Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston va Tojikiston futbol ligalari o‘rtasida hamkorlik aloqasi o‘rnatildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Professional futbol ligasi ishchi guruhi iyun oyi so‘ngida Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‘ldi. Safar davomida Tojikiston Professional futbol ligasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Tojikiston PFL bosh direktori Sayvali Shoqurbonov, Liganing Musobaqalar o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Bobojon Qalandarov, Klublarni lisenziyalash bo‘yicha menejer Sipehr Homidov ishtirok etdi. Odatda xalqaro munosabatlar futbol assosiasiyalari orqali tartibga solinadi. Ammo bir-biriga qardosh bo‘lgan ikki mamlakat futbol ligalari bevosita hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi, futbolni rivojlantirish yo‘lida o‘zaro hamkorlik qilishi faqat va faqat foydali bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, endilikda ikki PFL har qanday masalada vositachilarsiz fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Uchrashuv davomida O‘zPFL Liga kubogi musobaqasi masalasini ilgari surdi. Ma’lumki, 2023 yilning 16 iyun sanasida Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistondan tashqari Tojikiston va Qirg‘iziston milliy terma jamoalari ham ishtirok etadi. Reglamentga ko‘ra, A toifadagi terma jamoalarning qit’a chempionatiga puxta hozirlik ko‘rishi uchun har qanday klub o‘z futbolchilarini terma ixtiyoriga 14 kun avval yuborishi shart. Shundan kelib chiqilsa, 2023 yilning iyun oyida Coca-cola Superliga uchrashuvlarini o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaydi. Aniqroq qilib aytganda, mana shu davr davomida milliy termaga uch va undan ko‘proq futbolchisini bergan klublarda uchrashuvlarni o‘tkazish bilan bog‘liq muammo yuzaga chiqadi. Tabiiyki, bunda ularning raqiblari ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaydi.

Shundan kelib chiqib, kelasi yilning iyun oyida Liga kubogi musobaqasini hamkorlikda tashkil qilishdan manfaatdormiz. Musobaqa futbol klublari uchun qanchalik foydali bo‘lishi haqida bir necha misollar keltirib o‘tilgan. O‘z navbatida Tojikiston PFL ham mazkur g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Mamlakat chempionatining asosiy jamoalarida Liga kubogi orqali sekin-asta xalqaro uchrashuvlar ko‘nikmasini shakllanib boradi. Qolaversa, milliy terma jamoaga asosiy futbolchilarini yuborgan jamoalarda mazkur futbolchilarning o‘rinbosarlarini rasmiy uchrashuvlar orqali sinovdan o‘tkazib olish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga keladi.

O‘zPFL do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvni kelajak yo‘lida qo‘yilgan asosiy qadamlardan biri deb biladi va bu borada Tojikiston PFL rahbariyati hamda uchrashuvni tashkil etishga yordam bergan Tojikiston futbol federasiyasiga minnatdorchilik bildiradi.

Endilikda O‘zPFL Qirg‘iziston poytaxti Bishkek hamda Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda bo‘lib, mazkur mamlakatlar ligalari bilan o‘zaro hamkorlik masalasida fikr almashishni rejalashtirgan. Ishonamizki, biz bu qardosh mamlakatlar bilan futbolni yangi bosqichga olib chiqishda birlasha olamiz.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 11:54, 02.07.2022. O'qildi: 1487 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик