaydi, deya olmaysiz, chunki Anchelotti dun­yodagi birinchi taktik jamoa hisoblangan Arrigo Sakkining «Milan»ida toblangan. Yaqinda u bilan bo‘lgan suhbatimda taktikadan charchamaganini tan oldi. Uning uchun futbol juda ko‘p narsani ang­latadi, Karlo deyarli barcha masalalarni yuqori saviyada hal qiladi.

- Mbappe «Real»ga kelmaydigan bo‘ldi. Umuman, ushbu futbolchining o‘yiniga qanday baho berasiz?

- Kilian barcha jabhalarda samarali bo‘lishi mumkin. O‘ng tomonda o‘ynash unga noqulay bo‘lsada, ba’zan shu pozisiyada ham ko‘rinish beradi. Mbappe ajoyib markaziy hujumchiga aylanishi mumkin. U shartnoma imzolash uchun eng munosib futbolchi edi.

- Davrimizning yana bir iste’dodi - Erling Xoland bo‘yicha fikringiz-chi?

- Xoland «Real»ga mosmidi? Bilmayman. Umuman, Mbappe va Xoland singari futbolchilarning hammasini bitta jamoaga sig‘dira olmayman. Xoland - to‘p bilan alohida munosabatda bo‘lgan bo‘ron. U XXI asrning Kempesidir.

- Zidanning «Real»dan ketishi sizga qanday ta’sir qilgandi?

- Rosti, hayron bo‘lgandim, lekin uning qaytib kelganida hayratim yanada oshdi. Men buni jasorat deb o‘yladim, chunki o‘sha paytdagi vaziyat og‘ir edi. Muammoni o‘z qo‘liga olish oson emasdi. Ochiq xatdan keyin Zidan mavzudan biroz chetga chiqdi. Ammo bu maktub uch kundan keyingina ta’sir ko‘rsatdi. Qolaversa, Zizu juda vazmin, bahs-munozaralarni yoqtirmaydigan shaxs bo‘lgani uchun yo‘ldan adashib qoldi.

- «Real»dagi talablar nechog‘li yuqori?

- Deylik, siz uchta yevrokubokni qo‘lga kiritdingiz, ular esa: «Xento oltitasini yutgan», deyishadi. Bu sizga qo‘shimcha motivasiya beradi, o‘z navbatida, mazkur holat chidaganlar uchun juda foydalidir. Shunday futbolchilar borki, ularga madridliklar libosi og‘irlik qiladi va bosimga dosh berolmaydilar.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:39, 13.06.2022. O'qildi: 2110 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.