Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Raul – “Real Madrid”ning bo‘lajak murabbiyi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun, yaqin o‘tmishning eng yaxshi hujumchilaridan biri Raul Gonsalyes 45 yoshga to‘ldi. “Real Madrid” afsonasi o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. 2018 yilning yozida taniqli hujumchi o‘zining uyi “Real Madrid” (18 yoshgacha) yoshlar jamoasini boshqarib, murabbiylik faoliyatini boshladi. “Qirollik klubi” tizimidagi to‘rt yillik faoliyati davomida Raul sezilarli yutuqlarga erishdi va uning nomi OAVda bir necha bor asosiy jamoa bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida paydo bo‘lishga ulgurdi. U martaba “zinapoyasidan” qanday ko‘tarilmoqda?

“Real Madrid”dagi murabbiylik muvaffaqiyatlari

Murabbiy Raul uchun ilk muvaffaqiyatlar “Real Madrid”ning 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jamoasida bo‘lgan. Tayinlanganidan sakkiz oy o‘tgach, Gonsalyes o‘z futbolchilarini Ispaniya chempionligi sari yetakladi. Raulning mehnati e’tibordan chetda qolmadi va Pro murabbiylik lisenziyasi berilib, 2019 yilning yozida Ispaniyaning uchinchi kuchli divizioni Segunda Bda o‘ynayotgan o‘rinbosarlar jamoasini boshqardi.

Debyut mavsumidayoq Raul “Kastilya” bilan chempionatda pley-off zonasidan 5 ochko ortda qolgan holda yettinchi o‘rinni egalladi. Biroq, jamoasining asosiy muvaffaqiyati yoshlar o‘rtasidagi UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish bo‘ldi. Klub Raul boshchiligida final yo‘lida “Yuventus” (3:1), “Inter” (3:0) va “Red Bull Zalsburg”ni (2:1) ortda qoldirib, finalda “Benfika”ni (3:1) mag‘lub etdi. Darvoqe, o‘sha uchrashuvning asosiy yulduzlaridan biri, g‘alaba goli muallifiga aylangan Migel Gutyerres allaqachon klubning asosiy tarkibiga jalb etilgan. 2021/2022 yilgi mavsumda chap qanot himoyachisi “Blankos” safida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi, ulardan biri Chempionlar ligasi doirasida edi.

Ispaniya chempionati va UEFA yoshlar ligasida g‘alaba qozonganidan so‘ng, Raul haqida yanada ko‘proq gapirila boshlandi. 2020 yilning yozida ispaniyalik futbolchi “Shalke-04” bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rib chiqildi va kuz fasli o‘rtalarida “Real Madrid” asosiy jamoasi haqida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. AS nashri xabariga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres Raulni murabbiylik uchun juda mos keladi, deb o‘ylagan, biroq bir yildan so‘ng ancha tajribali Karlo Anchelotti jamoa boshqaruviga olib kelindi.

Raul “Kastilya”da qoldi, jamoa YECHL “A” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan holda pley-off bosqichiga yo‘l oldi va yarim finalda “Ibisa”ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. 2021/2022 yilgi mavsumda ispaniyalik futbolchi “Real Madrid”ning o‘rinbosarlar tarkibini Segundaga olib chiqa olmadi: uning klubi 10-o‘rinni egallab, 38 uchrashuvda 56 ochko to‘pladi va pley-off zonasidan atigi 4 ochko ortda qoldi.

“Men “Real Madrid”ni boshqarishni xohlaymanmi? Bu mening orzuim, men bosh murabbiylik uchun har kuni o‘z ustimda ishlashim kerak. Murabbiy bo‘lishga qaror qildim, klub tarixiga kirdim va o‘zimni jiddiy sinovga tayyorlashga harakat qilyapman. Klub meni murabbiy etib tayinlashga ehtiyoj sezadimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi. Hozir o‘qishim, o‘z ishimdan zavqlanishim va klub ixtiyorida bo‘lishim kerak”, deydi Raul.

Shu tariqa, “Kastilya” ketma-ket to‘qqizinchi mavsumni Ispaniya chempionatining uchinchi divizionida o‘tkazadi. O‘tgan mavsumda “Real Kastilya” ligadagi eng yosh tarkibga ega bo‘lgani uchun kuchli jamoalar ishtirokidagi o‘yinlarda Raul zaxirada o‘yinchilari muammolarga duch kelishdi. Shuningdek, yetakchilarning asosiy jamoaga muntazam chaqiruvlari katta rol o‘ynadi. Raul to‘rtta himoyachi (4-2-3-1) bilan o‘ynaganiga qaramay, himoyadagi muammolarni hal qila olmadi – jamoa har bir uchrashuvda o‘rtacha 1,24 gol o‘tkazib yubordi. Shu bilan birga, hujumda, “Real Madrid”da bo‘lgani kabi, hammasi joyida – buyuk to‘purarning jamoasi ligada eng ko‘p gol urdi.

Olti karra Ispaniya chempioni va uch karra Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan yulduzning yaqin orada asosiy jamoaga murabbiy bo‘lish orzusi ro‘yobga chiqmaydi. Shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan Anchelotti Ispaniya chempionati, Superkubogi va Chempionlar ligasidagi g‘alabalar bilan o‘z o‘rnini mustahkamladi. Biroq, Raulning italiyalik mutaxassis boshchiligidagi murabbiylar shtabi tarkibiga kirishini ham istisno qilib bo‘lmaydi.

Qayd etish mumkin, Raul Gonsalyes “Real Madrid”dagi 16 yillik faoliyati davomida 741 uchrashuvda maydonga tushib, 323 gol va 114 golli uzatmani amalga oshirgan. U “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olmagan bo‘lsa-da, “Qirollik klubi” afsonasi bo‘lib qolaveradi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 18:00, 27.06.2022. O'qildi: 6324 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик